La Liga. «Real» – 34 karra Ispaniya chempioni!

La Liga. «Real» – 34 karra Ispaniya chempioni!

Ispaniya chempionatida 37-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bu turda o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilgan «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu «Real»ning 34-chempionligi bo‘ldi. Zidan vaqtida esa klub ikkinchi marta Ispaniya chempioni bo‘ldi.

«Barselona» «Kamp Nou»da «Osasuna»dan kutilmagan zarbani qabul qilib oldi. O‘yinning 15-daqiqasida mehmonlar vakili Arnais ajoyib zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Messi 62-daqiqada jarima zarbasidan mukammal ijro bilan hisobni tenglashtirdi.

77-daqiqada mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishlariga qaramay, 90+4-daqiqada Roberto Torres «Osasuna»ga sensatsion g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi – 1:2.

Bu mag‘lubiyatdan keyin Seten jamoasi 79 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi, «Real» esa La Liga yakunidan bir tur avval chempionlikni rasmiylashtirdi.

La Liga. 37-tur

Real Madrid – Vilyarreal 2:1

Gollar: Benzema (29, 77, penalti) – Iborra (83).
Real Madrid: Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal (Vaskes, 84), Kazemiro, Modrich (Isko, 85), Azar (Asensio, 62), Kroos (Valverde, 85), Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Benzema.
Vilyarreal: Asenxo, Pau Torres, Kintilya, Shakla, Penya (Soriano, 46), Moyses Gomes (Kasorla, 63), Zambo-Angissa (Trigeros, 82), Morlanes (Iborra, 63), Chukvueze (Ontiveros, 46), Mario Gaspar, Jyerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Shakla (18), Karvaxal (54), Modrich (62), Kintilya (68), Isko (86).

Barselona – Osasuna 1:2
Gollar: 0:1 – 15 Arnais, 1:1 – 62 Messi, 1:2 – 90 Roberto Torres.
Barselona – ter Stegen, Firpo (Alba, 79), Semedu (Vidal, 59), Langle, Serdji Roberto, Rakitich (Buskets, 67), Puch (de Yong, 79), Fati, Pike, Messi, Breytueyt (Suares, 59).
Osasuna – Errera, Navas, David Garsiya, Vidal, Aridane, Brashanats (Oyyer Sanxurxo, 46), Inigo Peres, Arnais (Galego, 71), Monkayola (Roberto Torres, 85), Estupinyan (Toni Lato, 90), Adrian (Barxa, 70).
Chetlatish: Galego (77).

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Raul

    Haqiqiy chempion yana qaytdi!!! Hala Madrid!! Endi LCH ni yutish kerak! cool

  2. Fazo.tv

    Uzko iltimos boshqa bunday bu yerga yozmang.

  3. Asad

    Salom.Hayo uzkoga javob yozmabsz.6zinin opasi bn szi br g6rsla dbti.rosa s6kb yozbdi Ln.6qdizmi?u endi krmasa kk saytga!

  4. Raul

    Nima gaplar? qanaqa sokinishlar, nima bovotti ozi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social