Agarda o’z siringni ayol kishiga aytsang, u senga hech kimga aytmaslikka va’da beradi. Ammo ohirgi tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, bunga butunlay ishonish kerak emas ekan, chunki ayol kishi faqatgina yarim soat o’z va’dasini ushlay olar ekan.
Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, ayollar g’iybat qilish istagi bilan yurishadi va natijada esa ular bu va’dani 32 daqiqa ushlay olishar ekan.
Tadqiqotda 3000 ayol kishi ishtirok etgan. Natijalarga ko’ra, har bir o’ninchi ayol, shaxsiy sir bo’lishiga qaramay, sir saqlash juda qiyinligini aytgan. Bundan tashqari, 85 foiz ayollarning aytishicha, boshqalardan eshitgan g’iybatlardan juda zavqlanishar ekan.
Ko’pgina ayollar ishonchni yo’qotish xavfida bo’lishi mumkin, chunki yarmidan ko’plari kimdir bilan shu sirni bo’lishishga shoshilishgan va 13 foiz ayollar esa ataylab g’iybat tarqatishgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, sirni 32 daqiqada yetkazib berish juda oson va tez. Albatta, bunda zamonaviy tehnologiyaning o’rni katta. Har birimiz kimnidir sirini aytishda aybdormiz, ammo shunchaki g’iybat va kimnidir shaxsiy sirini aytishning katta farq bor.
Albatta, biz barcha ayollar shunday deb aytmoqchi emasmiz. Biz shu qiziq tadqiqotni chetda qoldirmaslikka urindik. Shunday ekan, siz qanday fikrdasiz? Izohlaringizni kutib qolamiz.
Yolgon!