Video: Egasining saratonga chalinganini anglagan it uni yupatmoqda

Video: Egasining saratonga chalinganini anglagan it uni yupatmoqda

Janubiy koreyalik bloger Yun Chjey o‘zining border-kolli zotli, Sola laqabli iti unga ko‘krak saratoni tashxisi qo‘yilganiga qanday munosabat bildirgani aks etgan videoni muxlislariga taqdim etdi.

O‘tgan yilning noyabr oyida e’lon qilingan videoda Chjey itiga boshidagi shlyapasini yechib kimyoterapiya unga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatgan. Solaning bu holatga bo‘lgan munosabatidan uning egasi nimaga duch kelganini tushunganini ko‘rish mumkin. Videoda it Chjeyni quchoqlab olgan, keyin uning yoniga yotgan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, itlar saraton kasalligiga chalingan va kimyoterapiyadan o‘tgan insonning hididagi o‘zgarishlarni aniqlay oladi.

Shundan keyin From Sola kanali uy hayvoni nomidan it va uning egasi haqidagi videolarni muntazam ravishda efirga uzatdi. Masalan, videolarda Sola har kuni yotib qolgan egasi uchun nimalar qilmoqchi bo‘lgani va uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgani aks etgan. Sola egasining yonida o‘tiradi, uning ko‘nglini ko‘tarish uchun har tomonlama harakat qiladi, panjasini uzatadi va uni quchoqlaydi.

3-may kuni “Saraton haqida so‘nggi videomiz” nomli video chiqdi, unda Yun Jey remissiyaga tushgani haqida xabar berilgan. Ushbu videoda kasallikka qarshi kurashga bag‘ishlangan oldingi videolardan kesmalar mavjud.

Shundan keyin kanal saraton kasalligi haqida videolar chiqarmagan. Masalan, 2-avgust kuni e’lon qilingan videoda Sola va uning egasi topib olgan mushukchaga g‘amxo‘rlik qilayotgani tasvirlangan.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Просто слёзы на глазах…

  2. Aziza

    Yaxwiyam hammasi yaxwili bilan tugapti sad

  3. Shuxrat

    Kuchuklar juda zor hayvonlar

  4. Saida

    cry cry cry

  5. Diyora

    heart

  6. Lobar

    Xudo hammamiz O’zi asrasin!

  7. Samiraxon

    Eh… sad cry

  8. Shodiya

    Yiglagim keldi cry

  9. Gulnoza

    Barchamiz sog’ bo’laylik, omin.

  10. Gulli

    Juda ajoyib it ekan vafodor sogʻayib ketsin Inshaalloh oʻsha inson

  11. Ikrom

    heart

  12. Aziza

    Hammamiz sog bulila

  13. Gulli

    Amin

  14. Gulchexra

    Zo’r it ekan

  15. Bobur

    good

  16. Qurbon

    Juda zor bolibti

  17. Charos

    cry

  18. Kamila

    heart heart heart heart

  19. ❤️

    Allah shu insoni umrini uzun qilsin Inshaalloh heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social