Ota-ona o’g’li uchun eng yaxshi o’qituvchini tanladilar. Ertalab buva nabirasini maktabga olib bordi. Buva va nabira maktab hovlisiga kirib, bolalar ularni o’rab olishdi.
– Qanday kulgili keksa odam, – dedi bir bola kulib.
– Hey, kichkina semiz odam, – dedi ikkinchisi.
Bolalar buva va nabiraning atrofida qichqirib sakrashdi. Keyin o’qituvchi qo’ng’iroqni chaldi, darsning boshlanishini e’lon qildi va bolalar yugurib ketishdi.
Buva o’z nabirasini qo’lidan ushlab, ko’chaga chiqdi.
– Ura, maktabga bormayman, – deb quvondi bola.
– Borasan, lekin bunga emas. Men o’zim senga maktab topaman – dedi buva jahl bilan.
Buva nevarasini uyiga olib bordi va nabirasini buvisiga tashlab, o’zi yaxshi o’qituvchi izlagani ketdi.
Buva ba’zi maktablarga kirdi va o’qituvchi bolalarning tanaffusga ruxsat berishini kutdi. Ba’zi maktablarda, bolalar keksa odamga e’tibor bermadilar, boshqalari esa uni masxara qilishdi. Buva jim bo’lib o’girilib ketar edi. Nihoyat, u kichik maktabning kichik hovlisiga kirdi. U charchagan edi va devorga suyanib turdi. Qo’ng’iroq jiringlab, bolalar hovliga chiqishdi.
– Buvajon, o’zingizni yomon his qilyapsizmi? – degan ovoz eshitildi.
– Bizda hovlida bir o’rindik bor, iltimos o’tiring, – deb ikkinchi bola taklif qildi.
– O’qituvchini chaqiraymi? – deb so’radi yana bir bola.
Tez orada yosh o’qituvchi hovliga chiqdi.
Buva salomlashib dedi:
– Nihoyat, nabirim uchun eng yaxshi maktabni topdim.
– Siz adashasiz buvajon, maktabimiz eng yaxshi emas. U kichkina va tor.
Qariya munozara qilib o’tirmadi. U o’qituvchi bilan hamma narsani gaplashib, keyin uyga tomon yo’l oldi.
Kechqurun bolaning onasi buvasidan so’radi:
– Ota, siz savodsizsiz. Nima uchun siz yaxshi o’qituvchi topdim deb o’ylaysiz?
– O’qituvchini qandayligini uning o’quvchilaridan bilib olish mumkin, – deb javob berdi qariya.