Xiaomi yangi smart yurish yo’lakchasini taqdim etdi

Xiaomi yangi smart yurish yo’lakchasini taqdim etdi

Xiaomi yurish yo’lakchasining yangi versiyasini yaratdi va u “Mijia Walking Treadmill” deb nomlanadi. Yangilik minimal dizaynga ega bo’lib, yig’ilish hususiyatiga ega. Shunday qilib, mazkur moslama uyda minimal joyni egallaydi.

Moslamani osongina yotoq tagiga joylash mumkin. U 2 ta maxsus kichik g’ildirakka ega va shu g’ildiraklar yordamida uni ko’chirish juda qulay. Moslamaning vazni 28 kilogramm, qalinligi 12 santimetr va 90 kg gacha bo’lgan odam uchun mo’ljallangan.

Qurilmada LED ekran mavjud bo’lib, unda tezlik va yurilgan masofani kuzatish mumkin. Shuningdek, moslamaning mini boshqaruv pulti mavjud va u orqali tezlikni boshqarish mumkin.

Yurilgan statistikani “Mijia Walking Treadmill” mobil ilovaga ulash orqali ko’rish mumkin. Qurilmani “aqlli” televizor bilan ulashingiz va to’g’ridan-to’g’ri televizor ekranida ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin.

“Mijia Walking Treadmill” ning narxi 1799 yienni ($268) tashkil qiladi va 26 apreldan sotuvga chiqariladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social