7 yil uysiz yashagan yigit qarovsiz itlarga g‘amxo‘rligi ortidan qo‘nim va internetda mashhurlikka erishdi

7 yil uysiz yashagan yigit qarovsiz itlarga g‘amxo‘rligi ortidan qo‘nim va internetda mashhurlikka erishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Choko nikneymi bilan mashhur bo‘lgan kolumbiyalik Xose Luis Matos yetti yil avval Choko laqabli iti bilan ko‘chada yashardi. U og‘ir turmush sharoiti tufayli uyini tark etdi, biroq hech kim yordam bermagani va qo‘llab-quvvatlamagani tufayli qiyin sharoitga tushib qoldi.

Choko ikkita iti: Sheggi va Nena bilan juda yaqin bo‘lib qolgan. Bunga esa bir voqea sabab bo‘lgan.

Bir kuni parkda yigit va uning sevimli itlarini yo‘lovchilardan biri payqab qoldi. Yo‘lovchi ta’sirchan va nihoyatda ajoyib manzaraning guvohi bo‘lib, uni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Kadrlarda Choko, Sheggi va Nenaning kechki payt quyosh nurlari ostida zinapoyada o‘tirganini ko‘rish mumkin. Itlarning boshiga bayram qalpoqlari kiydirilgan edi. Videoda itlarning egasi tortni qutidan oladi, sham qo‘yadi, qarsak chalib, “Tug‘ilgan kuningiz bilan” deb kuylaydi.

Yigit itlarni o‘padi va quchoqlaydi. Choko tort bo‘laklarini bo‘lib, ularni likopchalarga joylashtiradi va itlariga beradi. Videoning oxirida yigit ko‘zlarini ishqalaydi va go‘yoki bu voqealar unga qattiq ta’sir qilganga o‘xshaydi.

Operator videoni suratga olgach, Choko bilan tanishishga qaror qilgan. Shundan keyin u Chokoning sharoti og‘ir ekanini, qiyinchiliklarga qaramay u har doim Sheggi va Nenaning kamchiliksiz hayot kechirishini ta’minlashga harakat qilayotganini bilib oldi. Bu o‘z navbatida ular uchun ko‘rsatilgan yordam edi.

Shu kuni ular to‘rtinchi marta Sheggi laqabli itning tug‘ilgan kunini nishonlashdi.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Choko va itlarining hayoti tubdan o‘zgardi. Ular yashayotgan istirohat bog‘i o‘nlab mehribon insonlarning sevimli joyiga aylandi.

Bog‘ga tashrif buyurgan insonlar Choko va uning itlari uchun zarur narsalar, jihozlar, pullarni xayriya qildi. Kimdir yigitga telefon sovg‘a qildi va bu sovg‘a ularning hayotidagi yana bir muhim voqea bo‘ldi.

Choko ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarini ishga tushirdi. Uning hayotiy hikoyasi minglab insonlarning qalbiga ta’sir qildi va ular uning akkauntiga obuna bo‘lib, voqealarning keyingi tafsilotini kuzata boshladi.

Bugungi kunda ularning hayoti yaxshilanganini ko‘rish mumkin. Hozirda Choko va uning itlari ko‘chada yashamaydi. Bundan tashqari, Choko qiyin vaziyatga tushib qolgan boshqa hayvonlarga yordam berish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u insonlar uchun maxsus futbolkalar va itlar uchun yoqachalar sotadi. Choko o‘z daromadining bir qismini xayriya tashkilotlariga o‘tkazadi.

Bir kuni Choko sahifasiga juda ta’sirli va katta ma’noga ega suratni joyladi. U 2015-yilda itlari bilan ko‘chada tunagani, 2022-yilda esa shinam to‘shakda uxlagani aks etgan suratni folloverlariga ko‘rsatgan. Shuningdek, Choko ikkinchi imkoniyat berilganidan cheksiz minnatdor ekanligi haqida post yozib qoldirgan.

Hozirda bu oila uchun bayramlar ancha yoqimli muhitda o‘tadi. Choko hali ham itlariga g‘amxo‘rlik qiladi va ularga dalda beradi.

Kommentlar: 22 komment. 22 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Mashaalloh shunday mehribon insonlar koʻpaysin inshalloh itlar insonning eng yaxshi doʻsti ekanligini shu yerda ham bilish mumkin Fazotv rahmat juda ajoyib maqola menga yoqdi sizlarga omad

  2. Fazo.tv

    Salom Gulli, kommentingiz uchun katta rahmat. Biz bilan qoling smile

  3. Aziza

    Wunaqa hikoyalani uqisam, yiglagilarim keb ketadi cry

  4. Тимур

    Яхши инсонлар купайсин бу дунёда

  5. Otabek

    Juda yaxshi

  6. Robiyaxon

    Qoyilman bunday ishlaga

  7. Samiraxon

    Zorku

  8. Ollohga oshiq qiz

    Hammaga salom.Ha rostdan ham ajoyib. Yaxshi inson ekan. Menga itlarni ismlari yoqdi. Sheggi bilan Nena juda chiroyli ism ekan.

  9. Aziza

    Juda wirintoy itla heart

  10. Jalilaxon

    Yaxshilik qilishni unutmela odamla

  11. Odil

    Yaxshi inson bolaylik

  12. Muhammad

    Xudoim O’zin bizni asra

  13. Malika

    Shunday insonlar kopaysin

  14. Ozoda

    cry

  15. O'ktam

    Malades!

  16. Farangiz

    Yashasin!

  17. Elbek

    Yaxshi inson

  18. Sarvarbek

    good good

  19. Amal

    cry

  20. Gulli

    ❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤

  21. Javlon

    good

  22. Gulli

    Men juda kuchukchalar va itlarni yaxshi koʻraman ular insoni yaqin doʻsti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social