Janubiy koreyalik bloger Yun Chjey o‘zining border-kolli zotli, Sola laqabli iti unga ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yilganiga qanday munosabat bildirgani aks etgan videoni muxlislariga taqdim etdi.
O‘tgan yilning noyabr oyida e’lon qilingan videoda Chjey itiga boshidagi shlyapasini yechib kimyoterapiya unga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatgan. Solaning bu holatga bo‘lgan munosabatidan uning egasi nimaga duch kelganini tushunganini ko‘rish mumkin. Videoda it Chjeyni quchoqlab olgan, keyin uning yoniga yotgan.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, itlar saraton kasalligiga chalingan va kimyoterapiyadan o‘tgan insonning hididagi o‘zgarishlarni aniqlay oladi.
Shundan keyin From Sola kanali uy hayvoni nomidan it va uning egasi haqidagi videolarni muntazam ravishda efirga uzatdi. Masalan, videolarda Sola har kuni yotib qolgan egasi uchun nimalar qilmoqchi bo‘lgani va uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgani aks etgan. Sola egasining yonida o‘tiradi, uning ko‘nglini ko‘tarish uchun har tomonlama harakat qiladi, panjasini uzatadi va uni quchoqlaydi.
3-may kuni “Saraton haqida so‘nggi videomiz” nomli video chiqdi, unda Yun Jey remissiyaga tushgani haqida xabar berilgan. Ushbu videoda kasallikka qarshi kurashga bag‘ishlangan oldingi videolardan kesmalar mavjud.
Shundan keyin kanal saraton kasalligi haqida videolar chiqarmagan. Masalan, 2-avgust kuni e’lon qilingan videoda Sola va uning egasi topib olgan mushukchaga g‘amxo‘rlik qilayotgani tasvirlangan.
Просто слёзы на глазах…
Yaxwiyam hammasi yaxwili bilan tugapti
Kuchuklar juda zor hayvonlar
Xudo hammamiz O’zi asrasin!
Eh…
Yiglagim keldi
Barchamiz sog’ bo’laylik, omin.
Juda ajoyib it ekan vafodor sogʻayib ketsin Inshaalloh oʻsha inson
Hammamiz sog bulila
Amin
Zo’r it ekan
Juda zor bolibti
Allah shu insoni umrini uzun qilsin Inshaalloh