Bu qoida juda ko’p kuch talab qilmaydi, lekin bu muhim natijaga olib keladi.
6/30 qoidasi:
Kofeinni yotishdan 6 soat oldin qabul qilmang va uxlamasdan 30 daqiqa oldin gadjetlardan foydalanmang.
Kofein
Olimlar yotishdan 3 va 6 soat oldin kofeinni iste’mol qilish holatlarini o’rganishdi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, 6 soat eng minimal davrdir.
Ko’p miqdordagi kofein, albatta qahvalarda mavjud. Shuning uchun uni ertalab yoki kunduzi ichish maslahat beriladi.
Aytgancha, choyda ham kofeinning kichik dozasi bor. Shuning uchun, ko’k va qora choy ichish ham yotishdan oldin tavsiya qilinmaydi. Ammo o’simlik choyi sizning uyqu rejimingizni buzmaydi.
Gadjetlar
Smartfon, noutbuk yoki boshqa gadjet ekranidagi moviy nur melatonin (uxlash gormoni) ishlab chiqarishni susaytiradi. Yorqin yorug’lik uxlash uchun juda erta deb, tanaga signal yuboradi.
Bundan tashqari, uxlashdan oldin siz dam olishingiz kerak. Ijtimoiy tarmoqlar, ish xatlariga javob berish yoki televizorni tomosha qilish miya holatini qiyinlashtiradi.
Yotishdan bir soat oldin texnologiyadan qutulish yaxshidir. Yarim soat esa tanani uyqu holatiga keltiradi.