Onalar va shu jumladan yosh onalar farzandlarining ust-boshlarini tez-tez yuvib, ularni cho’miltiradi. Tabiiyki cho’miltirgandan keyin, ularning tirnoqlarini olib, quloqchalarini tozalab qo’yishadi. Biroq onalar quloq tozalashda juda ehtiyot bo’lishlari kerak ekan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, quloqni bir martalik uch qismiga paxta o’ralgan maxsus gigienik quloq tozalagich cho’plarda tozalash lozim. Kichik yoshdagi farzandning quloqlarini tozalash vaqtida ortiqcha harakat qilmaslik, ohistalik bilan ish ko’rish kerak. Ko’pincha kattalar bolaning qulog’ini tozalayman deb, quloq ichida yig’ilgan kirni yana ham ichkariga kiritib yuborishadi. Natijada quloq chirki quloq ichidagi nog’ora pardaga tegadi va bolaning qulog’i og’rishni boshlaydi.
Onalar bolalarinign quloqlarini juda ehtiyot bo’lib tozalashlari uchun, avvalo quloqning anatomik tuzilishidan xabardor bo’lishi kerak. Eshitish a’zosi uch qismdan, ya’ni tashqi, o’rta va ichki quloqdan iborat. Tashqi quloq – quloq suprasi va tashqi eshitish yo’lidan tashkil topgan. Eshituv yo’li «S»simon kanaldan iborat bo’lib, kirish qismi sertuk va teri osti yog’ bezlari oltingugurtga boy maxsus modda (quloq chirki)ni ishlab chiqaradi. Ushbu chirkning ishlab chiqarilishi normal holat sanaladi. Bu o’z navbatida quloq terisida kasalliklaridan, mayda hashoratlarning quloq ichiga kirishidan himoya qiluvchi omil sanaladi. Lekin ba’zi insonlarda quloq chirkining ishlab chiqarilishi individual bo’lib, hayotida bir necha marotaba lor shifokorga murojaat etishga majbur bo’lishadi.
Ba’zilarda quloq chirki haddan tashqari ko’payib ketib, eshituv kanalini berkitib, quloq pardasigacha borishi mumkin. Bundan tashqari qulog’i chirkka to’lgan kishida quloq og’rig’i, shovqin va eshitish qobiliyatining pasayishi kabilar kuzatiladi. Ba’zi onalar farzandlarining quloqlari og’rishidan yoki qulog’idan yiring oqishidan shikoyat qilishadi. Quloq og’rishi va yiring oqishi o’rta quloq bo’shlig’i va so’rg’ichsimon o’simta katakchalarining yallig’lanishi hamda quloq pardasi emirilishi bilan kechadigan yiringli jarayon natijasidir. Kasallikning kelib chiqishiga mahalliy va umumiy omillar sabab bo’lishi mumkin. Bular: Kasallikning o’tkir davrida davolanmaslik; burun bo’shlig’i kasalliklari; immun tizimining pasayishi; allergiya; gigienaga rioya qilmaslik.
Kasallikni davolash uchun albatta onalar farzandlarini malakali shifokorga murojaat qilishlari lozim. O’z bilganingizcha ish tutmang. Shifokor quloqdan yiring oqishi sabablarini tashxislar yordamida aniqlab, kerakli dori vositalarini buyuradi. Quloq og’rig’iga be’tibor bo’lmaslik kerak. Bu og’riqlar sababi bir nechta bo’lishi mumkin. Agar farzandingiz qulog’idan yiring oqishiga e’tiborsiz bo’lsangiz, quloq pardasi va suyaklari emirilishi oqibatida eshitish qobiliyati pasayishiga sababchi bo’lib qolasiz. Bu esa payti kelib – meningit, va sepsis holatlariga ham olib keladi. Quloq tozalash qoidalarini o’zingiz yaxshi bilgan holda, buni kattaroq farzandlaringizga ham tushuntiring. Ular ham quloqning holatidan yaxshi xabardor bo’lgani maqsadga muvofiqdir.
Chaqaloqning quloqlari necchi oylikda qotadi oglimmiki walpanquloq bop qopti hozir 3 oylik togitlawga kecmasmi
Salom Solixa, mening fikrimcha, hali ham kech emas, shifokorlarga oborib, ko’rsatib ko’ring, ular nima deysharkan
Salom mani qulog‘im yaxshi eshitmayobdi nima qilsam bo‘ladi.shovqin bor qulog‘imga
Duxturlarga ko‘rsatdim shamollagan dedi va dorilar yozib berishdi men hammasini oldim tuzalmadi qulog‘im.Aparatdanam o‘tdim hammasini yaxshi chiqordi qulog‘imni eshitish pardasini butun deyishdi.Qancha licheni oldim ochilmayobdi qulog‘im nima maslahat berasizlar nima qilsam bo‘ladi
Salom oglim 11 oyli oglimnig qulogida kir yigilib qogan qulogini ichda kottagina sariq ranga kir bor korinb turadi qulogini lorga yuvdirsam boladmi
Qizim 3 yosh qulog’idan suyuqlik qon aralash kelyapi og’riyapti deb yig’laydi davolatdik ozgina vaaqtdan keyin yana boshlandi . Hozir og’zidanam qulog’idanam bir hil yomon hid kelyapti nima qilsam bo’ladi? Bu o’zi qanaqa kasllik xavfli emasmi? Javob uchun oldindan raxmat.
Mani farzandim 1yarim oylik kechqurun bezovta uhladi lkn yeg’lawlari yo’q. Ertasiga tekwirsam quloq suprasida suyuqlik qotganini ko’rdim. Quloq ichini tekwirsam oq bb namlanganini ko’rdim wu kundan borat kislotasi spirtli eritmasiga paxta tekkizib 3mahal qo’ydim holati yahwi quloq ichini oq rangli kirchalar turibdi. Hozir Lorga ovoriwga vaqt yo nima deysizlar.
Salom Madina, Lorga albatta vaqt topib oborib ko’ring, balki u bu yengil dori yozib beradi va bolangizning qulog’i tezda tuzaladi
Rahmat.
mani chaqalogim endi 23 kunlik bugun yuvintirayotganimda qulogidan sariq suyuqroq narsa keldi bu xavflimasmi?
Salom Elmira, xavflimas bo’lishi ham mumkin, lekin LORga ko’rsatsangiz yaxshi bo’ladi
Chaqaloqda quloq og’riganini qanday bilish mumkin?
Salom MARYAMJON GULMETOVA! Bola ko’proq yig’laydi, qulog’i qizarishi mumkin
Salom qizim 3 yarim yosh qulogi kup kirlashib qoladi fonar bn qarasam ichi tula musr buladi qandey tozalasa buladi borniy kislota tomizsam buladimi
Salom qizalog’im 4 oylik qulogidan suyuqlik chiqib qolyapti oqyaptimi desam xidi yoq bu fiziologik xolat deyishyapti nima qilishim kere oldin Dan raxmat
Salom yaxshimisila savolim bor edi qizim 2 oyli bitta qulog’i kochib qoldi walpanqulo bopqoldi bu tog’irlanadimi
Salom Mohira! To’g’risini to’liq bilmaymiz. shifokorga oborib ko’ring
Salom qizim bir oylik qulog’i og’riyapti o’tgan kuni cho’miltirgandik shunda suv kirgan shekilli nima qilsam bo’ladi?
Salom Maftunaxon! Tezda shifokorga ko’rsating. Buni uzoqqa cho’zmang.