«1—3—5» qoida – ko’proq narsa qilishning oddiy usuli

«1—3—5» qoida – ko’proq narsa qilishning oddiy usuli

Ba’zan, dam olish amalga oshmaydigan orzu kabi tuyuladi va barcha ishlarni qayta qilib chiqish mumkin emas. Blogger Chris Gilbo o’zining The New Rules of Work (“Yangi ish qoidalari”) nomli kitobida «1—3—5» qoidasi bilan bo’lishadi. Bu o’z vaqtida narsalarni bajarishga yordam beradi va kuchsizlik hissini bermaydi. Ushbu usul ko’proq ish qilmoqchi va hammasiga ulgurmoqchi bo’lganlar uchun juda keraklidir.

«1—3—5» qoidasi nimadan iborat?

Bir kun ichida barcha muhim ishlarni qayta qilish mumkin emas. «1—3—5» qoidasi vazifalarni to’g’ri taqsimlashga yordam beradi. Bu qoidada, siz kun davomida faqat 1 muhim ishni, 3 o’rta va 5 ta kichik ishni bajarishingiz kerak.

Masalan, sizning kunlik dasturingizda bajarishingiz kerak bo’lgan 9 ta ish bor. Bir qarashda bu juda ko’p emas. Lekin ulardan 4 nafari siz uchun katta ahamiyatga ega va siz ularni birinchi navbatda qilasiz. Bu sizga ishga ko’milib ketmaslikka va ko’proq ish bajarishga yordam beradi.

Bular amalda qanday ishlaydi?

Bir hafta davomida vazifalar ro’yxatini tuzishingiz mumkin, ammo har kuni ularning ustunligini (muhimligi) aniqlash yaxshiroqdir, shuning uchun avval nima qilish muhim va nimani kechroq qilish mumkinligini bilib oling. Siz rejalaringizni o’zgartirishingiz mumkin. Misol uchun, siz bayramga borishingiz kerak va hozir siz uchun go’zallik saloniga tashrif buyurishingiz birinchi o’rinda, shuning uchun bayramga tayyorgarlik ko’rish uchun 1 o’rta va 2 kichik ishni bekor qilishingiz mumkin.

Ishlarni vaqt bilan taqsimlash orqali siz hech narsaga ulgurmaslik hissidan halos bolasiz. Har kuni muhim vazifani bajarish orqali asta-sekin oldingi rejimdan chiqib, o’z mahsuldorligingizni oshirasiz.

Har doim o’zingiz qilgan ishlarni ro’yxatga kiritib qo’ying. Bu ajoyib usul, qanday amalga oshirganingizni ko’rsatib, katta maqsadlarga ilhom beradi va kun davomida yaxshi kayfiyatni taqdim etadi.

Siz ushbu qoidani o’zingiz uchun ishlatasizmi? Ehtimol sizda, qanday qilib hamma narsani boshqarish va yaxshi kayfiyatni saqlashning boshqa sirlari bordir?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social