Faol hayot sirlari

Faol hayot sirlari

Faol hayot kechirish, biz erkaklarga juda mos. Biz ertalabdan kechgacha, oilamiz va yaqinlarimiz uchun ishlaymiz. Ularning farovon hayot kechirishi bizning zimmamizdadir. Oilani ta’minlash, ularga mas’ul bo’lishdek og’ir yukni mamnuniyat bilan yelkamizda olib yuramiz. Shunday ekan, faol hayotimiz davomida nimalarni to’g’ri qilayapmiz-u, nimalarni noto’g’ri qilayapmiz. Agar ruhshunos huzuriga borsangiz, charchoq qo’rquv va xavotir kabi hislarga qarshilik qilish kuchini qirqishi haqida gapiradi. Shuning uchun ham charchoqni yo’qotish uchun avvalo havotirni yo’qotish kerak bo’ladi.

Charchog’ingizni va sizni qiynayotgan havotirni yo’qotish uchun tez-tez dam olib turing. Charchaganingizni his qilishingiz bilan dam oling. Bu nega shunchalik muhim? Chunki charchoq katta tezlik bilan yig’ilib qoladi. Odam organizmidagi eng aqlli a’zo bu yurak hisoblanadi. Ko’pchilik yurakni umuman dam olmay ishlaydi, deb o’ylaydi. Unday emas. Yuragimiz har kuni butun bir temiryo’l sisternasini ta’minlasa bo’ladigan qonni haydaydi. 24 soat mobaynida yigirma tonna ko’mirni tashishga ketadigan kuchni sarflaydi. Yurak bunday og’ir mehnatga qanday chidaydi? Garvard universitetining olimlari yurakning har qisqarishida ma’lum bir vaqt dam olishini aniqladilar. Yurak bir minutda 70 marta urar ekan, 24 soatlik kunimiz davomida u faqat 9 soat ishlaydi. Qolgan vaqti dam oladi. Dam olish ish kunining muhim qismi. Dam olish bu umuman hech narsa qilmaslik degani emas.

Bu paytda biz organizmimizni qayta tiklayotgan bo’lamiz. Ko’pchilik mashxur oratorlar, qo’shiqchilar o’z chiqishlaridan oldin, 15-20 minut o’zini bo’sh qo’yib dam olvoladilar. Mashhur olim Tomas Edison: «Men uxlagim kelganda uxlab olaman. Tanam istagan paytida dam olaman, ixtirolarimning siri shunda», – degan edi. Yana bir mashxur shaxs Genri Ford esa: «Agar o’tirishga imkoniyat bo’lsa, hech qachon tik turmayman, yotish imkoni bo’lganda esa o’tirmayman», – degan edi. Siz ish kuni davomida qanday dam olishingiz mumkinligi haqida o’ylang. Bu sizning ish unumingizni oshiradi. Faraz qilaylik siz hisobchisiz. Hisob kitob ishi juda og’ir ish. Bu paytda dam olishga imkon topish qiyin.

Biroq tushlikni o’z vaqtida qilib, keyin hech bo’lmasa 10-15 minut tanani bo’shashtirib, dam olish yoki uxlab olish, sizga katta kuch bag’ishlaydi. O’tirib ishlash ham kishini toliqtiradi. Bunda tana bemalol bo’la olmaydi. Siz boshlig’ingiz oldida oyoqlaringizni stol ustiga chalishtirib, o’tirolmaysiz-ku? Shunday ekan, tushlik vaqtida dam olishga vaqt ajrating. Muhimi bu vaqtda tanangiz yetarlicha bo’shashib, dam olsin. Agar shunday dam ololsangiz, ish soatingizni ham uzaytirishingiz, undan tashqari ish unumingizni ham oshirishingiz mumkin. Chunki charchagan holda ishlash muvaffaqiyat keltirmaydi. Har safar 5-10 daqiqa bo’sh qolsangiz, o’z-o’zingizni bo’shashtirib, ko’zlaringizni yumib, butun tanangizga dam bering. Shunday qilib ko’ring, natijasi siz kutgandan ham a’lo bo’ladi. Faqat ishlashni tashlab qo’ymang.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bizning korxonamizda, kimdir sani ish qilmasdan dam olyatganini ko’rib qolsa, shu zahoti gap eshitasan va shtraf qilishi mumkin. Sizning ishxonangizd-chi?

  2. Abdulla

    Bizada har 2 soatda 15 min pereriv bor

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social