CRAB BUCKET CHALLENGE

CRAB BUCKET CHALLENGE

Men bir qiziq narsani o`qib qoldim. Hayvonlar olamida bizning jamiyatga o`xshagan ko`rinish bor ekan. Bu chelakdagi qisqichbaqa effekti nomiga ega “CRAB BUCKET” hisoblanadi.

Buning ma`nosi shunday: “tasavvur qiling bir chelak qisqichbaqalar bilan to`la, har birining shu chelakdan chiqib ketish uchun imkoniyati bor. Ammo kimdir chiqishni boshlasa, qolganlar esa uni ushlab qolib va orqaga tortishadi”.

“CRAB BUCKET” – bu qachonki sen fast-fudlarni emaslikga yoki chekishni tashlamoqchi bo`lganinda, sening do`stlaring “nima keragi bor senga, sen baribir qilolmaysan” deb aytishi va senga gamburger yoki sigaretni uzatishidir.

“CRAB BUCKET” – bu qachonki yaxshi joyda o`qishga yoki biror bir yangi  ish boshlashga qaror qilganinda, senga hayot haqiqatlari bilan bosim o`tkazishadi. Kimdir senga “baribir sen qilolmaysan” deb aytadir.  Ha, bu ham CRAB BUCKET.

Doim kimdir yoki nimadir seni orqaga tortadigan narsa topiladi. Shunda, ba`zida tavakkal qilishinga to`g`ri keladi va shu bilan birga ehtiyotkor ham bo`lish kerak. Xayotda doim yangi imkoniyatlar va g`oyalar bo`ladi. Imkoniyatlarni ushlab ol, ko`p gap sotmasdan maqsadga intil!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Adrenalinka

    da nu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social