Internetda to‘yiga Apple Vision Pro ko‘zoynagini taqib kelgan kuyovning suratlari muhokama qilinmoqda

Internetda to‘yiga Apple Vision Pro ko‘zoynagini taqib kelgan kuyovning suratlari muhokama qilinmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSHning Yuta shtatidagi to‘ydan olingan suratlar tarqaldi. Ularda Jeykob Rayt ismli kuyov to‘yga yangi Apple Vision Pro ko‘zoynagini taqib kelgani tasvirlangan.

Ushbu noodatiy to‘y fotosessiyasi g‘oyasi kuyovga X ijtimoiy tarmoq sababli kelgan, deb yozadi Fox News. Jeykob aytichisha, Apple ko‘zoynaklari bilan suratlar Internetda trendga aylandi va to‘yni Apple Vision Pro bilan o‘tkazish fikri kuyovga qiziq tuyuldi.

“Suratchiga ham bu g‘oya yoqdi va u buni dunyodagi eng kulgili fotosessiya bo‘ladi”, — dedi.

Bundan tashqari, Jeykobda ko‘zoynak orqali birinchi shaxs tomonidan video olish imkoniyati bor edi.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik foydalanuvchilar kelinga hamdardlik bildirgan va kuyovning bunday harakatini xudbinlik va go‘daklik deb atashgan. Foydalanuvchilar kelin rasmlariga qaraganda, kuyovning ishidan mamnun emas degan qarorga kelishgan. Fotosuratlar tarmoqqa joylashtirilgandan so‘ng, kelin hoziroq undan ajrashishi lozimligi mazmunida yuzlab xabarlar ola boshlagan.

“Men begona qizlardan kelgan ikki yuzdan ortiq xabarlardan uyg‘onib ketdim”, — dedi Jeykobning rafiqasi Kembri Rayt.

Suratlarda Kembrining yuz ifodasi biroz xafa va norozidek tuyulgan. Aslida esa kelin shunchaki sovqotganidan ko‘rinishi shunday bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, tarmoqdagi boshqa suratlarda kelin-kuyov juda baxtli ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi:

Yosh oila bo‘lib o‘tgan to‘y marosimidan juda mamnun ekanligini va internetdagi turli sharhlar ularning kayfiyatini tushirmaganini aytishdi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Эх… Бу дунё катга кетвотти dash

  2. Aziza

    Ne tuda sad

  3. Otabek

    Qizning yuzi hammasini aytyapti

  4. Jas

    Prikol rofl

  5. Tohir

    Toshkentda Vision Pro sotishadimi?

  6. Asal

    Debil

  7. Kozim

    Jinniromi? To’yda qivotgan ishini

  8. Anonim

    Balyaaaaa rofl rofl rofl

  9. Anonim

    dash bor yo’qolgin eeee

  10. Xurshid

    Zo’rku, malades!

  11. Bobur O'lmasov

    G’arbning jinniligi davom etyapti

  12. Mansur

    Bizni madaniyatimizga to’g’ri kelmaydi bunday narsalar

  13. U K

    Mintalitetimizga din laugh

  14. Tohir S

    Boshlandi dash

  15. Anonim

    Balya dash

  16. Anonim

    Idiot!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social