Dam olish kunlarida omadsizlar qanday xato qiladi?

Dam olish kunlarida omadsizlar qanday xato qiladi?

Hammamiz hafta oxirini orziqib kutamiz. Ammo biz dam olish kunini qanday o’tkazayotganimizdan, biz qanchalik muvaffaqiyatli ekanini bilib olishimiz mumkin.

  1. Ular rejalar tuzishmaydi

Dam olish kunlarini daqiqagacha rejalashtirishning hojati yo’q, lekin nima qilishni xohlayotganingizni tasavvur qilish yaxshi bo’lar edi. Shunday qilib, vaqtingizni tejaysiz va qiziqarli ishlarni qilishni unutmaysiz.

  1. Ular o’z yaqinlariga vaqt topa olmaydilar

Hafta davomida do’stlar va oila uchun vaqt topish oson emas. Buning uchun dam olish kunlarida buni to’ldirishga harakat qiling.

  1. Ular texnologiyadan dam olishmaydi

Telefonni chetga qo’ying, ishxona pochtasidan chiqing. Va hamkasblaringizga oldindan dam olish kunlarda javob bermasligingizni tushuntirib bering.

  1. Dam olish kunlaridan zavqlanmaydilar

Nima rejalashtirganingizdan qat’iy nazar, masalan, uyda yolg’iz dam olishmi yoki do’stlaringiz bilan uchrashish bo’ladimi, dam olish kunlarda sizni zavqlantiradigan narsalar bilan shug’ullaning.

003

  1. Ular doimo uxlaydi

Ehtimol, juma kuni juda ko’p ichgan edingiz va endi o’zingizga kelmoqchisiz. Yoki bir hafta ichida charchagansiz. Har holda, agar siz butun dam olish kunlarni uyquda o’tkazsangiz, siz uyqu rejimini buzasiz va kelgusi haftada o’zingizni yomon his qilasiz.

  1. Ular juda ko’p pul sarflashadi

Albatta, ba’zida inson o’zini hursand qilishi kerak. Agarda siz hafta davomida o’zingizga cheklov qo’yib, dam olish kunlarida arzimagan narsalarga pul sarflasangiz, siz pulni tejamaysiz, va quvonch ololmaysiz. Arzonroq dam olish usullarini qidiring, masalan, uyda biror narsa qiling yoki bepul tadbirga boring.

  1. Ular fikr yuritishmaydi

Hafta ichida hayot va maqsadlar haqida o’ylash uchun vaqt yo’q. Dam olish kunlarida bu uchun vaqt topishga harakat qiling.

  1. Ular doimo ish haqida o’ylashadi

Keyingi dushanba kun uchun juma kuni kechqurun ish rejasini tayyorlang, shanba va yakshanba esa ish haqida o’ylamang.

  1. Ular dangasalik qilishadi va pushaymon bo’lishadi

Kuchli ish haftasidan so’ng faqatgina dam olishni va dangasalik qilishni istaysiz. Biroq, agar dangasalik sizni zeriktirsa yoki g’azablantirsa yoki siz uchun muhim bo’lgan narsalarni o’tkazib yuborsangiz, dam olish kunlariga bo’lgan munosabatingizni ko’rib chiqing.

002

  1. Ular dam olishmaydi

Oshirib yubormang. Dam olish kunlarida dam olmasangiz, ish haftasini kuchsiz boshlaysiz va kerakli natijalarga erisha olmaysiz.

  1. Ular kelgusi haftaga tayyorgarlik ko’rmaydilar

Yakshanba kuni kechqurun, kelgusi hafta haqida o’ylashingiz mumkin: ishlarning ro’yxatini tuzing, taqvimingizni ko’rib chiqing, kelgusi kunlarda nima qilishni xohlayotganingizni hal qiling. Bu muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social