Babayanning birinchi mag’lubiyati! O’zbekiston – Eron 0:1

Babayanning birinchi mag’lubiyati! O’zbekiston – Eron 0:1

Bugun Milliy terma jamoamizning JCH-2018 yo’lidagi navbatdagi raqibi Eron termasi bo’ldi. Jahon Chempionati saralash bosqichining 3-turida Eron milliy terma jamoasiga imkoniyat boy berildi. Uchrashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo’lib o’tdi.

Uchrashuv oldida ko’plab hamyurtlarimizni bir savol qiynardi – Milliy terma jamoa qanday tarkibda maydonga tushadi? Sababi Odil Ahmedov jarohatidan to’la tuzalmagan va uning o’rnini kim egallashi katta so’rov ostida edi.

Bosh murabbiy quyidagi tarkibni maydonga tushirdi:  Aleksandr Lobanov, Islom To’xtaxo’jaev, Anzur Ismoilov, Egor Krimets, Vitaly Denisov, Aziz Haydarov, Otabek Shukurov, Sardor Rashidov, Server Jeparov, Eldor Shomuradov va Igor Sergeev.

Aytish joizki terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan yuqoridagi tarkibni mana bir qancha o’yindan buyon o’zgartirmadi. Na jamoa taktikasi va na bir zahiradan tushayotgan futbolchilarda o’zgarish bor.

Uchrashuv birinchi bo’limi Eron terma jamoasi ustunligida o’tdi va uchrashuvdagi yagona gol ham uchrashuvning aynan birinchi bo’limida kiritildi. O’yinning 27-daqiqasida terma jamoamiz darvozasi tomon belgilangan jarima zarbasidan Eronlik futbolchilar unumli foydalanishdi.

Birinchi bo’limning yana bir e’tiborli voqeasi jamoamiz sardori Server Jeparovning jarohat olib maydonni tark etishi bo’ldi. Uning o’rnini Aleksandr Geynrix egalladi va sardorlik bog’ichi ham uning o’zida qoldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo’limi hamyurtlarimiz ustunligida o’tdi, lekin jamoamiz oldiga qo’ygan maqsadiga erisha olmadi. Natijada o’yin 0:1 hisobida yakuniga yetdi.

3-tur yakuni bo’yicha Milliy terma jamoamiz 6 ochko bilan guruhda 3-o’rinni egallab turibdi. Eron va Janubiy Koreya termalari esa 1 va 2 o’rinlarni egallamoqda. Guruhdagi Xitoy, Suriya va Qatar terma jamoalari esa 4, 5 va 6 o’rinlarni egallamoqda.

Terma jamoamizning navbatdagi uchrashuvi 11-oktyabr Xitoy termasiga qarshi bo’lib o’tadi. O’yin Toshkentning “Bunyodkor” stadionida bo’lishi rejalashtirilgan.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. donishmand

    Sergeev nima ish qib yuripti maydonda? kimdir biladimi?

  2. Amirxon

    Kecha o’yinga bora olmadim, shunchalik yomon o’ynashtimi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social