Bir qabilaning ajoyib urf-odati

Bir qabilaning ajoyib urf-odati

Qani endi hamada shunday ajoyib urf-odat bo’lsa?! Balki dunyo yanada yaxshiroq va yorqinroq bo’lar edimi!

Bir Afriqa qabilasida qiziq va noyob urf odat bor. Agarda shu qabilada kimdir yomon ish qilib qo’ysa, uni maydon o’rtasiga olib chiqib va uni butun qabila o’rab olar ekan. Keyin esa ikki kun davomida shu xato qilib qo’ygan insonni yaxshiliklarini eslashar va bu uchun unga minnatdorchilik bildirishar ekan.

Ularning aytishicha, har bir inson dunyoga yaxshi bo’lib keladi. Har bir inson sevgiga, baxtga, tinchlikga, havfsizlikga muhtoj, ammo ushbu narsalarning ortidan quvganda inson xato qilib qo’yishi mumkin. Ular birgalashib yiqilgan insonni ko’tarishga va aslida uni kimligini ko’rsatishga harakat qilishar ekan.

Albatta, ularning qadriyatlarini qo’llang deb aytmoqchi emasmiz. Shunchaki, do’stingizga, ota-onagizga va o’z yaqin insonizga kechirim bering va ularni qo’llab quvvatlang.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social