Hech kimga aytish kerak bo’lmagan 7 narsa!

Hech kimga aytish kerak bo’lmagan 7 narsa!

1. Kelajak rejalarni. Bu yerda gap hasad yoki ko’z tegishda emas, balki bu o’zingizga tegishligidadir. Ruhshunoslarning aytishlaricha, qachon siz muhim rejangiz bilan bo’lishsangiz, sizning miyangiz uni bajarilgan deb hisoblashni boshlar ekan. Lekin bu yerda er, xotin, ota-ona yoki yaqin do’st nazarda tutilmagan.

2. Buyuk g’alabalaringiz haqida. Hatto, siz uch boshli ajdarhoni yengan bo’lsangiz – bu haqida hamma atrofdagilarga aytib berish shart emas. Bunda sizda maqtanchoq bo’lish xavfi bor.

3. Chegaralashtirish haqida. Siz jiddiy parhezdamisiz yoki ro’za vaqtidasizmi? Bu hurmatga sazovor, ammo bu haqida gapirib yursangiz manosini yo’qotishi mumkin. Chunki har qanday ruhiy chegaralarda kamtarlik bo’lishi kerak.

4. Boshqalar haqida yomon gaplarni. Ayniqsa ular yoningizda bo’lmasa. Bu g’iybat deb ataladi va shunday insonlarni ko’pincha hurmat qilishmaydi. Esta tuting, agarda kimdir sizga boshqalar haqida ular yo’qligida yomonlik aytsa, huddi shunday siz yo’qligingizda siz haqingizda ham aytishi mumkin.

5. Shaxsiy muammolar. Bu yerda uydami, ishdami, shaxsiy hayotda yoki finansda bo’lishi mumkin. Sizning muammolaringiz – bu faqat sizni maummolaringiz va siz ularni yechimini topishingiz kerak. Albatta, kimgadir aytganingizda siz dalda olishingiz mumkin. Ammo kerakli insonlarga (ota-ona, yaqin do’st, er-xotin) aytish mumkin.

6. Bilimingiz haqida. Umuman olganda maqtanish yaxshi narsa emas. O’ta ma’lumotli bo’lsangiz ham bu haqida hammaga aytib yurish shart emas. Birinchidan, siz o’zingizni ustun qo’yib, kimnidir xafa qilishingiz mumkin. Ikkinchidan esa, bilimni ishlatmasangiz hech nimaga ega emassiz. Shuning uchun Bill Geyts bo’lmasangiz, demak rivojlanishda davom eting va bilimingizni hayot tarzingizda aks ettiring.

7. Yaxshi ishlar haqida. Yaxshilik qildingizmi, kimgadir yordam berdingizmi, uysiz itga ovqat berdingizmi, qushlarga yem berdingizmi, kimnidir hayotini yoki obro’sini qutqardingizmi, balki butun oylikni ehson qildingizmi? Yaxshi! Xudo albatta buni ko’radi va sizga yuz baravar qaytarib beradi. Ammo bu haqida hammaga aytib yurish kerak emas, chunki sizning yaxshi ishlaringiz o’zingizni ko’rsatish uchun deb qabul qilinadi.

Kommentlar: 25 komment. 25 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Rustam

    YE! Barchasi man to’g’rimda ku!

  2. Oybekjon

    O’zim uchun eng muhim bo’lgan maslahatlarni oldim mualiflarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman

  3. Oybekjon

    Iltimos, hayotni rejalashtirish stresni yengish haqida ko’proq maqolla bersalaringiz

  4. Fazo.tv

    O’zingizga muhim bo’lgan narsalarni olganingizdan hursandmiz! Ha, hayotni rejalashtirish va stresni yengish haqida maqolalar albatta bo’ladi. Bizda shu turdagi maqolalar talaygina, quyidagi linkga o’tib qarab ko’rishni maslahat beramiz, – https://fazo.tv/category/hayot/

  5. Malika

    Ayrimlari manga tegishli.Lekin hech kimga aytib bo’lmaydigan boshqa narsalar ham bor.Aytardim-u,vaqtim yoq-da. laugh

  6. Fazo.tv

    Salom Malika, sal vaqtingiz bo’lganda aytib berarsiz)))

  7. shoxruhbek

    Men ham uzimga xulosa chiqardim

  8. Shirina

    Juda yaxshi maslahatlar Fazo.tvga raxmat

  9. musulmanka

    Har doimgidek Fazo tv hayotimizda bizaga kereli maslahatlani berish bilan ovora smile Rahmat slaga bu maslahatla hayotimiz davomida kere bo’lib as qotadi digan umidaman bundanam yaxshi maslahatlani kutib qolamz smile

  10. Fazo.tv

    Katta rahmat!! yes

  11. musulmanka

    Rahmati szmas biza etishimiz kere smile szga rahmat ajoyib maslahatladan bizani habardor qiganiz uchun

  12. Ability

    Ha siringizni hech kimga aytmaslik kerak
    Rahmat

  13. Hayo

    Xa rejalarni ham aytmaslik kerak etwadiyu Soz ogrisi noladi Fikr ogrisi boladi deb yes

  14. Fazo.tv

    Ko’pincha rejalaringizni boshqalarga etsangiz, miyada bu reja amalga oshdi degan fikr paydo bo’ladi va inson uni amalga oshirishga niyati kamayadi

  15. Islom

    Men bu gaplardan juda ko’p narsalarni o’rgandim va bu menga katta mativatsiya berdi.

  16. Fazo.tv

    Katta rahmat sizga! smile

  17. Maftuna

    Juda ham ajoyib fikirlar
    Qoyil
    Iloji bölsa qanday qilib döst chin döst bilan soxtasini ajratish haqida ham maqola chiqaring

  18. Fazo.tv

    Salom Maftuna! Rahmat, albatta chiqazishga harakat qilamiz smile

  19. .......

    juda yaxshi maqola ekan uzimga tegishlilarini oldim silaga raxmat

  20. Dildora 0804♥️

    Assalomu alaykum . Bu fikrlar oʼta maʼnolidir. Men oʼylab qarasam hayotimda Bularning ayrimlariga amal qilmas ekanman.Ajoyib maslahatlar uchun katta rahmat.Alloh rozi boʼ

    lsin sizlardan

  21. Нодир

    good good smile

  22. Muxlisa

    Xayotmiz uchun yaxshi kerakli malumatlar smile smile

  23. otabek

    Juda yaxwi maqola.

  24. Gulli

    Juda ajoyib maqola ekan rahmat fazotv ancha foydali biz uchun kerak maslahatlarni yozib chiqaribsizla men hech kimga shu paytgacha men haqimda sorashmaguncha hech kimga gapirmayman

  25. Farangiz

    Men sir saqlashni bilmayman, nima qilsam bo’ladi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social