Do’stlikni yo’q qiladigan birgina so’z nima?

Do’stlikni yo’q qiladigan birgina so’z nima?

Biz doimo ishlatadigan bir so’z bor. Ko’rinishidan u juda xavfsiz, aslida u sekingina har qanday do’stlikni o’ldirishi mumkin. Do’stingizga yozgan oxirgi sms yoki elektron xatlaringizni ko’rib chiqing:

“Sen bilan ko’rishar edim, ammo bu kunlarda men juda bandman”; “Kechirasan vaqtliroq javob berolmadim. Band edim”; “Qanday yangiliklar hayotimda? Har doimgidek, juda band edim”.

Xa, to’g’ri o’ylayapsiz. Bu “Band” so’zidir. Bu so’z sizni sekin do’stlaringizdan uzoqlashtiradi. Aynan uni ishlatishni to’xtatish vaqti keldi. To’g’risini aytganda, ish va vazifalari juda ko’p insonlar (muvaffaqiyatli insonlar) do’stlikni ham saqlashni juda yaxshi bilishadi.

Band so’zini ishlatishdan to’xtashimiz kerak bo’lgan 3 ta asosiy sabab:

  1. Hamma ham band bo’ladi

Bugungi kunda “band” degan so’z “tirik” so’z bilan teng. Band bo’lish muhimlik va keraklikni bildiradi. Bu degani ko’p insonlar va loyihalar sizga bog’liq.  Siz 10 yil bir joyda ishlashingiz va o’z ishingizni mutaxassisi bo’lishingiz mumkin, lekin siz band bo’laverasiz. Dam olishda bo’lishingiz mumkin va shunda ham band bo’lishingiz mumkin. Ushbu so’z o’z ma’nosini yo’qotdi.

  1. “Band” so’zi boshqa ko’rinishga ega bo’ladi

“Men rostan ham bandman” – deb aytsangiz, siz haqiqiy sababini yashirayotgan bo’lasiz. Nima uchun siz ko’rishmoqchi/gaplashmoqchi/uchrashmoqchi emassiz. Agarda siz ushbu so’zni tez-tez ishlatib tursangiz, balki siz boshqalar bilan do’st bo’lishni istamayotgandirsiz?

  1. “Hozir emas”

Siz ko’pincha “bandman” deganingizda, hozirgi vaqtda boshqa narsalar muhimligini ko’rsatasiz. Bunda siz balki bola bilan o’tirgan bo’lishingiz yoki yangi loyiha ustida ishlayotgan bo’lishingiz mumkin. Balkim siz haqiqatni aytgandirsiz, lekin agarda shunday davom etsa vaqt o’tib do’stlik orasida katta masofa bo’lishi mumkin.

Unda nima qilish kerak?

  1. Samimiy bo’ling! Kamroq “band” so’zini ishlatishga harakat qiling. Uni boshqa so’zlar bilan ifodalab bering ya’ni nima uchun bandligingizni tushuntirishga harakat qiling.
  2. O’z taklifingizni bering! Agarga sizni ovqatlanishga taklif qilgan bo’lsalar va sizda rostan ham vaqt bo’lmasa, o’zingiz boshqa vaqtni yoki joyni taklif qiling.
  3. Jasur bo’ling! Endi esa “band” so’zining yomon tarafiga qarasak. Agarda siz bu so’zni do’stlaringizga ishlatsangiz, ammo haqiqatda band bo’lmasangiz va shunchaki ular bilan vaqt o’tkazmoqchi emasligingizni bildirsa, unday bo’lsa ularga to’g’ridan to’g’ri bu haqida aytish kerak.

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social