Bugungi kunda biz sevimli gadjetsiz o`z hayotimizni tasavur qilolmaymiz. Hamda smartfon va gadjetlar hayot tarzimizga shiddat bilan kirib kelmoqda
Hech kimga sir emas Apple dunyo bozoridagi eng mashxur va sifatli kompaniyalardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytga kelib Apple haqida ikki qarama-qarshi fikrlar mavjud. Shulardan biri: “Apple – juda ham yaxshi kompaniyadir. U eng yahshi texnikani ishlab chiqarmoqda va ko`rchilik hursandchilik bilan shu texnika bilan foydalanmoqda. Uning narxichi? Har kim uchun narxi o`zicha. Kimgadir qimmat, kimgadir bo`lsa arzon! “
Boshqa tarafdan esa qarama qarshi fikrlar: Apple – unchalik yahshi kompaniya emas. Hozirda bunga odat bo`lib qolgan. Ko`plab insonlar shu texnikaga anchagina pul sarflashadi. Yangi Apple mahsuloti chiqsa albatta uni sotib olish kerak! Bu kasallik!
Ammo bu bir vaqtning o`zida odat va turmush tarzi ham bo`lishi mumkin. Biz har kuni telefon budil`nik orqali uyg`onamiz, ko`chaga chiqishdan oldin ob-havoni tekshiramiz, chiqishda naushniklarni olib va musiqa eshitamiz, transportda Twitter yoki Facebook da yangiliklarni o`qishni boshlaymiz, ish honada maxsus ilovalar bilan foydalanamiz, holdan toyganda esa o`yinlarni o`ynashni boshlaymiz, uyga kaytganimizda yana musiqani eshitamiz va uyqu oldidan ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz. Mana shu kabi narsalarni biz telefon orqali bajaramiz va bu yana bir kichik qismidir. Yana ko`ng`iroqlar, xabarlar va boshqa ishlarni bajaramiz. Shularning barchasini bajarishda bizga smartfonlar yordam beradi.
Lekin boshqa tarafdan agarda ular bo`lmaganda, bizning hayotimiz boshqacha bo`lishi mumkin edi. Tasavur qiling, ertalab sizni baland budil`nik ovozi ostida uyg`onasiz. Ertalabki televizordagi ob-havo xabarlarni ko`rolmay qolib ko`chaga chiqamiz va keyin yomg`ir tagida kolishimiz mumkin. Ish joyiga musiqasiz borish… hozirda bu ko`pchilik uchun bu juda zerikarli hisoblanadi. Yangiliklarni bilish uchun televizor orqali kechki habarlarni kutish kerak bo`ladi. Ish vaqtida esa maxsus ilovalar xam yordamga kelolmaydi va charchadanda esa bizga faqat Pas`yans yoki Kosinki o`yinlari yordam berishi mumkin.
Albatta bu har qanday zamonaviy smartfonning funktsiyalari ishlarimizni osonlashtirib va vaqtni tejashda bizga yordam beradi. Lekin bu narsaga bog`lanib qolmasligimiz lozim. Shunga qaramasdan Apple yoki boshqa smartfonlar turmush tarzining bir qismi bo`lib bormoqda.
Айфонларни хотираси нима андроидми