Angliya chempionatining 19-turidan so`ng Arsenal musobaqa jadvalida 1-o`ringa ko`tarilib oldi

Angliya chempionatining 19-turidan so`ng Arsenal musobaqa jadvalida 1-o`ringa ko`tarilib oldi

Angliya chempionatining 19-turidan o`rin olgan “N`yukasl” hamda “Arsenal” klublari o`rtasidagi uchrashuda 0:1 hisobi qayd etilib, londonliklarning g`alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni Jiru 65-daqiqada kiritdi. Maydon egalarida javob qaytirish uchun imkoniyat bo`lsada, Shchensni darvoza daxlsizligini saqlab qola oldi.

Mazkur g`alabadan so`ng, “Arsenal” muhim 3 ochkoni qo`lga kiritib, musobaqa jadvalining 1-o`riniga ko`tarilib oldi.

“Chelsi” hamda “Liverpul`” klublari o`rtasidagi uchrashuvida 2:1 hisobi bilan “Chelsi” g`alaba qozondi. O`yinning 4-daqiqasidayoq Shkrtel jarima zarbadan unumli foydalanib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 13 daqiqa o`tgach, Eden Azar jarima maydonning tashqarisidan chiroyli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 34-daqiqada Oskarning hatta-harakatlarini Eto′O golga aylantirgan holda, mezbonlarning ustunligini ta`minladi. Ikkinchi bo`limda “Liverpul`” hisobni tenglashtirishga harqancha urinmasin, buni amalga oshira olmadi. Shu tariqa o`yinda hisob o`zgarmadi.

“Chelsi” ushbu g`alaba evaziga 40 ochko to`plab, uchinchi o`ringa kutarilgan bo`lsa, “Liverpul`” esa 36 ochko bilan beshinchi o`ringa tushib qoldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social