Yaponiyada dunyodagi ilk Pokemon aeroporti ochiladi — muxlislar uchun haqiqiy orzu!

Yaponiyada dunyodagi ilk Pokemon aeroporti ochiladi — muxlislar uchun haqiqiy orzu!

Bu yozda Yaponiyada anime va geym ixlosmandlari uchun tarixiy voqea yuz beradi: dunyodagi ilk Pokémon uslubidagi aeroport ish boshlaydi. Gap Isikava prefekturasidagi qayta ta’mirlangan Noto Satoyama aeroporti haqida ketmoqda. U vaqtincha “Noto Satoyama Pokémon With You” deb nomlanadi. Loyiha 2024-yilda Noto yarimorolida yuz bergan kuchli zilziladan keyin hududni tiklash dasturining bir qismiga aylangan.

E’lon qilingan suratlarga qaraganda, aeroport juda yorqin va deyarli multfilmga o‘xshash uslubda bezatiladi. Ayrim joylari oddiy aeroportdan ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri anime sahnasini eslatadi.

Prefektura bayonotida shunday deyiladi:

“Biz butun mamlakatdagi Pokémon muxlislari ushbu franshiza bilan bog‘liq noyob loyihalarni ko‘rishini istaymiz. Bu turizmni rivojlantirishga, hududni qo‘llab-quvvatlashga va Noto aholisi hayotiga quvonch olib kirishga yordam beradi”.

Yangilangan aeroportda katta anime dekoratsiyalari, tematik zonalar, noodatiy taomlarga ega kafelar va eksklyuziv mahsulotlar sotiladigan do‘konlar paydo bo‘ladi.

Yo‘lovchilar aeroportga kirishi bilanoq Pokémon olamiga tushgandek bo‘ladi: pokemonlar tasvirlari peshlavhalarda, teletraplarda, devorlarda va hatto kuzatuv maydonchasida ham joylashtiriladi. Tom qismida esa “Pikachu qishlog‘i” nomli maxsus installyatsiya quriladi.

Atrium markaziga ikki qavatli ulkan kompozitsiya o‘rnatiladi — sharlar orasidagi samolyot atrofida uchuvchi turdagi pokemonlar joylashadi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday pokemonlarning 111 turi mavjud ekan. Prefektura vakillari hazil tariqasida sayyohlarga “hammasini tutib ko‘ring” deb taklif qilmoqda.

Terminal ichida Pikachu, Plusle va Minun’ning uch o‘lchamli figuralarini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Do‘konlarda esa eksklyuziv merch sotiladi: bagaj birkalari, breloklar, chamadon kamarlari va maxsus kiyimlar.

Uchinchi qavatdagi Anon kafesida mehmonlar pankeyklar va anime uslubidagi ichimliklardan tatib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Hatto taomlarni bezatish uslubi ham Pokémon mavzusida bo‘ladi.

Pokémon uslubi faqat aeroport ichida qolmaydi. Brendlangan avtobuslar terminalni Noto yarimorolining diqqatga sazovor joylari bilan bog‘laydi. Bu hududda allaqachon Pokémon mavzusidagi obyektlar paydo bo‘la boshlagan.

“Noto Satoyama Pokémon With You” aeroporti 2026-yil 7-iyul kuni ochiladi. Biroq bu “pokemonlashtirish” vaqtinchalik bo‘ladi — aeroport ushbu ko‘rinishda faqat 2029-yil sentyabrigacha faoliyat yuritadi.

Kommentlar: 29 komment. 29 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Voyyy Pokémon aeroporti degani bolalik orzusi-ku! Men albatta boraman!

  2. Pikachu qishlog‘i degan joyni ko‘riboq kayfiyatim ko‘tarildi ⚡

  3. Yaponiya marketingni juda zo‘r qiladi, oddiy aeroportni ham shouga aylantiribdi

  4. Bizda ham shunaqa kreativ loyihalar bo‘lsa edi…

  5. Pokémon fanatlari uchun bu joy haqiqiy jannat bo‘ladi

  6. Anime sevuvchilar uchun eng zo‘r yangilik shu bo‘lsa kerak

  7. Cafedagi Pokémon desertlarini ko‘rishniyam xohlayapman

  8. Hamma gap Yaponiyada-da, ular har narsani san’atga aylantiradi.

  9. Rostdan ham aeroport emas, anime olamiga kirgandek tuyulyapti

  10. Menimcha bu joy turizmni portlatadi

  11. Odamlar ovqat topolmaydi, bular Pokémon aeroport ochyapti ‍♂️

  12. Lekin biznes tarafdan qarasa, zo‘r yurish ekan

  13. Baribir men uchun bu bolalarcha narsalar

  14. Sherzod

    Pikachu bilan bezatilgan samolyot yo‘lagi? Juda qiziq idea ekan.

  15. Sherzod

    Yaponlar kreativlik bo‘yicha boshqa levelda yuradi.

  16. Sherzod

    Shu loyiha orqali zilziladan keyingi hududni tiklashayotgani respect

  17. Sherzod

    Odamlarga kayfiyat ulashadigan joylar ham kerak aslida.

  18. Sherzod

    Pokémonni ko‘rib katta bo‘lgan avlod uchun nostalgiya bo‘ladi ❤️

  19. Men Pokémonni umuman ko‘rmaganman, lekin aeroport zo‘r chiqibdi

  20. Instagram uchun ideal joy bo‘ladi

  21. O‘sha “hammasini tutib ol” degan hazilni o‘qib kulib yubordim

  22. Yaponiya turizmni juda aqlli rivojlantiryapti.

  23. 2029 dan keyin oddiy holatga qaytishi achinarli ekan

  24. Nilufar

    Men hozirdan chipta narxlarini qidirishni boshladim ❤️

  25. Nilufar

    Pikachu qishlog‘ida suratga tushish orzum bo‘lib qoldi ⚡

  26. Nilufar

    Haterlar nima desa desin, bu loyiha juda zo‘r!

  27. Nilufar

    Pokémon bilan katta bo‘lgan odamlar meni tushunadi

  28. Nilufar

    Yaponiyaga yana bir sabab paydo bo‘ldi borishga ✈️

  29. Sayyora

    Ochilishi bilan uchib ketaman heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social