Pistalar shokoladdan ko`ra yaxshiroq kayfiyat ko`tarar ekan

Pistalar shokoladdan ko`ra yaxshiroq kayfiyat ko`tarar ekan

Agarda sizning kayfiyatingiz yo`q bo`lsa, kayfiyatingizni piroglar yoki shokolad bilan ko`tarishga shoshilmang. Bu ishda sizga pistalar ko`proq yordam berishi mumkin ekan.

Britaniya dietologlarining aytishlaricha, boshqa ovqatlardan ko`ra pistalarni ist`emol qilish kayfiyatni ko`tarar ekan. Pistalar, shirinlik va shokoladdan ko`ra homushlik va siqilishlarga qarshi yaxshi qurol sanaladi. Biroq, shunga qaramasdan 70% ayollar va 50% erkaklar kuchli stress holatida va kayfiyatni ko`tarish maqsadida shirinliklarni iste`mol qilishar ekan.

Stress bilan kurashadigan har ettinchi inson bu ish uchun mevalarni, sabzavotlarni va g`alla mahsulotlarini ishlatadi. Kattalarning yarimi yomon kayfiyatda bo`lganda, uni nosog`lom ovqat bilan ko`tarishga harakat qiladi va 28% esa yordam uchun qarindoshlarga va do`stlarga murojaat qilishadi. Ekspertlarning ogohlantirishicha, shirinliklar, kaloriyasiz mahsulotlar va ovqat orqali g`am-qayg`uga yo`l ochiladi.

“Tasalli beradigan ovqat va maxsulot” lar ro`yhatining eng yuqorisida pistalar joylashgan. Boshqa stressga qarshi bo`lgan foydali ovqat va maxsulotlar ro`yxatidan qizil baliq, guruch, kokos, ismaloq va loviya ham joy olgan.

Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, erkaklar ayollardan ko`ra ko`proq kayfiyatni suli va guruch orqali ko`tarishga harakat qilishar ekan. Ayollar esa erkaklardan ikki baravar ko`proq o`z dugonalarga yoki kasbdoshlariga g`am vaqtida ularni tinchlantirish uchun shirinliklar olib berishar ekan. Aslida shirinliklar muammoni yanada qo`zg`atadi.

Biroq barchaga ma`lumki pistalarni ko`p miqdorda ist`emol qilish ham zararli bo`lishi mumkin . Shunga ham e`tiborni qaratish lozim! Sizga doim sog`lom bo`lishni tilab qolamiz!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Ermak pistalar tochni kayfiyat kutarmidi )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social