Hammamiz ham ba’zan marketing hiylalariga uchamiz: hayotni osonlashtiradi degan umidda buyumlar sotib olamiz. Biroq ko‘pincha sotib olingan narsalardan tezda hafsalamiz pir bo‘ladi. Ulardan foyda ko‘rmaymiz, lekin tashlab yuborishga ham ko‘z qiymaydi.
Sharbat uchun grafin
Agar uyda meva va rezavorlardan sharbat tayyorlash odatiy hol bo‘lsa, albatta, grafin kerak. Biroq reklamadagi kabi qadoqlangan sharbatni grafinga quyish juda g‘alati, mantiqan olib qaraganda, yuviqsiz idish ko‘payadi xolos.
Havo namlagich
Mini-namlagich ham tezda hafsalangizni pir qiladi. Katta xonada, hatto ish stoli yonida tursa ham, bunday narsa samarali emas, havoda sezilarli farqni his qilmaysiz va tez orada tokchada chang bosib yotadi. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, hajmi 4 litr va undan past bo‘lgan namlagichlar gigrometr bilan o‘lchanganda namlik foizini umuman oshirmaydi.
Hojatxonani tozalash vositalari
Eng yaxshisi, cho‘tka yordamida muntazam tozalash, chunki shundagina mikroblar yo‘q bo‘ladi. Spreylar ma’lum ma’noda ortiqcha va ko‘pik o‘z vaqtida to‘liq tozalash zarurligini sezishga imkon bermaydi. Bundan tashqari, agar vosita mahkam o‘rnatilmagan yoki u past sifatli plastmassadan yasalgan bo‘lsa, unitazga tiqilib qolishi mumkin.
Kapgir uchun taglik
Bunday tagliklarning o‘rnini oddiy likopcha ham bosishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda kichik oshxonada bunday taglik faqat joy egallaydi va xalaqit beradi.
Dekorativ yostiqlar
Ehtimol, divanda bunday buyumlar haqiqatan ham noqulaylik tug‘dirmay, chiroyli ko‘rinar. Biroq ular zamonaviy interyerli moda jurnallarida bo‘lgani kabi yotoqxonani bezash uchun sotib olinsa, bu tezda kutilmagan muammoga aylanishi mumkin. Kundalik hayotda ularni kechqurun va ertalab, to‘shakni yig‘ayotganda doimiy ravishda o‘zgartirish yoqimli ish emas.
Tekis qirg‘ich
Ko‘pchilik qirg‘ich tanlashda e’tibor beramaydigan narsa shuki, sirtning qanchalik ko‘p teshilgani uni ishlatish qulayligiga bevosita ta’sir qiladi. Agar teshiklar kam va bir-biridan juda uzoqda bo‘lsa, mahsulotni tezda ishqalab bo‘lmaydi. Oshxonaga keraksiz buyumlarni sotib olmaslik uchun bunday narsalarga e’tibor berish lozim.
Soch turmaklash qurilmalari
Sochingizni Gollivud aktrisalarinidek jingalak qilish, albatta, juda jozibali. Biroq professional uslubni yaratish jarayoni qanchalik uzoq va murakkab ekanligini bilishingiz kerak. Mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va bunga ko‘p vaqt sarflash zarurati tufayli bunday jingalaklarni faqat bayramlarda qilasiz, ko‘pincha fendan foydalanasiz, qolgan qurilmalar esa faqatgina javondan joy egallaydi xolos.
Barcha turdagi go‘zallik asboblari
Go‘zallik buyumlari chiroyli ko‘rinadi, shuning uchun ham yangi moda gadjetini sotib olish zavqini rad etish juda qiyin. Biroq sotib olishdan oldin istaklaringizni tanqidiy baholang. Agar elektr cho‘tkasi teringiz turiga mos kelmasa va sellyulit massajyori juda ko‘p vaqt hamda kuch talab qilsa, keraksiz xariddan voz keching.
go’zallik asboblari juda foydali, bekorlarni aytibsila!
bitta ikkitasi foydali 4iqibdi, qoganlari bumagan gap
zur raxmat!