Agarda orzuingiz bajarilmagan bo’lsa, demak unga to’liq haq to’lamagansiz

Agarda orzuingiz bajarilmagan bo’lsa, demak unga to’liq haq to’lamagansiz

Butun olamning tashqarisida bir do’kon bor ekan. Do’kon ustida hech qanday yozuv yo’q edi, chunki yozuvni bo’ron uchirib ketgan edi. Do’konning yangi xo’jayini yozuv osishni istamadi, chunki u yerdagi har bir mahalliy inson allaqachon u do’konda orzular sotilishini bilar edi.

Do’konda juda ko’p narsalar (orzular) bor ekan va bu yerda siz deyarli hamma narsani sotib olishingiz mumkin edi:  katta yaxta, uy-joy, nikoh, rahbarlik lavozimlari, pul, bolalar, sevimli ish, go’zal tashqi ko’rinish, musobaqadagi g’alaba, katta mashinalar, hokimiyat, muvaffaqiyat va boshqa narsalar. Faqatgina hayot va o’lim sotilmas edi.

Har bir do’konga kelgan (va shuningdek, do’konga hech qachon kirmaganlar ham bor ekan, ular uyda orzu qilib o’tirar edi) birinchisi bo’lib, uning orzusi narxlarini bilib olar edi.

Narxlar har xil edi.

Misol uchun, sevimli ishning narxi – hayotni to’g’ri rejalashtirish va boshqarish, o’z kuchiga ishonish, dangasaliklardan voz kechish edi.

Hokimiyat qimmatroq edi –  o’z fikrlaringizdan voz kechish kerak edi, hamma narsaga to’g’ri javob topish kerak edi, boshqalarga yo’q deb aytishni bilish, o’zingizga kerakli baxo bera olish kabilar edi.

Ba’zi narxlar g’alati tuyular edi. Nikohni deyarli hech narsasiz olish mumkin edi, lekin baxtli hayot qimmat turar edi – baxt uchun shaxsiy mas’uliyat, hayotdan zavq olish, o’z istaklarni bilish, boshqalarni fikridan bo’lmaslik, bor bo’lgan narsaga hursand bo’lish, o’z qadr-qimmati va ahamiyatini bilish, “qurbonlik” bonuslarini rad etish, ba’zi do’stlar va tanishlaringizni yo’qotish xavfi kabilar edi.

Do’konga kelgan har bir kishi zudlik bilan orzularni sotib olishga tayyor emas edi. Ba’zilar narxni ko’rib, darhol orqaga burilib ketishar edi. Boshqalar esa uzoq vaqtdan beri pulini hisoblab, yetmagan pulni qayerdan topishni o’ylashardi. Kimdir juda yuqori narxlar haqida shikoyat qilar, chegirmalar so’rar yoki arzon sotib olishga qiziqar edi.

Ba’zilar barcha pulini berib va chiroyli qog’ozga o’ralgan orzusini olar edi. Omadli insonlarga boshqa mijozlar hasad bilan qarashar edi, ular do’kon egasi bu omadli insonlarning tanishi va ular hech qanday qiyinchiliksiz orzusiga ega bo’lishdi deb o’ylashar edi.

Do’kon egasiga ko’pincha xaridorlar sonini ko’paytirish uchun narxlarni pasaytirishni taklif qilishar edi. Lekin u har doim rad etar edi, chunki shu orqali istaklarning sifati ham zarar ko’rar edi.

Do’kon egasidan xonavayron bo’lishga qo’rqmaysizmi deb so’rashganida, u shunday deb javob berar edi: “Doimo tavakkal qiladigan, o’z hayotini o’zgartirmoqchi bo’lgan insonlar va o’ziga ishonib orzusini sotib olishga harakat qiladiganlar albatta topiladi”

Shuningdek, do’kon eshigida yuz yildan beri bir yozuv turar edi: “Agarda orzuingiz bajarilmagan bo’lsa, demak unga hozircha to’liq haq to’lamagansiz”.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Fazo.tv

    Salom Uzko, yozganlaringizni o’chirib tashladim, bu yerda bunday narsalarni yozmang, iltimos

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social