Messi 2003-yildan boshlangan 18 yillik faoliyati davomida dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanib ulgurgan, millionlab muxlislarga ega bo‘lgan. Uning muvaffaqiyatlarida hamisha yonida bo‘lib, qo‘llab-quvvatlagan rafiqasining ham hissasi katta.
Antonella Rokusso — Messining eng yaqin do‘stlaridan birining amakivachchasi bo‘lgan. Bo‘lajak futbolchi 5 yoshidayoq aynan shu qiz uning rafiqasi bo‘lishini aytgan. U vaqtda qo‘shni bo‘lib yashagan Antonella va Leo tez-tez birga sayr qilgan, bir-biri bilan maktub almashgan. Ammo vaqti kelib ularning ayrilishiga to‘g‘ri kelgan. Messining otasi o‘g‘li 13 yoshga to‘lganida Rosario shahridan Barselonaga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. Aynan shu sabab o‘smirlar o‘rtasidagi munosabatlarga deyarli chek qo‘yilgan.
Bir necha yillar davomida ularning har ikkisi o‘z hayoti bilan yashagan. Maktabni tamomlagach, universitetga qabul qilingan Rokusso parhezshunos bo‘lishni maqsad qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda faollashgan qizning hayotida boshqa bir inson paydo bo‘lgan. Lionelning ham bu vaqtga kelib hayotida o‘zgarishlar yuz bergan. Futbol bilan faol ravishda shug‘ullangan, 19 yoshida esa 14 yashar model bilan uchrashayotgani haqida ma’lum bo‘lgan. Ammo munosabatlar uzoqqa bormagan, keyinroq esa Playboy jurnalining modeli Lusiana Salasar sportchining yangi qaylig‘i bo‘lgan. Messining ota-onasi o‘g‘lining tanlovini ma’qul ko‘rmagani sabab ushbu aloqalar ham uzoqqa bormagan.
Antonella uchrashib yurgan do‘sti bilan turmush qurishni rejalashtirgan, ammo yigit bilan baxtsiz hodisa yuz bergan — do‘kondan chiqaverishda uni motosikl urib ketgan. Yuz bergan voqeadan ikki kun o‘tib Messi va Rokusso uchrashgan, futbolchi bolalikdagi do‘stiga dalda bo‘lishni istagan. O‘sha kundan buyon juftlik bir-biridan deyarli ayrilmagan, munosabatlari esa asta-sekinlik bilan rivojlana boshlagan. Bir muddat vaqt o‘tib oshiq-ma’shuqlar haqida butun dunyo xabar topgan.
Ular ilk marta 2012-yilning 2-noyabr kuni farzandli bo‘lgan. Dunyoga kelgan o‘g‘il chaqaloqqa Tyago deb ism qo‘yilgan. 2015-yilga kelib esa ularning oilasida yana bir bor ko‘payishi kutilayotgani ma’lum bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay o‘rtancha o‘g‘li Mateo tavallud topgan.
2017-yilga kelib Lionel Messi Antonella bilan rishtalarini nikoh bilan mustahkamlagan. To‘y 30-iyun kuni futbolchi tug‘ilib o‘sgan shahar Rosarioda bo‘lib o‘tgan. Dang‘illama marosimga dunyoning futbol yulduzlari va boshqa mashhurlar bilan jami 250 nafar mehmon tashrif buyurgan. 2018-yilda esa juftlik uchinchi marta ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan. Kenja o‘g‘ilga Chiro deb ism qo‘yilgan.
Antonella muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali umr yo‘ldoshi va farzandlari bilan birga tushgan suratlarni bo‘lishib keladi. Messi ishtirokidagi futbol o‘yinlarining deyarli barchasiga tashrif buyurib, uni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi “Barselona”dagi faoliyati davomida katalon klubi bilan Ispaniya chempionatida 10, Ispaniya Kubogi va Superkubogida 7, Chempionlar Ligasida 4, Yevropa Superkubogida va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida 3-martadan g‘alaba qozongan.
Ular juda g6zal juftlik. Shunday sevgini men ham topsam edi
Bundan ham yaxshi baxt sizga nasib qisin.
Katta raxmat! Szga ham
Manga Rokussoni kulishi rassa yoqdi.Lekin ula pashti 5 yil nikohsiz yashagan.Shunaqami.Mani tushunishim boʻyicha 2 ta farzandi nikohsiz tugʻilgan.Chet ellilagayam farqi yoʼgʻee.
Salom Sumayya, ha shunday, ularda turmushga chiqmasdan ham yashasa bo’ladi. Buning yomon tarafi bo’lmasa kerak.
Eshtgan quloqqa gʻalatikandeee.Yoʻki bizada bunaqa narsala boʻmaganiga manga erish tuyuldi shekilli.Mayli bu ulani baxtli yashashiga halal bermagan ekanuu.Manimcha bu eng chiroyli juftli boʻsa kere
Sumayya, to’g’ri aytasiz, juda chiroyli juftlik. Bizda bunday yashasa hamma gapiradi deb qo’rqishadi, shuning uchun ham bunday bo’lmasa kerak