Bir chelak olma: Kim nimada boy bo’lsa, shu bilan bo’lishadi!

Bir chelak olma: Kim nimada boy bo’lsa, shu bilan bo’lishadi!

Bir inson o’ziga yangi uy sotib olibdi. Uy katta, chiroyli edi va uy yonida mevali daraxtlarga to’la bog’ ham joylashgan edi. Uy yonida esa eski uyda hasadgo’y qo’shni yashar edi.  U doim yangi qo’shnisining kayfiyatini buzishga harakat qilar edi. U darvoza yoniga axlat tashlab ketar yoki boshqa yomonliklar qilar edi.

Bir kuni yangi kelgan qo’shni yaxshi kayfiyatda uyg’onib, tashqariga chiqdi, uy yonida esa bir chelak axlat turgan ekan. U kishi chelakni olib, axlatni tashlab yubordi, chelakni tozalab yuvdi va ichiga katta, pishgan va shirin olmalarni solib va qo’shnisini uyiga bordi.

Qo’shni eshik taqillaganini eshitib, hasad bilan o’yladi: “Naxotki men uning joniga tekkam bo’lsam!”

Qo’shni janjal qilish niyatida eshikni ochdi, yangi qo’shni esa unga olmalar bilan chelakni uzatdi va dedi:

-Kim nimada boy bo’lsa, shu bilan bo’lishadi!

“Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar. Barcha odamlarning ko’zi oldida yaxshilik qilishga intilinglar. Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar!”

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Malika

    Hayotda har bir inson bir-biriga yaxshilik qilib, bir-birini sevib, hurmat qilsa, bizning hayot o’zgarib ketardi butunlay! urushlar bo’lmas edi, lekin achinarlisi, bunday bo’lishiga ishonch ham yo’q….

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social