Dushman orttirishdan qoching!

Dushman orttirishdan qoching!

Dushman orttirmaslik uchun eng avvalo hech kim bilan baxslashmang. Ko`pincha baxslar katta janjallarga olib kelishini bilasiz. Shuning uchun ham baxslashishdan qoching. Bahsda yutgan taqdiringizda ham yutqizasiz. Chunki o`sha odamning yuragida yomon hislar qoldirasiz. Sizga bo`lgan yaxshi fikrlari teskari tomonga o`zgarib ketadi. Eng yomoni biror narsada siz haq bo`lsangiz: «Men buni sizga isbotlab beraman», demang. Bu bilan siz unga: «Men sizdan aqlliroqman», deganday bo`lasiz.

Yaxshisi kimdir sizga nohaqligingizni aytsa, hafa bo`lmay: «Shunaqami, men boshqacha o`ylarkanman», deyishni odat qiling. «Xato qilib qo`yishim mumkin. Keling faktlarni tekshirib ko`raylik-chi!», deyishingiz eng yaxshi usul.  Xato qilishingiz mumkinligini tan olsangiz, hech qachon noxush ahvolga tushib qolmaysiz.

Shunda bahsga chek qo`yib, suhbatdoshingizga xolisroq bo`lish istagini uyg`otasiz. U ham xato qilishi mumkinligi haqida o`ylashga moyil bo`lib qoladi.  Jeyms Xardi Robinson shunday degan ekan: «Ba`zan biz o`z fikrimizni hech qanday qarshiliksiz yoki ortiqcha chaynalmasdan o`zgartiramiz, ammo kimdir bizning nohaqligimizni yuzimizga aytsa, darrov jahlimiz chiqadi. Ko`rinib turibdiki, biz fikrimizni emas, g`ururimizni qadrlaymiz.

«Men», «Mening» degan so`zlar hayotimizdagi eng muhim so`zlardir va tafakkur sarchashmalari ular bilan hisoblashish zarurligini ta`kidlaydilar.» Biz nafaqat soatimiz orqada qolganligi yoki mashinamiz eski ekanligini aytishganida, balki Mars sayyorasidagi kanallar, Sargon podshohligi davri haqidagi fikrlarimizni o`ylab ko`rishimiz kerakligini  aytishgan chog`da ham achchiqlanamiz.

Nimani haqiqat deb qabul qilgan bo`lsak, o`shanga ishonishni davom ettirishni xohlaymiz. Fikrimizga bildirilgan har qanday shubha har qanday yo`l bilan o`zimizni oqlashga majbur qiladi. Agar kimdir xatolarimizni o`zimizga aytmay, aksincha, chiroyli so`zlar bilan murojaat qilsa, nohaqligimizga o`zimiz ham iqror bo`lamiz, agar buni madaniyatli va dimlomatik usulda aytilsa boshqalar oldida ham tan olishimiz mumkin.

Benjamin Franklinning yigitlik chog`ida bir do`sti chetga tortib tanbeh berdi: «Ben, sen chidab bo`lmaydigan odamga aylanib qolayapsan. Fikrlaring sen bilan hamfikr bo`lmagan har qanday kishi uchun haqoratli tus olib bormoqda. Ular shunchalik qimmatga tushyaptiki, oqibatda hech kimni qiziqtirmayapti.  Do`stlaring sen bo`lmagan paytlarda vaqtini ko`ngilliroq o`tkazishlarini gapirishmoqda.

Sen shunchalik ko`p narsani bilasanki, hech kim senga bir yangilik aytolmaydi.  Noqulayliklar keltirib chiqarish va katta kuch talab qilishini bilib hech kim bunga harakat ham qilmaydi. Shuning uchun qachondir sen bugun bilganingdan ortiqroq  bilolmaysan, bugun bilganlaring esa oz.»

Franklin bunday ayovsiz tanqidni juda yaxshi qabul qildi. Darhol, o`zining odamlar bilan takabburona muomala qilish odatini o`zgartirdi.  «Boshqalarning fikriga to`g`ridan-to`g`ri qarshi chiqishdan va ishonch bilan o`z so`zimda turib olishdan qochish qoidasini tuzdim, – deb yozadi Franklin. Suhbatdoshingiz fikriga hurmat namoyon eting. Hech qachon nohaqligini keskin aytmang.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. bizlarda naoborot kancha ko’p dushman bo’lsa, shuncha yigit krutoy kurinadi nima keragi bor???

  2. azimbek

    e ko’proq do’stlar bulishi kerak dushmanlardan ko’ra

  3. dushmandan xamma narsani kutsa buladi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social