Nima uchun insonlar bir birlari bilan janjallashib qolishganlarida doimo baqirishadi? Ko`chada yoki bozorda ikki yoki uch kishi janjallashib yoki biron bir narsa ustida tortishib qolishganida baqir chaqirga guvoh bo`lamiz. Inson yoningda turganida unga baqirib gapirishning nima keragi bor? U sizni eshitmaydi deb o`ylaysizmi?
Qachonki insonlar bir birlari bilan norozi yoki janjallashib qolganlarida, ularning yuraklari o`zoqlashadi. Bu o`zoqlashgan masofani bosib o`tish va bir birini eshitish uchun baqirish kerak bo`ladi! Inson qancha kuchli g`azablansa, shuncha qattiq baqiradi! Shunday emasmi?
Ular sevib qolishganlaridachi? – unda nima bo`ladi? Albatta bu holatda ular baqirmaydilar, aksincha sekin gapiradilar. Ularning yuraklari bir biriga yaqin bo`ladi, orasidagi masofa esa juda qisqa. Bunday holatda so`zlar juda past ovozda gapiriladi. Ba`zida esa masofa ham yo`qday tuyuladi va barchasi so`zsiz tushunarli bo`ladi.
Janjal vaqtida yuraklarimizni bir biridan o`zoqlashishiga yo`l qo`ymasligimiz zarur. Oramizda paydo bo`lgan jarlikni yanada kengaytiradigan gaplarni aytish kerak emas. Chunki bir kun kelib, oramizdagi masofa shunchalik katta bo`lib qolishi mumkinki, keyin orqaga yo`lni yo`qotamiz.
Ushbu maqola sizga yoqqan bo`lsa do`stlaringiz bilan bo`lishing yoki komment orqali o`z fikringizni bildirishingiz mumkin!
Rostdanam shunday.