Dushanba — og‘ir kunmi? Nima uchun ko‘pchilik bu kunni yoqtirmaydi?

Dushanba — og‘ir kunmi? Nima uchun ko‘pchilik bu kunni yoqtirmaydi?

Dushanba kunini yoqtirmaslik shunchalik keng tarqalganki, hatto unga atab qo‘shiqlar kuylangan. Ma’lum bo‘lishicha, bu kunni yoqtirmaslikka tabiiy sabablar bor, garchi o‘z ishimizni yaxshi ko‘rsak ham. Mutaxassislar nima uchun ko‘plar dushanbani yoqtirmasliklarini va bu borada nimalar qilish kerakligini tushuntiradilar.

Tananing tabiiy ritmi buziladi

An’anaviy tarzda erta tongdan dushanba-juma jadvalida ishlaydiganlar ko‘pincha hafta avvalida barvaqt turganda o‘zlarini yomon his qiladilar. Bu biologik ritmlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Chunki dam olish kunlari boshqa vaqtda uyg‘onamiz va uxlaymiz. Organizmga bunday beqarorlik ma’qul kelmaydi. Shunday qilib yakshanba kuni yetarlicha uxlab olsangiz ham, dushanba kuni yana ko‘proq uxlashni xohlaysiz. Uyquning yetishmasligi asabiylashishga sabab bo‘ladi.

“Dam olish kunlarida uxlash yomon emas, lekin u tabiiy biologik ritmlarni buzadi”, deb tushuntiradi nevropsixolog Sanam Hofiz. Dam olish kunlari va ish kunlarida bir vaqtning o‘zida turishingiz va taxminan bir xil vaqtda uxlashingiz uchun kundalik jadvalingizni o‘zgartirishga harakat qiling.

Erkinlik hissini yo‘qotdingiz

Tartibsiz dam olish kunlaridan so‘ng, yana “odamlar bilan uchrashish va vazifalarni bajarish” kerak. Psixologik jihatdan erkinlik va beparvolik holatidan ish tartibiga hamrohlik qiladigan nazorat va mas’uliyatga o‘tish qiyin. Bunga ishdagi kichik an’analar, mukofotlar, masalan, shirinliklar bilan kofe-breklar yoki hamkasbingiz bilan biroz vaqt mobaynida qilingan suhbat o‘zingizni nazorat qilish tuyg‘usini tiklashga yordam beradi.

Ishingizni yoqtirmaysiz

Dushanbani yoqtirmaslik sababi ancha sodda bo‘lishi mumkin: shunchaki yomon ko‘rgan ishingizga qaytishni xohlamaysiz. Bu holda dushanba kungi ertalabki fikrdan organizmda, hatto adrenalin ishlab chiqarilishi mumkin. Talabchan rahbar yoki do‘stona munosabatda bo‘lmagan hamkasblar — shu bilan yakshanba oqshomidan boshlab stress tubiga tushib qoldingiz.

“Ishingizni yaxshi ko‘rsangiz ham, haftaning boshlanishi haqida tashvishlanish odatiy hol”, deydi psixologlar. Xavotirni bostirishga urinmang. Uning namoyon bo‘lishiga ruxsat berganingizdan so‘ng, uning sabablarini topish va yengish osonroq bo‘ladi.

Siz bu kunga tayyor emassiz

Bu hissiy va texnik tayyorgarlik xususida. Ko‘pchilikka dam olish kunlaridan ish kuniga o‘tish noqulay va ular yakshanbaning bir qismini ish kuniga tayyorgarlik bilan o‘tkazishni xohlamaydilar: shu bois dushanba kuni ertalablari ikki baravar qiynalishadi. Kechqurun maktab o‘quvchilari sumkalarini yig‘ishtirgandek kiyim-kechak tayyorlab qo‘ying, ularni dazmollang, kerak bo‘lsa, sumkaga noutbuk va ish daftarchalarini joylab qo‘ying. O‘zingiz uchun ish rejasini tuzib oling.

Ish va hayot balansingizga haddan ortiq ko‘p narsalarni yuklab olgansiz

Ba’zan dushanbadan nafratlanish o‘z zimmangizga haddan tashqari ko‘p narsalarni yuklab olganingizni anglatadi. Bu shunchaki ortiqcha yuk uchun “baqirgan” organizm signalidir, bu sizga sekinlashish va tanaffus qilish vaqti keldi, deganidir. Dushanba kunlarining og‘ir o‘tishi toliqqaningizdan darak beradi, samaraliroq ishlash va ruhiy sustkashlikdan qochish uchun ish yuklamangizni qayta ko‘rib chiqing.

Sizda ijtimoiy fobiya bor

Ehtimol, sizdagi muammo shundaki, ish haftasi mobaynida hamkasblar bilan yaqindan muloqot qilishingiz va ijtimoiy tadbirlarga ishtirok etishingizga to‘g‘ri keladi. Siz esa ijtimoiy masofa saqlashni afzal ko‘rasiz.

O‘zgarishlar sizni qo‘rqitadi

Dushanba: dam olishdan ishga, norasmiy muloqotdan rasmiy muloqotga o‘tish va hokazo. Dushanba: yangi ish yoki o‘quv haftasining boshlanishi — duch kelishimiz shart bo‘lgan juda ko‘p noma’lum hodisalarni chaqiradi, deb tushuntiradi psixolog. O‘zgarish esa har doim noma’lum narsa bilan to‘qnashishni anglatadi. Qiyin hayot sharoitida yoki stress bilan yashaydigan odamlar uchun o‘zgarishlar hamisha mushkul holat.

Oldinda noaniqliklar kutmoqda

Dushanba kunida kelayotgan butun bir hafta mobaynida qanday stressli holatlar bilan yuzma-yuz kelish mumkinligini hech kim bilmaydi. Chorshanbaga kelib, ortda ikkita muvaffaqiyatli tarzda o‘tgan kun qoladi va kelajakka katta umid bilan qarash mumkin bo‘ladi. Payshanba kunidan haftaning oxiri haqida jonli fikrlarni boshlash imkoni bor.

“Odamlar ko‘pincha o‘z motivatsiyasini ichki manbalardan olish, masalan, yaxshi bajarilgan ishdan g‘ururlanish, o‘z oldiga qo‘ygan kichik shaxsiy maqsadlaridan topish o‘rniga, rahbarning maqtovi, oylik maoshning ko‘tarilishi yoki mansab ko‘tarilishi kabi tashqi mukofotlarga e’tibor qaratishadi. Ammo eng yaxshi bo‘lish uchun raqobatlashishdan ko‘ra, qo‘lingizdan kelganini bajarganingiz yaxshiroq”, deb tushuntiradi mutaxassis.

Faqat hafta oxiri uchun yashaysiz

Agar dushanba kuni o‘zingizga ajratilgan 48 soatlik xursandchilik tugashini his qilsangiz, qiyinchiliklar va azob-uqubatlarga to‘la yangi hayot boshlayapman, deb o‘ylasangiz, bu noto‘g‘ri qaror. Ikkita hayotingizni — ish tartibingiz va dam olish vaqtlaringizni uyg‘unlashtirish yo‘lini topishingiz kerak, bu o‘zingizni ortiqcha charchatishdan qutqaradi.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Kozim

    Odamla uziga bumagan bahonala uylab topiwadi

  2. Saida

    dash dash

  3. Тимур

    Душанба оддий кун, бунга тугри караш кере

  4. Xurshida

    good smile

  5. Mansur

    Dushanba har kundagidek, oddiy kun

  6. Manzura

    Har kunni sovgadek qabul qiliw kerak

  7. Lochinbek

    Qoyil qoldim good

  8. Gulnozaxon

    Hayotga qanday qarashilaga bogliq. Sevgi bilan qarasela, har bir kun gozal boladi smile

  9. Shaxzoda

    negative bumagan narsa yozibsila

  10. Dalmira

    Bugun chorshanba kuuu

  11. Oqila

    good good good

  12. Jomi

    Har kunimizni Allohga nasib qilaylik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social