AFC-22. Yoshlarimiz Osiyo chempionati chorak finaliga chiqa olishmadi

AFC-22. Yoshlarimiz Osiyo chempionati chorak finaliga chiqa olishmadi

Bugun Osiyo chempionati guruh bosqichidagi O`zbekiston va Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi o`rtasida so`nggi tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuv xar ikkala terma jamoa uchun muhim axamiyatga ega edi. Sababi ushbu uchrashuv chorak finalga yo`l olgan sakkizinchi jamoa nomini aniqlab berishi kerak edi.

Uchrashuvni xar doimgidek vakillarimiz juda xam yaxshi boshlashdi. O`yindagi durang natija biz uchun etarli edi. O`yin boshlaridan futbolchilarimiz oldinga intilishdi. Ketma-ket xarakatlardan so`ng Aleksandr Fomin juda yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Shuningdek birinchi bo`limda Saudiya Arabiston futbolchilari xam darvozamiz oldida deyarli xavfli vaziyatlarni vujudga keltirisha olishmadi. Birinchi bo`limda so`ngigicha hisob ochilmadi 0-0.

Ikkinchi bo`lim ham futbolchilarimizning faolligi bilan boshlandi. Durang natija bizlarini qoniqtirsada, lekin ushbu natija raqib futbolchilarini qoniqtirmasliga o`yin davomida yaqqol sezilib turardi. O`yining 59 daqiqasiga kelib Saudiya Arabistoni futbolchilari o`z so`zini aytishdi. Jarima maydoni tashqarisidan Al Sudi kuchli zarba yo`lladi, to`p esa darvoza to`siniga tegib, darvozamizga borib tushdi. Uchrashuvda hisob ochildi 1-0.

Ushbu natija faqat raqiblarimiz qoniqtirar edi. O`tkazib yubirilgan goldan so`ng yoshlarimiz oldinga yanada intilishdi. Chiroyli kombinatsiyalar uyushtirdilar ammo so`ngi zarbani beruvchi hujumchimiz topilmadi. Shuningdek futbolchilarimiz bir-birlariga to`p uzatishda xam juda ko`p xatolarga yo`l qo`ydilar. O`yin so`ngigacha hisob o`zgarmadi. Futbolchilarimiz ushbu uchrashuvni mag`lubiyat bilan yakunlashdi, shuningdek pley-off yo`llanmasini xam boy berishdi.

Ushbu uchrashuvdan so`ng Saudiya Arabistoni chorak finalda o`z o`yinini davom ettiradi. Yoshlarimiz esa uyga qaytishadi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    tog’risi bu yoshlani o’yini uncha yahshi emas edi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social