Bir chashka kofe narxiga: 1 yevroga uy sotib olishingiz mumkin bo‘lgan 8 ta davlat. Ular orasida Yaponiya va Amerika ham bor

Bir chashka kofe narxiga: 1 yevroga uy sotib olishingiz mumkin bo‘lgan 8 ta davlat. Ular orasida Yaponiya va Amerika ham bor

Ko‘chmas mulk narxlari har yili o‘sib bormoqda. Biroq dunyoda uylar arzimagan pulga, hatto tekinga beriladigan joylar mavjud.

Sambuka, Italiya

Aholisi kam bo‘lgan Italiya shahar va qishloqlarida atigi bir yevroga ko‘chmas mulk sotib olish mumkin. Bu aholi sonini ko‘paytirish uchun bir taklif, ammo bunday uyga egalik qilishning shartlari bor.

Sambukadagi binolar yangi emasligini tushunish kerak. Shu sababli hukumat yangi egalariga uch yil ichida uyni ta’mirlash majburiyatini yuklaydi. Hatto ko‘chmas mulk sotib olganlar tomonidan ta’mirlashga sarflanishi kerak bo‘lgan ma’lum bir miqdor ham bor — 15 ming yevro.

Rube, Fransiya

Rube — mamlakat shimolidagi kichik shaharcha, Belgiya bilan chegarada joylashgan. Bu joy iqtisodiy jihatdan barqaror va yildan yilga rivojlanishda davom etmoqda. Rasmiylar barcha hududlarni bosqichma-bosqich aholi bilan to‘ldirish va shaharga chiroyli ko‘rinish berishni rejalashtirmoqda. Ular bunga eskirgan binolarni bir yevroga sotib oladigan, keyin esa ularni o‘zlari tartibga soladigan yangi aholini jalb qilish orqali erishmoqchi.

Sambukada bo‘lgani kabi Rubedagi uylar ham atigi bir yevro turadi. Biroq xaridor u yerda kamida 5 yil yashash majburiyatini olishi va ushbu narxga mulkka ega bo‘lish uchun barcha moliyaviy kuchlarini ta’mirlashga sarflashi kerak.

Tokio, Yaponiya

Tokio aholisi 13,96 million kishini tashkil etadi va bu yerda umuman bo‘sh uylar yo‘qdek tuyuladi. Biroq unday emas. Ularning tashqi ko‘rinishi bitta g‘ayrioddiy xurofot bilan bog‘liq: agar uyda biron bir muammo yuzaga kelgan bo‘lsa, endi bu uyda yashash mumkin emas deb ishoniladi. Tabiiyki, bu tamoyilga faqat mahalliy aholi amal qiladi, ular ba’zan o‘z mulklarini taqdir hukmiga topshiradilar.

Chet elliklar bunga ishonmaydilar. Ko‘pchilik Yaponiya poytaxtiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishni orzu qiladi.

Okutama, Yaponiya

Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan uylarni tark etish kerak degan xurofot nafaqat Tokioda, balki butun mamlakatda mavjud. Shuning uchun Okutama qishlog‘ida bo‘sh mulklar ko‘p. Yaxshi tabiat va sayyohlarni o‘ziga tortadigan sokin tanho joy ayni muddao.

Rasmiylar Okutamaga yoshlarning qiziqishini payqab, maxsus dastur joriy qilgan — qishloqdagi bo‘sh uylarga faqat 43 yoshdan katta bo‘lmagan odamlar ko‘chib o‘tishlari mumkin. Bundan tashqari, doimiy egalik qilish uchun uyda kamida 22 yil yashashingiz kerak.

Buffalo, AQSH

Shahar hokimiyati maxsus Urban Homestead dasturini ishlab chiqdi. Uning bir qismi sifatida uyni bir yevroga sotib olish ham mumkin. Talablar deyarli bir xil: yangi ko‘chmas mulkda kamida 3 yil yashashingiz kerak, shuningdek, uni ta’mirlashga sarmoya kiritishingiz lozim.

Detroyt, AQSH

Reper Eminem shu shaharda tug‘ilgan — o‘sha paytda Detroyt yangi kelganlar orasida katta talabga ega emasdi. Keyinchalik u yerda jinoyatchilik, bankrotlik va ishsizlik avj oldi.

Aholi uzoq vaqtdan beri shaharni sayyohlar uchun go‘zal va jozibali qilish mumkinligiga ishonishni to‘xtatdi. Shuning uchun hokimiyat eski uylarni kam pul evaziga berishni boshladi, ammo muammo shundaki, bu binolar uysizlardan boshqa hech kimga kerak emasdi. Bundan tashqari, boshqa shtatlar ham arzon yerlarni taklif qilishardi — u yerdagi iqtisodiy ahvol Detroytga qaraganda ancha yaxshi edi.

Liverpul, Buyuk Britaniya

Statistikaga ko‘ra, Liverpulda kamida 200 ming uy yarim yil davomida bo‘sh qolishi mumkin. Ularning ko‘plab sobiq egalari 70-, 80- va 90-yillardagi ishsizlik davrida mulkni tark etishgan.

Hokimiyat hozirda ham uylarni bir yevroga sotish orqali shaharning chekkalarida aholini to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Biroq sotib olish qoidalari qat’iy: bu hayotingizdagi birinchi ko‘chmas mulk bitimi bo‘lishi kerak, siz ham fuqarolikka ega bo‘lishingiz va binoni shahar talablariga muvofiq ta’mirlash majburiyatini olishingiz lozim.

Kandela, Italiya

Ba’zida shahar hokimiyati odamlarga ko‘chib o‘tish uchun pul ham to‘laydi. Masalan, Kandela shahrida. Hukumat bu yerdan uy-joy olganlarga 2 ming yevro to‘lashga tayyor.

Bu pullarni olish uchun Italiya fuqarosi bo‘lishingiz va yiliga kamida 7.5 ming yevro ishlab topishingiz kerak. Yana bir shart bor: agar shaharga oilasiz ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lsangzi, 2 000 yevro o‘rniga atigi 800 yevro to‘lanadi.

Kommentlar: 26 komment. 26 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    1 еврога сотиб огандан кейин, яна анча расход килиш кере

  2. Otabek

    Uy sotib osam, grajdanstvo berishadimi?

  3. Gulli

    Qiziq qiziq

  4. Aziza

    1 evro? Namun4a arzon? laugh

  5. Said

    Yaxshi yaxshi

  6. Aziza

    Yopildi dib qurqibman smile

  7. Gulli

    Men ham ishlamayotganiga shunday o’ylagandim

  8. Gulli

    Agar uy oladigan bolsam Bufallo AQSH degan joydan olardim hozirni ōzida yoq

  9. Aziza

    Yaxwiyam tuzatiwdi smile Nega aynan Bufalloda?

  10. Mansurbek

    unknw qimmatro

  11. Najmiddin

    Qatdan korsa boladi uylarni?

  12. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz nega aynan bufalo deganizga javobim dengiz suv bor joylarni yaxshi koʻraman juda yoqadi shunday yerda yashash ajoyib suratda ham dengiz suv tasvirlangan shu uchun sizga qanday yerlar yoqadi

  13. Aziza

    Bizani havodan dengizga qo4iwni hoxlidi inson, sizzi twunaman

  14. Farruh

    good good

  15. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz faqat havodanmas u yerda yashash manga yoqadi chunki shunday yerda yashash zor man uchun

  16. Тимур

    Америка узи купчиллига жуда ёкади, ман уларни орасидаман. Афсус Грин карта ютмадим халигача

  17. Gulli

    Mayli yana urining omadiz keladi insholoh

  18. Gulli

    Temur aka sir bolmasa necha yoshsiz grin karta polish uchun qachondan beri harakatdasiz

  19. Тимур

    30 ёшдаман, 5-6 йилдан бери топшираман, хали омадим кемади sad

  20. Gulli

    Insholoh yana topshiring bu yil olasiz albatta omadiz keladi

  21. Тимур

    Рахмат Гулли! Узиз топшириб курганмисиз?

  22. Gulli

    Yoq ularga yol bolsin manga

  23. Тимур

    Топшириб куриш ниятиз бми?

  24. Gulli

    Bilmasam bu haqda oylab kormaganman hali

  25. Тимур

    Кетиш ниятингиз борми?

  26. Gulli

    Bor albatta

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social