Diqqatni jamlashga yordam beruvchi uchta oddiy usul

Diqqatni jamlashga yordam beruvchi uchta oddiy usul

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yil oʻtgan sayin diqqat-eʼtiborimiz pasayib boradi. Bu ham kasbiy, ham shaxsiy hayotga taʼsir qiladi. Yaxshiki, muammoni vaqtida aniqlash va uni bir necha oddiy qadamlar bilan hal qilishning imkoni bor.

Diqqatni jamlash bilan bogʻliq muammolarni qanday aniqlash mumkin?

Konsentratsiya darajasini aniqlash qiyin emas. Mavzuga oid testlarning bir nechtasini zudlik bilan ingliz yoki rus tillarida internetdan topa olasiz. Shuningdek, Shulte jadvallaridan ham foydalanishingiz mumkin. Bu kabi jadvallar, odatda, tez oʻqish koʻnikmalarini rivojlantirish, hisoblash va xotirani yaxshilash uchun ishlatiladi, ammo ular diqqatni jamlashda ham yaxshi samara beradi.

Quyidagi alomatlar diqqatni jamlay olmaslik bilan bogʻliq muammolarni koʻrsatishi mumkin:

  • nimalarnidir tez unutasiz;
  • biron vazifani bajarishda eʼtiboringizni uzoq vaqt davomida shu ishga qaratib turolmaysiz;
  • goh gohida “miyam qabul qilmay qoldi” singari hissiyotni boshdan kechirasiz;
  • suhbatdoshingizning nutqini tinglaganingizda koʻp chalgʻiysiz.

Diqqatni jamlashni yaxshilashning yoʻllari bormi?

Afsuski, buning tezkor yoʻli yoʻq. Ammo muntazam amaliyotlar yordam beradigan bir nechta texnikalar mavjud.

Zehni rivojlantirish mashqlarini bajaring

Agar ilgari buni bajarib koʻrmagan boʻlsangiz, “5-4-3-2-1” mashqlari kabi asosiy mashqlardan boshlang. Raqamlar quyidagilarni anglatadi:

5 – Yoningizda koʻrgan beshta narsaga diqqat qiling;

4 – Ushlab koʻrishingiz mumkin boʻlgan toʻrtta narsani tanlang;

3 – Siz eshitgan uchta tovushga eʼtibor qarating;

2 – Atrofingizda ikkita hidni his qiling;

1 – Tatib koʻrishingiz mumkin boʻlgan bitta narsani toping.

Atrofingizdagi vaziyatni tez-tez idrok qilishga odatlaning, ish yoki uyingizdagi muhitni oʻrganishga vaqt toping. Shu kabi kichik mashgʻulotlar diqqatingizni oshirishga xizmat qiladi.

Faol tinglovchi boʻling

Bu suhbatdoshingizning gaplarini eshitish uchun ongli ravishda harakat qilishdan koʻproq narsani anglatadi. Chunki qabul qilingan maʼlumotni “fikran qayta ishlash” uchun vaqt va aqliy kuch sarflash muhimdir. Ushbu yondashuv ham diqqatni kuchaytirishga yordam beradi.

Tanaffus qiling

Bu gʻalati eshitilishi tabiiy, ammo aqliy tanaffuslar diqqatni jamlashni yaxshilaydi. Ishga doir vazifalardan tanaffus qiling, ofisdan chiqing, ishxonangiz atrofida biroz sayr qiling, oʻzingiz uchun kofe damlang yoki 5-10 daqiqa toza havodan nafas oling. Ish stolingizga qaytganingizda, diqqatingizni vazifalarga qaratish osonroq boʻladi va unumdorligingiz sezilarli darajada ortadi.

Bundan tashqari, aqliy tanaffuslar diqqatni jamlay olmaslik holatini keltirib chiqarmaslik uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni koʻrib chiqqanda, ishlash oʻrniga Tik Tokda oʻtirganimizda refleks tarzida oʻz-oʻzidan paydo boʻladi.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Komila

    Rahmat, juda foydali buldi

  2. Тимур

    Забавно

  3. Odilbek

    Internetni u4irib quyiw kere, wunda halaqt bermidi

  4. Rustam

    Juda foydali, rahmat.

  5. Eldorio

    uffff

  6. Izzattila

    Bu maslahatila yordam beradi digan umiddaman

  7. SHukur

    Siz adminmisiz?

  8. Izzatilla

    Yogeeee, prosto yozdim

  9. Doston

    Hozirgi kunda diqqatni bitta joyga jamlash juda qiyin bupqogan

  10. Tursunoy

    Diqqatni jamlash uchun kuproq kitob uqiw kere

  11. Diyor

    Kitobni nima aloqasi bor?

  12. Nozimaxon

    Twunmadim maqolaga

  13. Malika

    Yaxwi juda maqola 4iqibti

  14. ilyos

    boredom

  15. Shaxzodaxon

    Maktabda kerak bo’ladi, rahmat fazotv

  16. Шокир

    good

  17. Zulya

    Raxmat.

  18. Jumaniyozov

    good

  19. Gulli

    Assalom alaykum xa juda ajoyib foydali maqola ekan manga yoqdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social