Ayollar tanlovni qanday amalga oshirishi haqida masal

Ayollar tanlovni qanday amalga oshirishi haqida masal

Bir shaharda ayollar o`zlarigi erni tanlash va uni sotib olishi mumkin bo`lgan do`kon ochilibdi. Do`konga kiraverishda quyidagi qoidalar majmuasi osib qo`yilgan:

– Siz do`konga faqat BIR MARTA tashrif buyurishingiz mumkin

– Do`kon 6 qavatdan iborat, erlarning sifat darajasi qavatlarning tartib raqamining ortib borishiga qarab belgilangan

– Siz istalgan qavatdan er kishini tanlashingiz mumkin, yoki yuqoridagi qavatga chiqishingiz mumkin

– Pastki qavatga qaytish man etiladi

Bir ayol o`ziga umr yo`ldosh topish maqsadida o`sha “Erlar do`koni” ga tashrif buyurishga qaror qilibdi. Do`konga kiraverishda “Er, ishlaydi” yozuvini ko`radi va darxol ikkinchi qavatga ko`tariladi.

Ikkinchi qavatdagi yozuvda: “Er, ishlaydi va bolalarni juda yaxshi ko`radi”. Ayol esa uchinchi qavatga ko`tariladi.

Uchinchi qavatdagi yozuvda: “Er, ishlaydi, bolalarni yaxshi ko`radi va maftunkor”.  “Voybo`y” dedi ichidan ayol, lekin baribir to`rtinchi qavatga ko`tarildi.

To`rtinchi qavatdagi yozuv: “Er, ishlaydi, bolalarni yaxshi ko`radi, maftunkor va uy ishlarida yordam beradi”. “Bo`lishi mumkin emas! – xitob qildi ayol. – O`zimni ushlab turish juda qiyin!”

Lekin baribir yuqori beshinchi qavatga ko`tarildi. Beshinchi qavatdagi yozuvda esa: “Er, ishlaydi, bolalarni yaxshi ko`radi, maftunkor, uy ishlarida yordam beradi va juda romantik”. Ayol shu qavatda qolib o`ziga juft tanlashni juda xohladi, lekin o`zini qo`lga olib, oxirgi qavatga yo`l oldi.

So`ngi oltinchi qavatda esa quyidagi yozuvga duch keldi: “Siz bu do`kondagi № 31456012 tashrif buyuruvchisiz, bu qavatda er yo`q, bu qavat ayollar ehtiyojining chegarasi yo`qligini yana bir bor eslatish uchungina faoliyat ko`rsatadi. Tashrifingiz uchun rahmat!”

Albatta bu masal bilan hurmatli ayollarimizni ranjitmoq emasmiz, lekin ba`zi kimlargadir bu masal saboq sifatida xizmat qilar.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    zur manga yoqdi

  2. Bobur

    Bunaqa 6 qavatga chiqaman deydigan qizga bizani korhonada judayam ko`p. Bechorala 6 qavatga chiqaman deb 30-40 yosh atrofida yoshga kirib qolganini sezishmayam qolishyapti.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social