Bu hayotda qo’lga kiritilgan boylik bu dunyoda qolayotganini hamma ko’rsin.

Bu hayotda qo’lga kiritilgan boylik bu dunyoda qolayotganini hamma ko’rsin.

Hayot yoqtirmagan ishlarga bag’ishlashga, o’limdan keyin sizga kerak bo’lmagan pulni ortidan quvishga juda qisqadir. Hayotda undan ham muhimroq narsalar bor va shu narsalarga ko’proq e’tibor berish lozim. Axir biz ertaga uy’gonamizmi yoki yo’q, buni hech kim bilmaydi.

O’lim oldida kambag’al ham, boy ham tengdir. Sog’lik va abadiylikni har qanday pulga sotib olib bo’lmaydi. Sultonning o’limidan oldingi quyidagi uchta istaklari, hayotga yangicha qarashga o’rgatadi.

Qudratli Sulaymon sultonning o’limi yaqinlashganda, u o’z qo’shinining qo’mondonini chaqiradi va o’limidan so’ng uning 3 ta irodasini bajarishni buyuradi:

  • Uning tobutini Usmon imperiyasining o’sha davrdagi eng yaxshi shifokorlari tomonidan olib yurishini vasiyat qildi.
  • Uning ikkinchi istagi uning tobutini olib yurilganda, butun yo’l mobaynida oltin tangalar va qimmatbaho toshlar yerga tashlanishi edi.
  • Hamda, Sultonning qo’llari tobutdan chiqarilishi va har kimga ko’rinarli bo’lishini xohladi.

Bosh qo’mondon eshitgan narsalaridan tushkunlikka tushdi. Sultondan bunday istaklarning sababi haqida so’radi, Sulaymon sulton shunday deb javob berdi:

“Eng yaxshi shifokorlar mening tobutimni ko’tarib chiqsinlar va barcha yaxshi shifokorlar o’lim oldida kuchsiz ekanligini ko’rsatsin.

Men qo’lga kiritgan oltinni tarqating. Bu hayotda qo’lga kiritilgan boylik bu dunyoda qolayotganini hamma ko’rsin.

Har bir inson mening qo’limni ko’rsin va oddiy haqiqatni ya’ni hatto dunyo podshoxi sulton Sulaymon ham bu hayotdan quruq ketayotganini bilishsin”.

Hamma narsa o’tib ketadi. Shuning uchun nafaqat yer yuzida xazinalarni yig’ish kerak, balki na kuya, na zang bosmaydigan va na o’g’rilar o’g’irlamaydigan joyda ham yig’ish zarur. Siz kim bo’lishingizdan qa’tiy nazar, avvalo, inson bo’lishingiz kerak.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Muhabbat nma

    Chotki istoriyacha

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social