Bolalar bilan tomosha qilish kerak bo‘lgan, boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar haqidagi filmlar

Bolalar bilan tomosha qilish kerak bo‘lgan, boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar haqidagi filmlar

Biz inklyuziv bo‘lishni o‘rganayotgan dunyoda yashayapmiz. Bolalarni bunday holatga tayyorlash juda muhim, ular boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar bilan uchrashganda, kimga duch kelayotganini va qanday javob berishni tushunishlari kerak. Qiyin, ammo muhim mavzu haqida gaplashish uchun quyidagi filmlardan birini birgalikda tomosha qilish yordam beradi.

“Mo‘jiza (Чудо)”, 2017

Kamdan kam uchraydigan genetik xatolik tufayli Avgustning yuzi deyarli yo‘q. O‘zini Oggi deb ataydigan bu bolakay tug‘ilganidan beri 27 ta operatsiyani boshdan o‘tkazgan, ammo baribir uning tashqi ko‘rinishi tengdoshlarinikidan juda farq qiladi. U mehribon va g‘amxo‘r oilada, ajoyib dono ota-onasi va jasur opasi bilan o‘sgan. Ammo endi Oggi ochiq “kosmos” — maktabga chiqishi kerak. “Xudoyim, uni xafa qilmasalar edi”, deb pichirlaydi duo qilayotgan ona (Juliya Roberts). Lekin uni ranjitishadi. U maktab koridorlari bo‘ylab yurganida bolalar o‘zlarini chetga olishadi va undan uzoqroqda turishadi. Ba’zilar uning aqliy qobiliyati ham tashqi ko‘rinishidek bo‘lsa kerak deb o‘ylaydi.

Bir kuni mo‘jiza sodir bo‘ladi va Oggi o‘ziga do‘st topadi. Ammo tengdoshlarining bosimi ostida yangi o‘rtoq Avgustga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Endi bola, uning oilasi, sinfdoshlari oldida uzun va mashaqqatli yo‘l bor — tushunish, hamdard bo‘lish va qabul qilish yo‘li.

“Iqtidorli (Одарённая)”, 2017 yil

Har qanday jamiyatda bo‘lgani kabi bolalarda ham qoidalardan tashqariga chiqish holatlari kuzatiladi. Va ko‘pincha boshqalarga o‘xshamaydiganlar masxara qilinadi. Buni noyob matematik iste’dod bilan tug‘ilgan kichkina Merining onasi yaxshi tushunardi. Ammo u vafot etgach, Meri tog‘asi (Kris Evans) qaramog‘ida qoladi. U qizga o‘zi bilgan hamma narsani o‘rgatadi, odamlarga qo‘shilishi uchun Merini maktabga yuborishga qaror qiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi tezda uning ajoyib iste’dodini kashf etadi. Maktab Merini iqtidorli bolalar akademiyasiga yuborishni taklif qiladi, ammo bu Frenk va Meri katta muammoga duch kelishi bilan baravar edi. Axir Frenk singlisiga Merining boshqa bolalar kabi oddiy hayot kechiradi, deb va’da bergandi. “Hech kim aqllilarni yoqtirmaydi”, deydi bir kuni Meri.

Bu orada shuhratparast buvi nabirasining iqtidorini bilib qoladi. U va Frenk o‘rtasida haqiqiy qarama-qarshilik boshlanadi: tog‘asiga buvisi uni bolaligidan mahrum qilmoqchidek tuyuladi. Buvisi esa tog‘asi Merining kelajagini barbod qilyapti, deb hisoblaydi.

“Forrest Gamp (Форрест Гамп)”, 1994

Bu aqli zaif, ammo mehribon va ochiqko‘ngil bolaning hayoti va ulg‘ayishi haqidagi ajoyib hikoya. yuqori IQ’ga ega bo‘lishdan ko‘ra yaxshi inson bo‘lish muhimligi haqidagi film.

Hayot Forrestga (Tom Xenks) mehribon edi, chunki u ham atrofdagilardan mehrini ayamasdi. Forrest ajoyib sportchi, front qahramoni, millionerga aylanadi. Ammo uning asosiy boyligi doimo odamlar bo‘lib qolaveradi. Aslida boshqalar unga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak, lekin Forrest har doim ularni himoya qiladi, qutqaradi va ilhomlantiradi. Axir hayot shokolad qutisiga o‘xshaydi: qanday nachinkali shokolad chiqishini hech qachon bilmaysiz.

“Kakku uyasi uzra parvoz (Пролетая над гнездом кукушки)”, 1975

Rendl Patrik Makmerfi (Jek Nikolson) qamoqqa tushmaslik uchun o‘zini aqldan ozgandek ko‘rsatib, bundan ham yomonroq joy — hamshira Mildred Ratched tomonidan shafqatsizlarcha boshqariladigan ruhiy kasallar muassasasiga tushib qoladi. Makmerfi klinikaning qolgan bemorlari bunday davolanishga qarshi emasligidan hayrat qoladi va isyon ko‘taradi.

Film so‘zsiz qudrat ruhiy kasallikdan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishi va aqldan ozdirishi haqida — “oddiy” odamlar ruhiy kasallarga qaraganda ancha qo‘rqinchli va xavfliroq bo‘lishi mumkin.

“Stiven Xoking olami (Вселенная Стивена Хоукинга)”, 2014

Kuchli aql va temir iroda kasallikni yenga oladimi? Stiven Xokingning butun hayoti bu savolga javob beradi. Yosh fizik talaba oldida buyuk kashfiyotlarga to‘la hayot turardi. Ammo dahshatli tashxis hamma narsaga chek qo‘yishi mumkin.

Film odamlarning aqli va qalbini bilmasdan turib, ularning tashqi ko‘rinishi va jismoniy imkoniyatlariga qarab baho bermaslik kerakligi, haqiqiy sevgi va buyuk maqsadlar mo‘jizalar yaratishi haqida.

“Insonning jasoratida chegara bo‘lmasligi kerak. Hayot qanchalik dahshatli ko‘rinmasin, u bor ekan, umid bor. Buyuk olimning bu iborasi muammolarga duch kelgan har bir kishiga dalda beradi.

“1+1”, 2011

Baxtsiz hodisa natijasida nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan badavlat aristokrat Filip endi hech narsadan xursand bo‘lolmaydi.

Ammo qashshoqlikda yashovchi, yaqinda qamoqdan chiqqan yosh fransuz Dris uning yordamchisi bo‘lganda hammasi o‘zgaradi. Bu ikkisi butunlay boshqa-boshqa dunyo va har biri o‘z stereotiplardan voz kechishi kerak. Bu ular bir-biriga yordam berishning yagona yo‘li.

Dris Filippga yana hayotning ta’mini his qilishga yordam beradi, chunki u Filippda nogiron emas, balki yaxshi insonni ko‘radi. Bu barcha yoshdagi bolalar bilan suhbatlashish uchun foydali bo‘lgan muhim tajribadir.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hammasini kurganman, bolalarim busa birga kuramiz kyn

  2. Rasulov F

    hayotga bowqa4a qarawni bowlis bu kinoladan keyn

  3. Xudo bar4amizni inson qilib yaratgan, insoniylikni yuqatmaylik. Bir birimizni hurmat qilaylik. Dunyoda sevgi tarqalsin

  4. Bolam bowqalani hurmat qiladigan bulib ussin

  5. Shaxzod

    smile smile smile smile

  6. yaxwi kinola

  7. Alpomish

    Juda zo’r kinolar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social