“Har kim boy bo‘lishi mumkin”: Hind milliarderining hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan 5 ta siri

“Har kim boy bo‘lishi mumkin”: Hind milliarderining hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan 5 ta siri

Kambag‘al immigrant oilasida tug‘ilgan Naval Ravikant — Uber, Twitter investori va “investitsiya tinderi”ning yaratuvchisi 15 yoshida hind taomlarini yetkazib beruvchi noqonuniy ovqatlanish xizmatida ishlay boshlaydi.

Bugun u milliarder va Silikon vodiysidagi eng mashhur odamlardan biri. “Ayni shu joyda va hozir yasha” filmida Naval Ravikant har qanday odam boylikka erishishi mumkinligini isbotlovchi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. Keling, ulardan ba’zilari haqida gaplashamiz.

Pul topish bu — mahorat. Buni o‘rganish mumkin

“Agar barcha pullarimni yo‘qotib qo‘ysam-u, siz meni ingliz tilida so‘zlashadigan istalgan mamlakatdagi tasodifiy ko‘chaga tashlab qo‘ysangiz, 5-10 yildan keyin yana boyib ketaman. Chunki bu men o‘zlashtirgan ko‘nikmalar to‘plami. Bu har kim o‘rganishi mumkin bo‘lgan narsa”, — deydi Naval Ravikant.

Milliarder har kim boy bo‘lishni o‘rganishi mumkinligiga ishonchi komil. Buning uchun qattiq ishlash shart emas. Boy bo‘lish uchun nima qilish kerakligini tushunish muhim. Boshqalar kabi emas, balki tizimga qarshi suzishni o‘rganing va har bir qadamingizni tahlil qiling.

Pulni emas, boylikni izlang

Pul va boylik o‘rtasidagi farq nima? Boylik uxlayotganingizda yoki dam olganingizda ham pul ishlashingizga yordam beradi. Bular siz uchun ishlaydigan aktivlar. Pulni emas, boylikni qidiring.

Ishchi bo‘lib boyib bo‘lmaydi. Chunki siz o‘zingizni va vaqtingizni ijaraga olyapsiz. Moliyaviy erkinlikni passiv daromad bilan birga olish mumkin. Haqiqiy boy shifokor xususiy klinika ochadi, sartarosh esa o‘zining go‘zallik salonini ochadi. O‘zingiz uchun kapital toping — biznesning bir qismi va ishchi bo‘lib pul topishni to‘xtating.

Jamiyatga ular xohlaydigan narsani bering

Stiv Jobs birinchi bo‘lib odamlarga smartfonlar — telefonlar emas, balki chiroyli va ishlatish uchun qulay bo‘lgan kichik cho‘ntak kompyuterlari kerakligini tushundi.

Jamiyatga nima kerakligini taxmin qilsangiz, siz ham boyib ketishingiz mumkin. Va o‘zingizning muvaffaqiyatli g‘oyangizni yoki mahsulotingizni kengaytira olasiz. Odamlarga nima berishingiz mumkinligini o‘ylab ko‘ring va bunga e’tiboringizni qarating.

O‘zingizga yoqadigan va erishish mumkin bo‘lgan ishni qiling

Bolalik va o‘smirlik chog‘ingizda hech qanday qiyinchiliksiz va katta zavq bilan nima qilganingizni eslang. Siz buni mahorat deb hisoblamasligingiz ham mumkin. Ammo atrofdagilar qobiliyatingizni payqashadi. Bu har qanday narsa bo‘lishi mumkin. Misol uchun, gitara chalishni osonlik bilan o‘rgangansiz. Kimdir epchillik bilan stol o‘yinlarida hammani mag‘lub etadi. Kimdir ilmiy fantastikani yaxshi ko‘rardi va o‘zining kitobini yozdi. Kimdir jurnalist bo‘lishni orzu qiladi.

Ota-onangiz yoki bolalikdagi eng yaqin do‘stingiz bilan gaplashib, qaysi ko‘nikmalarni osongina o‘zlashtirishingiz, o‘zingizning noyob va yaxshi haq to‘lanadigan bilimingizga aylanishingiz mumkinligini aniqlang.

O‘rganishdan to‘xtamang

Ilgari bir necha yil davomida universitetda ma’ruzalarga borish shart edi. Ammo hozir dunyo juda tez o‘zgarmoqda. O‘qishni bitirguningizcha bilimlar eskiradi. Boy bo‘lishga yordam beradigan eng muhim mahorat bu — doimiy o‘qishga tayyorlik.

Sotishni o‘rganing. Yaratishni o‘rganing. O‘rganishni o‘rganing. Hech qachon rivojlanishdan to‘xtamang. Qilayotgan ishingizda dunyodagi eng yaxshisi bo‘ling. Mikroiqtisodiyot, o‘yin nazariyasi, psixologiya, ishontirish, etika, matematika va kompyuterni o‘rganing.

Bir necha oy ichida yangi kasbni o‘rganing. Bir necha yil ichida u eskiradi. Ammo bu yillarni unumli o‘tkazsangiz, boyib ketishingiz mumkin.

Kommentlar: 28 komment. 28 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хамма бой буса, ким ишлиди?

  2. Otabek

    Shuning uchun ham boylarning soni kam…

  3. Shukur

    Xudo barchamizga sogliq bersim, boylik topiladi, sogliqni saqlash qiyin

  4. Aziza

    O’zimga qanday ish yoqishini bilmasamchi?

  5. Sumayya

    Hayotga tatbiq qilish kere holos
    Insonda hohsh bo’sa hamma narsani iloji topiladi

  6. Aziza

    Qanday hohish turisida etvos, Sumayya? smile

  7. Тимур

    Сумайя яхши нарса эттила, хохиши буган инсон, куп нарсалага эришолиди

  8. Shoxrux

    Boy inson, konglida toza bolsa, hammasi hayotida yaxshi boladi

  9. Shodiyaxon

    Yaxshi maqola ekan

  10. Sumayya

    Har qanaqa ishdagi hohish ishtiyoq haqida.Agar ishtiyoq qiziqish hohish istak harakat bo’sa insonda,maqsadiga 90%erishadi mani fikrmcha

  11. Sumayya

    Maqola uchun rahmat.Yaxshi mativatsiya oldm

  12. Aziza

    Javobiz u4un rahmat, odam uzi hayotdan nima xohlawini bilmasa4i?

  13. Umar

    Top

  14. Рустам

    Яхши мотивация

  15. Shomuil

    Manga yoqdi

  16. Gulli

    Assalom alaykum hammaga qalaysizlar maqola juda bomba chiqibdi mativatsiyaga boy manga yoqdi rahmat omad tilayman fazotv maqola zor chiqibdi rahmat maqola uchun ❤️❤️❤️❤️

  17. Kozimbek

    Zoooor good

  18. Madinabonu

    Rahmat

  19. Rasl

    Klass cool

  20. Ulug'bek Qodirov

    Boy bo’lishni menga ham o’rgating

  21. Тимур

    Кимдан суравос? Админладанми еки хиндистонликданми?)))

  22. Jasur

    good good

  23. Dildora

    Bolamni shu qoidalar bilan katta qilaman

  24. Odil

    good

  25. Alisher

    Ajoyib chiqibti

  26. Ilon

    Qoyilman

  27. AAA

    good good good

  28. Gulli

    ❤❤️❤❤️❤

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social