OChLda 5 tur o`yin natijalari!

OChLda 5 tur o`yin natijalari!

Adelaida Yunayted – Bunyodkor 0:0

Bugun Osiyo chempionlar ligasi 5 tur doira bosqichidagi o`yinlar bo`lib o`tdi. Bugun bizning uchta klubimiz bu davra o`yinlarida o`z o`yinlarini o`tkazishdi.

Birinchi uchrashuv Avstraliyaning Adelaida shahrida mahalliy “Adelaida Yunayted” va Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o`rtasidagi Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi.

Birinchi bo`lim davomida “Bunyodkor” futbolchilari to`pni ko`proq o`zlarida ushlab turishga muvaffaq bo`lishdi. Ammo raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni ko`p sodir eta olishmadi. Aksincha “Adelaida” jamoasi futbolchilari Nesterov darvozasi oldida juda xavli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ayniqsa, 21-daqiqada himoyachilarning pala-partishligidan so`ng avstraliyaliklar a`zosida gol kiritish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo u bu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Birinchi bo`limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Ikkinchi bo`limda “Bunyodkor” futbolchilari tashabbusni qo`lga olish maqsadida ko`proq hujumlar tashkil etishga harakat qilishdi.

Ikkinchi taymning yarmiga kelib “Adelaida” futbolchilari ham faqat himoyada o`ynash xavfli ekanini tushungan holda, oldinga o`ta boshlashdi. Ammo ularning hujumlarini ba`zan himoyachilar bartaraf etishgan bo`lsa, ba`zan darvozon Ignatiy Nesterov yaxshi harakat qilib, to`pni egallab oldi. O`yin oxirlariga kelib Mirjalol Qosimov bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirdi.

Shundan so`ng “Bunyodkor”ning hujumlari xavliroq tus ola boshladi. “Adelaida” darvozasi oldida bir qator qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo bunyodkor futbolchilari ulardan unumli foydalana olishmadi. Shu tariqa o`yin 0:0 hisobidaga durang bilan o`z yakuniga etdi.

Paxtakor – Al Ittihod 1:2

Toshkentdagi “JAR” stadionida Osiyo chempionlar ligasining 5-turidan o`rin olgan “Paxtakor” – “Al Ittihod” o`rtasidagi o`yin bo`lib o`tdi. Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari doirasidagi mazkur o`yinida 1:2 hisobi qayd etildi.

Avvaliga, mehmonlar futbolchisi Hazzoziy 60-daqiqada hisobni ochadi. Birin-ketin uyushtirilgan hujumlar natijasida “Paxtakor” ham 68-daqiqada javob to`pini kiritishga muvaffaq bo`ldi.

O`yin oxirlarida “Paxtakor” futbolchisi Egor Krimets maydondan chetlashtirildi. Shunga qaramasdan “sherlar” ishonchli o`yin namoyish etaverishdi.Ammo, qo`shib berilgan vaqtda arablar ikkinchi golni kiritdilar. Jarima zarbasi yo`llanganda Muhammad Abosaban boshi bilan darvozani ishg`ol etdi.

Endi “Paxtakor”ning taqdiri ko`p jihatdan “Al-Arabi” – “Baniyas” klublari natijasiga ham bog`liq bo`ladi.

Al Jazira – Nasaf 4:1

BAAning “Al Jazira” va Qarshining “Nasaf” klublari o`rtasidagi Osiyo chempionlari ligasining guruh bosqichi, 5-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda mezbonlar yirik hisobda g`alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida burchakdan uzatilgan to`pdan so`ng Jodir Bari hisobni ochgan edi. Birinchi bo`lim yakunlanganda ana shu tablo 4:0ni ko`rsatib turardi. Mezbonlar etakchisi Rikardo Oliveyra shu orada xet-trik qilishga erishdi. U bu gollarining ikkitasini penal`tidan urganini ham e`tirof etmoq lozim.Birinchi bo`limda barchasi hal etilgan edi, shuning uchun ham qolgan daqiqalar rasmiyatchilik uchun o`tdi, deyish mumkin. “Nasaf” o`tkazib yuborilgan to`rtta golga bir marta javob qaytarishga erishdi. Ilhom Shomurodov qarshiliklarning yagona goliga mualliflik qildi.

Shunday qilib, “Nasaf” Osiyo chempionlar ligasidagi navbatdagi mag`lubiyatini tan olishga majbur bo`ldi. Mayli, hechqisi yo`q, ishqilib, bu yilgi tajribalar kelgusi yilda asqotsa, bo`ldi…

Mana Osiyo chempionlar ligasi 5 tur bosqichidagi o`yinlar ham yakunlandi. Har doyimgidek bizning klublarimizning saralash bosqichiga chiqish imkoniyatlari boshqa jamoalarning o`zaro uchrashuvlariga bog`liq bo`lib qolmoqda. Mayli, nimayam qilaolardik, biz sabrlik bilan bu uchrashuv natijalarini kutib qolamiz.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    yana bizlarni klublarimiz yutkizyaptilar, xar doimgidek sad

  2. chempion

    xa xa xa olga uzbekiston smile

  3. Номаълум

    lekin yaxshi uyinlar bulgan, afsus yutkizdik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social