Endi WhatsApp offline-rejimida ham ishlaydi!

Endi WhatsApp offline-rejimida ham ishlaydi!

Mashhur WhatsApp messendjerida uchta yangi qiziqarli funksiyalar paydo bo’ldi.

Endi suhbatdoshingizga internet tarmog’iga ulanmagan paytingizda ham xabar jo’natishingiz mumkin. Jo’natgan xabaringiz internetga ulanishingiz bilan darxol o’z manziliga jo’natiladi.

WhatsApp dagi yana bir yangiliklaridan biri bu ilova egallab turgan joyining maxsus nazorat rejimi. “Sozlash” – “Ma’lumotlar va saqlash” – “Saqlash” bo’limida har bir suhbat buyicha batafsil statistikasi mavjud: fotosuratlar, audio xabarlar, hujjatlar hajmi.

Dasturchilar har bir xabarga qo’shiladigan multimedia fayllar sonini oshirishdi. Endi xabar bilan birga 30 ta fotosurat yoki video qo’shishingiz mumkin, ilgari esa bu imkoniyat faqat 10 ta bo’lgan.

WhatsAppni App Store yoki Google Play do’konlarida yangilab olish mumkin.

Manba: Lifehacker.ru
Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Magnit

    WhatsApp baribir orkada kolib kedti. Hozir hamma Telegramda.

  2. Malika

    Salom Magnit, O’zbekistonda shunday bo’lsa kerak, lekin mana man Moskvada turaman, ularning ko’pi Whatsapp bilan foydalanishadi. Lekin Telegram qulayroq smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social