11 ta oddiy, ammo bir vaqtning o’zida qiyin bo’lgan savollar

11 ta oddiy, ammo bir vaqtning o’zida qiyin bo’lgan savollar

11 ta oddiy, ammo bir vaqtning o’zida qiyin bo’lgan savollarni ko’rib chiqishni taklif qilamiz. Mazkur savollarni javobini tanlash oson emas va ikkilanishlarga olib keladi. Javoblaringizning ma’nosini pastda bilib oling.

  • Siz va sizning sherigingiz o’g’irlikda ayblanmoqda. Sizlarni turli xonalarga qamab turib, bir-birlaringizni sotishni taklif qilishdi. Agar siz ikkalangiz ham bir-biringizni topshirmasangiz, sizlar bir yilga qamoqqa olinasiz. Agar ikkalangiz bir-biringizni sotsangiz – ikki yilga qamalasizlar. Agar kimdir sotib qo’ysa va ikkinchisi sukut saqlasa, jim turgan 3 yil o’tirishi kerak bo’ladi va gapirgan inson ozod qilinadi. Siz sherigingizning javobini bila olmaysiz. Siz nima qilasiz?
  • Bir ayolning oxirgi xomila muddatida bola tushib qoldi. Buni eriga aytishga jur’at eta olmay, shifoxonadan chiqayotganda chaqaloqlar xonasidan bitta bolani olib (hech kim bo’lmaganda) va uyga qochib ketdi. Ajablanarlisi shundaki, bu bola alkogolik oilaning kutilmagan (istalmagan) bolasi edi. Endi u mehribon oilada o’smoqda va hech narsaga muhtoj emas. Ushbu ayolni jinoyatchi deb o’ylaysizmi?
  • Siz qalbdan musiqachisiz va kasbda esa iqtisodchi bo’ldingiz. Musiqasiz hayotni tasavvur qila olmaysiz, va kasbsiz pul topa olmaysiz. Siz ikkalasini ham birlashtirishga harakat qilyapsiz va har qanday sohada maxsus muvaffaqiyatga erisholmayapsiz. Lekin sizning otangiz sizga obro’li va katta mavqei bor ish topadi. Shu bilan birga, do’stingiz sizning sevimli guruhingiz bilan kontsertlarda ishtirok etishni taklif qilyapti va bu katta pul olib kelmaydi, ammo sizni mashxur qilishi mumkin. Siz faqat bittasini tanlashingiz kerak. Sizning javobingiz qanday bo’ladi?

02

  • Sizning dugonangiz turmushga chiqyapti. Siz uni hech qachon bunday baxtiyor ko’rmagansiz! To’y allaqachon davom etmoqda, biroq siz uning eri yaqin kunlarda unga hiyonat qilganini bilib qoldingiz. Bundan kelinni xabardor qilasizmi yoki yo’qmi?
  • Siz Sohil Xavfsizlik boshqaruvchisiz. Okeanda bir kishi g’oyib bo’ldi. Bir qutqaruvchi uni qidirib ketdi va u ham g’oyib bo’ldi. Yana bir qutqaruvchi unga ergashib, g’oyib bo’ldi. Uchinchisi ham xuddi shunday taqdir kutib turardi. U yerga yana qutqaruvchilarni jo’natasizmi?
  • Katta bir kompaniyaning kadrlar bo’limida ishlayapsiz va yangi xodimlarni qabul qilish uchun javobgarsiz. Va kutilmaganda ikkita yangi ishchi kerak bo’lib qoladi. Biri sizga ko’p yordam bergan yaxshi do’stingiz va ikkinchisi o’z kasbida ko’proq malakaga ega bo’lgan, professional begona odam. Kimni ishga olasiz?
  • Siz mehribon ota yoki onasiz. Sizning 16 yoshlik farzandingiz bor, bir kuni oilaviy sayohatdan qaytganda, u bojxona orqali qonunga xilof narsalarni olib kirishga urindi. Aeroportdagi xodimlar zudlik bilan sizlarning yukingizni qo’lga oldilar. Sizning o’g’lingiz, xatto u voyaga yetmagan bo’lsa ham, uzoq vaqt davomida qamoqqa tushishi ma’lum. O’zingizga aybni olasizmi?
  • Sevgan insoningiz hech qachon o’lmaydigan ekan. U abadiy hayotga erishish uchun sizga yoshlik manbasidan ichishni taklif qildi. Siz nimani tanlaysiz: abadiy yashashni va yaqin bo’lgan odamlarning o’limini ko’rishnimi yoki yaqinlaringiz bilan teng ravishda o’lik hayotni boshdan kechirishni va keksalikni, ammo sevgan insonni yo’qotishni?
  • Kemangiz aysberg bilan to’qnashdi. Barcha yo’lovchilar (100 kishi) 2 qutqarish qayiqchasida joylashgan, lekin yomon ob-havo tufayli endi ular ikkalasi ham cho’qib ketishi aniq bo’ldi. Ikkita yo’l bor: odamlarning yarmini kemadan tashqariga tashlab yuborish yoki faqat ibodat qilish va mo’jizaviy qutqarishning 1% ehtimoliga umid qilish. Qaysi yo’lni afzal ko’rasiz?

03

  • Siz 5 yoshli bolani qutqarish imkoniga egasiz – uni yonayotgan binodan olib chiqishni, chunki u yoningizda bo’lgan xonada bo’lgani uchun. Shu bilan birga, 30 yildan keyin u shaharning eng xavfli jinoyatchisi bo’lishini bilasiz. Kichkintoy uchun afsuslanib qutqarasizmi yoki kelajakdagi tinch hayot uchun harakat qilasizmi?
  • Siz obro’li shifokorsiz. Bo’limingizda 6 ta o’limli bemor bor. Ulardan beshtasiga organ transplantatsiyasini talab qilinadi. Oltinchi bemor allaqachon o’lmoqda, bundan tashqari uning tezkor o’limi organlarga muhtoj bo’lgan besh kishini qutqaradi. Ammo oltinchi bemorni 100% davolaydigan dorini olasiz. Siz nima qilasiz?

003685-black-ink-grunge-stamp-textures-icon-arrows-hand-clear-pointer-down

Javoblar

Axloqiy me’yorga ko’ra to’g’ri javobi – eng kam yomonlik natijasini tanlashdir. Ya’ni, jabrlanganlar kamroq bo’ladigan. Yani bolani yonayotgan binoda qoldirishni, sohil xavfsizlik boshqaruvchi o’rnida yoqolgan odamlarni boshqa qidirmaslik, musiqachi o’rnida ota taklif bergan kasbni tanlash va qolganlarda xuddi shu mantiq bilan ketish.

Ammo. E’tiborlis shundaki, kamroq yomonlik ma’naviy xatti-harakatlarning buzilishini o’z ichiga oladi, shuning uchun haqiqatda bu o’yinda to’g’ri javob yo’q. O’yin ko’proq fikrlash uchun mo’ljallangan. Ushbu savollarni do’stlaringiz bilan muhokama qilib, ularning javoblarini tinglashingiz bilan ular sizning ruhingiz va fikringiz qanchalik yaqinligini ko’rishingiz mumkin. Uni bo’sh vaqtda qilib ko’ring!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. sherkhan

    Gap yuq qoyil qoldm

  2. Ahmadjon

    Yaxshi savollar iltimos mumkin bulsa javobini eng pasda yozib qoldiring topish juda qiyin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social