Bunga vaqt kerak

Bunga vaqt kerak

Biror bir meva shaklga kirib, pishib etilishiga vaqt kerak bo`lganiday, bizning komillikka va mukamallikka etishishimiz uchun ham ancha vaqt kerak bo`ladi. Mukammallikka etishish yo`lida hech qanday qisqa yo`llar bo`lmaydi. Komil inson sifatlari shakllanishi uchun vaqt kerak.

Bugungi kunda dehqonlar va tadbirkorlar biror bir meva yoki sabzavotdan tezroq foyda qilish uchun, ularni vaqtidan oldin uzib olib, kerakli joyga yuborishadi. Etib borguncha, uzilgan meva yoki sabzavot issiq konteynerlarda o`z rangiga kirib qoladi. Ë bo`lmasa, pishib etilmasidan oldin, qandaydir bir gaz purkashadi. Bu gaz hosilning tezroq o`z rangiga kirishiga sabab bo`ladi.

Bunday hosilni eyish mumkin, biroq u o`z vaqtida pishib etilgan hosilday, mazali va shirin bo`lmaydi. Shu kabi biz ham tezroq o`sish haqida bosh qotiramiz. Yoshlarning ko`p qismi o`z oldilariga qo`ygan maqsad va vazifalarni, yoki bo`lmasam yuqorida aytib o`tgan komil inson bo`lib etishish yo`lida juda shoshilishadi. Albatta ularning intilishi juda ham to`g`ri, lekin bu yoshlarning aksariyati o`z maqsad va vazifalari uchun vaqt va mehnat talab etilishini eslaridan chiqarishadi. Va aytish mumkinki birinchi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ko`pchiligi darxol tushkinlikka tushishadi. Inson tabiati shunaqa – biz hamma narsaning tezroq bo`lishini istaymiz.

Nega o`sish shuncha uzoq vaqtni talab qiladi? Bunga sabablar bor:
Birinchidan bizlar juda sekin o`rganamiz. Ko`pincha bir narsani qayta-qayta o`rganishimizga to`g`ri keladi. Bir xil muammolar takror va takror kelganida: «Yanami, bu darsni o`rganib bo`ldim-ku», deymiz.

Bizda o`zgarishimiz kerak bo`lgan narsalar ko`p. Bularni o`zgartirish uchun esa yillar kerak bo`ladi. Biz o`zimiz haqimizdagi narsalarni tan olishdan qo`rqamiz. Kimdir bizning haqiqiy o`zligimizni bilib qolishidan qo`rqamiz. Shuning uchun ham ichki kamchiliklarimizni ichimizga ko`mib, o`zimizni aldaymiz.

O`sish ko`pincha og`riqli va qo`rqinchli. O`zgarmasdan o`sishning iloji yo`q. O`sish o`zgartirish talab etadi. yo`qotishlar esa og`riqsiz bo`lmaydi. Har bir o`zgarish qandaydir yo`qotish hisobiga bo`ladi. Biz mana shunday yo`qotishlardan qo`rqamiz. Bizga avvalgi yashab o`rgangan holatimiz ko`proq yoqadi. Keyin esa odatlarni shakllantirishga ham vaqt kerak. Sizdagi xarakter odatlaringizning jamlanmasidir. Agar sizda mehribonlik odati bo`lmasa o`zingizni mehribonman deb aytolmaysiz.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. xa haqiqatdan ham, o’sish va o’zgarish bazida qiyin narsa. Bunga ko’pchilikni sabri yetmaydi. Masalan menda ham har doim, o’zimga o’zim aytaman, men eng zo’r o’rganuvchi bo’lishim shart. Lekin shuni bir boshlasam, keyin davom ettirolmayman. Bunga albatta vaqt va sabr kerak. Manga shu maqola juda yoqdi.

  2. Исмингиз

    bu narsa bizzi qonimizda bor

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social