Farzandlarimizning ulg`ayishi davridagi bizning eng muhim vazifamiz – ularni yomon ta`sirga tushib qolishlaridan ehtiyot qilib, ulardagi o`zini baholash xususiyatini sog`lom rivojlanishiga yordam berishdir.
Bolaning o`zi haqidagi fikri. O`qish jarayoni, tadqiqot ishlar va tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`z-o`ziga past baho beradigan bolalar, o`zlarining qanaqaligidan ko`ngli to`q bo`lmaganligi tufayli, ko`pincha: ularni hech kim yoqtirmaydigandek, o`zini his qilib, o`zlari haqida “ziyrak emasman, iste`dodsiz, munosabat o`rnatishga loyiksizman” degan fikrda bo`ladilar.
Ba`zan o`zlarining kimligi haqida va ularning qobiliyatlari xususida yolg`on fikrga boradi va tushkinlikga tushib ruhiy muammoga yuz tutadilar, hattoki yashashga qiziqish qolmaydi va ular o`zlarining joniga qasd qilishlari mumkin. Ko`pgina hollarda ular giyohvand moddalari va spirtli ichimliklar iste`mol qilish, hamda chekish yo`liga kirib ketishadi.
Ota‑ona sifatida biz nima qilishimiz mumkin, farzandlarimizni qanday voyaga etkazishimiz, ularni qanday qilib o`zining-o`zi baholash xususiyatiga ta`sir qiladigan yaxshi intizomga chaqirishimiz mumkin. Bolalaridagi o`zining-o`zi baholash xususiyatining rivojlanishi ota‑onalar eng muhim ta`sir ko`rsatadilar.
Agar bolalar yana va yana takroran quyidagi gaplarni yoshlik chog`idan beri eshitib kelsalar: “Sen juda yomon bolasan!”, “Sen yovvoyisan!”, “Sendan ikki dunyoda ham odam chiqmaydi!”,“Meni aqildan ozdirayapsan!”, “Nega ham o`zi sen tug`ilding‑a!”
Sizning fikringizcha ularning o`ziga-o`zi beradigan bahosi qanday bo`ladi? Mazkur so`zlarni eshitib kelgan bolalar bunga ishonch hosil qilib kelishadi. Ular o`zlarini ayni shunday baholaydilar, va shunga loyiq haddi‑harakatda bo`ladilar. Bu o`zidan-o`zi amalga oshadigan bashoratga aylanib qoladi – ular har doim eshitib kelgan haqoratlaridek o`zlari ham xuddi shunday bo`lib qoladilar. Ular yomonliklari haqida EShITIB kelsalar, ular “yomon ekanman” degan fikrga IShONA boshlaydilar va yomon bolalardek o`zlarini tutadi. Ular o`sib-ulg`ayish davrida nimaniki eshitsalar, o`shanga loyiq fe`l orttiradilar. So`zlar farzandga xuddi la`natlardek tarmashib oladi.
O`ziga yuqori baho beradigan bolaning ota-onasi u bilan qay tarzda gaplashar ekan, nima deyar ekan, siz nima deb o`ylaysiz? Bunday bolalarning ota-onasi doim o`z farzandlarini rag`batlantiradi, hech qanday shartsiz ularni sevadilar va har qanday vaziyatda (o`zlarini qanday tutishlaridan qat`iy nazar – yaxshimi, yomonmi – ulardan voz kechmaydilar) tan oladilar.
Bolalari biron ishni noto`g`ri qilsalar, ota-onasi ularga “Sen yomon bolasan, kanday qilib sen bu ishni qilding?” demasdan, “O`g`lim, hozirgi qilgan ishing hech bir me`yorga to`g`ri kelmaydi” ‑ deydilar. “Albatta, sen yomon bola emassan, lekin bunday haddi‑harakating – yaxshi emas”, deydilar. “Keyingi martta yaxshiroq bo`lishinga ishonaman”. O`shanda bolalar yomon AHLOQNI tushunchasini YoMON inson bo`lishdan farqlaydilar. Ushbu yondoshish bolaga umid bag`ishlaydi, uni inson sifatida pastga urish xoliga monelik qiladi. Ular, faqatgina xulq-atvorini yaxshilash kerakligini anglab etadilar, ularning insoniy tabiyatini, ichki dunyosini o`zgartirishni hojati yo`qligini fahmlaydilar. Bolalarga rag`bat KERAK, ko`p sonli, takroran qo`llab quvvatlash so`zlari juda muhim.
Bolaga ko’pincha “sen yomonsan” deyilsa, kelajakda albatta yomon bo’ladide… bolani tarbiyasida ko’pro ota onani e’tibori zarur
Улар ёмонликлари ҳақида ЭШИТИБ келсалар, улар “ёмон эканман” деган фикрга ИШОНА бошлайдилар ва кейинчалик уларни хатти харакатларида мана шу ёмонликлар купая бошлайди, болани ота онаси ёшлигидан яхшиликка ургатиб устириши шарт
Bola tarbiyasida ota-onaning o`rni katta albatta lekin shuni ham unutmaslik kerakki bolaning do`stlari ham uning qanday inson bo`lib yetishishida katta ahamiyat kasb etadi. Bola ko`pincha do`stlari nima qilayotgan bo`lsa u ham shuni qilib ko`rishga intiladi.
Juda to’g’ri yozilgan