Bir vaqtning o’zida ikkita odamni sevib bo’ladimi?

Bir vaqtning o’zida ikkita odamni sevib bo’ladimi?

Ikki kishini sevish mumkinmi va bu sevgimi?

Qisqasi, ha mumkin. Buning sababini tushunish uchun, birinchi navbatda, nima uchun bunday shubhalar paydo bo’lishini o’zimizdan so’rashimiz kerak.

Sevgi tuyg’u sifatida afsonalar bilan qoplangan. Masalan, dunyoda biz uchun mo’ljallangan bitta odam borligini ko’rsatadigan “jondosh” degan g’oya mavjud. Bundan tashqari, siz boshqa hech kimga e’tibor bermasdan, ideal sevgini uchratasiz degan g’oya mavjud. Va agar to’satdan boshqa birovga qiziqishni his qilsangiz, u yaqinlik haqiqiy bo’lmaganligini anglatadi.

Ammo agar biz his-tuyg’ular hududiga kirsak, hamma narsa murakkabroq. Haqiqiy sevgi nima bo’lishi kerakligini va u nima ekanligini aniqlaydigan jadval yo’q. Munosabatlar sizni qanchalik uyg’un, sog’lom va baxtli qilishlari bilan baholash mumkin. Inson esa o’zi his-tuyg’ularni his qiladi va ularni aytadi. Demak, ikki kishini sevadigan odamlarning tajribasi bizga aytadiki bu haqiqatdan ham bo’lishi mumkin.

Bitta narsa bilan: biz qanday his-tuyg’ularni his qilayotganimizni tanlamaymiz, lekin ular bilan keyin nima qilishni hal qilamiz.

Ikki kishini sevsangiz nima qilish kerak

Vaziyat insonning shaxsiy qarashlariga va u ega bo’lgan munosabatlarga qarab turli murakkablik darajasida bo’lishi mumkin. Misol uchun, agar kimdir poliagamik munosabatlarda bo’lsa va bu haqda tashvishlanmasa, ular uchun umuman muammo bo’lmaydi.

Bu monogamiyani afzal ko’rgan odamlar uchun qiyinroq bo’ladi. Chunki har qanday holatda ham ular tanlov qilishlari kerak va bu o’z sevgililaridan birini tanlash kerakligi degani emas. Munosabatlarni umuman rivojlantirmaslik yoki aksincha, ikkalasiga ham berilib ketish. Biroq, oxirgisi oson bo’lishi dargumon, chunki xiyonat ko’pincha aybdorlik, uyat va boshqa noqulay his-tuyg’ular bilan birga keladi.

Biroq, sevgi uchburchagidan to’g’ri yo’lni topishga yordam beradigan ko’rsatma ham yo’q. Shunday qilib, siz o’zingiz qaror qabul qilishingiz kerak bo’ladi. Ammo siz ushbu qadamlardan boshlashingiz mumkin.

O’z his-tuyg’ularingizni tushuning

Bu oddiy tuyulishi mumkin, lekin aslida, hamma ham o’z his-tuyg’ularini tan olish qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa, agar ularni bostirishga odatlanganlar bo’lsa. Shuning uchun, o’zingizga nimani his qilayotganingiz, ikkala odamni ham sevib qolganmisiz, degan savollarga halol javob berishingiz muhimdir.

Sevib qolganingiz sabablarini tushunishga harakat qiling

Bu, ayniqsa, ikkinchi muhabbat bilan uchrashishdan oldin munosabatda bo’lganlar uchun juda muhimdir. Tuyg’ular aniq sabablarga ko’ra paydo bo’lishi shart emasligini tushunish muhimdir. Ammo ba’zida ularni aniqlanish mumkin.

Aytaylik, uzoq muddatli munosabatlarda siz birinchi sevish bosqichidan o’tdingiz. Bu qandaydir birlashishni anglatadi, ikki kishi ikkita chuchvara kabi bir-biriga yopishib, ularni ajratish deyarli mumkin emasdek tuyuladi. Ammo keyingi bosqichda ikki inson ular bir butun emas, balki ikki shaxs ekanligini anglashadi. Ular ko’p narsalarda bir-birlariga o’xshamasligini sezishni boshlaydilar va ular o’zaro munosabatlarni qayta kashf qilishlari va bir-birlariga ko’nikishlari kerak bo’lgan vaziyatga tushib qolishadi. Bu mutlaqo normal holat, chunki bu yanada sog’lom, uyg’un ittifoqqa yo’l. Ammo hamma ham bunga tayyor emas. Va ba’zida bir sherik, sovuqni his qilib, qo’rqib ketadi va yangi sevgi izlaydi.

Yoki, masalan, bir kishi o’z hayotini qayta ko’rib chiqish uchun o’tirdi va biror narsa unga mos kelmasligini tushundi. Ammo u atrofida sodir bo’layotgan voqealar uchun javobgarlikni olishga tayyor emas, shuning uchun u hamma narsani sherigiga yuklashga qaror qiladi. Va bunday vaziyatda u birinchi uchrashgan odamni sevib qoladi, chunki u qutqaruvchini qidiradi. Lekin u sherigiga nisbatan his-tuyg’ularini ham yo’qotmaydi.

Yoki, ehtimol, odam chetda biror narsa qidiradi.

Ehtimol, munosabatlardagi sheriklardan biriga qandaydir narsa yetmaydi va boshqa odam bilan o’z istaklarini amalga oshirishga harakat qiladi. Bu shunchaki jinsiy aloqa haqida emas. Ehtimol, qiz tog’larga borishni yoqtirmaydi, lekin yigit sayyohlikni yoqtiradi va u dastlab sayohatga hamroh izlagan bo’lishi mumkin.

Stanislav Samburskiy
Doktor Anikina klinikasida klinik psixolog.

Umuman olganda, sabablar juda ko’p bo’lishi mumkin va ularni qidirishda o’zingiz bilan halol bo’lishingiz muhimdir.

Har bir sherik siz uchun nimani anglatishini hal qiling

Tuyg’ular, albatta, yaxshidir. Ammo munosabatlar bundan biroz ko’proq narsadir. Psixolog Stanislav Samburskiy bir nechta savollarga javob berishni taklif qiladi:

  • Har bir munosabatda men qanday ehtiyojlarni qoniqtiraman? Jinsiy, hissiy, intellektual, ijtimoiy?
  • Har bir sherik bilan qanday qadriyatlarni baham ko’raman? Dunyoqarash, hayotiy maqsadlar, qiziqishlar, sevimli mashg’ulotlar?
  • Har bir munosabatlarda qanday istiqbollarni ko’raman? Kelajak, oila, bolalar, birgalikdagi rejalar?

Ehtimol, bu savollarga javoblar, nima qilish kerakligini hal qilishda yordam beradi. Biroq, bir narsa bor. Noxush vaziyatga tushib qolganingiz uchun mas’uliyatni sevganlaringizdan biriga topshirish vasvasasi paydo bo’lishi mumkin. Masalan, uzoq vaqtdan beri birga bo’lgan sherigingizni shayton qilib, unga salbiy fazilatlarni berishni boshlang. Bu sharmandalik va aybdorlikni biroz yumshatishga yordam beradi, munosabatlarda hamma narsa yomon bo’lganiga ishonishni boshlaysiz va shu sababli boshqa inson bilan yaqinlashgansiz. Yoki, aksincha, hayotingizga bostirib kirib, hamma narsani murakkablashtirgan yangi sevgilingizni ayblaysiz. Bu noqulaylikni kamaytirishi mumkin, ammo noto’g’ri qaror qabul qilishingizga olib kelishi mumkin.

Bunday vaziyatda nima qilish mumkinligini tushuning

Oldingi bosqichlar o’z-o’zingizni tashxislash edi, bu bizni mumkin bo’lgan xulosalarga olib keldi.

Agar siz ikki kishiga nisbatan his-tuyg’ularingiz borligini tushunsangiz, sizga yoki boshqa birovga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan narsalarni qilishga shoshilmang.

O’zingizning his-tuyg’ularingizni va motivlaringizni tushunishga harakat qiling, shuningdek, har bir sherikning ijobiy va salbiy tomonlarini o’rganing. Agar kimnidir xafa qilgan yoki aldagan bo’lsangiz, xatolaringizni tan olishdan va kechirim so’rashdan qo’rqmang. O’zingizning harakatlaringiz va boshqa odamlarning his-tuyg’ulari uchun javobgarlikni unutmang. Va esda tutingki, sevib qolish sevgi emas, balki uning rivojlanish bosqichlaridan biridir. Sevgi – hurmat, ishonch, murosa va altruizmni talab qiladigan chuqur va doimiy tuyg’u. Agar siz haqiqiy va baxtli munosabatlar qurmoqchi bo’lsangiz, siz nafaqat sevishingiz, balki o’sishingiz kerak.

Stanislav Samburskiy
Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда кизик макола, рахмат

  2. Baxtiyor

    Men bitta qizni topa olmayapmanku, sizlar 2 sevgi haqida aytyapsizlar

  3. Munosabatlarda bulib turib, bowqa bilan gaplawiw bu xiyonat.

  4. Bowqa4a fikr buliwi ham mumkinmas

  5. Yo’q bo’lmaydi

  6. Ha deganlar, yolg’on gapirishadi

  7. Nega unday deysiz?

  8. Adashim

    Hammasi yolg’on

  9. Men undan ham ko’p qizlarni seva olaman, chin dildan

  10. Feruzbek

    Bir odamni chindan sevish qiyin hozirda

  11. Ismigul

    Yo’q, sevib bo’lmaydi

  12. Boshqa qizni sevaman deb hech kim aytamaydi, bekitadi va aldayadi

  13. Alisher

    Yo’q, bo’lmaydi.

  14. Klassika

    Ha, undan ham ko’pni sevsa bo’ladi

  15. Yo’q.

  16. Rasm juda zo’r ekan

  17. boast albatta

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social