Gadjetlardan foydalanib madaniyatli inson bo’lib qolish!

Gadjetlardan foydalanib madaniyatli inson bo’lib qolish!

Biz mehmonda, restoranda, yoki jamoat transportida smartfonlardan ajramaymiz. Lekin telefon ekraniga qarash yoki selfi olish har doim ham to’g’ri emas.

Stolda o’tirganda xabarga yoki qo’ng’iroqga javob berish mumkinmi?

Ushbu rasmga bir qarang. Tanish vaziyatmi?

0254370174

Bu stolda o’tirganda telefonni uzoqroq joyda qoldirish kerak deganini anglatadimi? Yo’q, unday emas. Siz faqat ba’zi qoidalarga rioya qilishingiz kerak.

  • Telefonni cho’ntagingizdan chiqarganda, stolga ekrani bilan pastga qaratib qo’ying. Pochta xatlari va ijtimoiy tarmoq xabarnomalari sizni suhbat vaqtida chalg’itishi kerak emas.
  • Agar mehmonda muhim qo’ng’iroq kutayotgan bo’lsangiz, vaqti-vaqti bilan telefonga qarashingizni va tadbirni ertaroq tark etishingiz mumkinligi haqida tadbir egasini xabardor qiling.
  • Muhim qo’ng’iroq bo’lganda, stoldan shartta turib ketmang. Sekin-asta turing, uzr so’rang va qo’ng’iroq qabul qilish uchun keting, yoki boshqa xonaga chiqing. Boshqa insonlar shifokor tashrifi yoki Xitoyliklar bilan bitimning nozik tafsilotlarini bilishi shart emas.
  • Shoshilinch qo’ng’iroqlar rejalashtirilmagan bo’lsa, jim rejimini yoqing. Hech kimga telefondagi ringtoningiz qiziq emas va birdan qilingan qo’ng’iroq gapirayotgan inson fikrini buzishi mumkin.
  • Hech qachon jamoatda baland ovozli funksiya bilan foydalanmang. Istisno: stolda to’plangan butun oilaga salom yubormoqchi bo’lgan uzoqdan qo’ng’iroq bo’lsa, mumkin.
  • Xabarlarga javob berish ham yaxshi emas. Bu sizning zerikishingiz va boshqa odamlar jamiyati afzalligini ko’rsatadi. Bunday holda uchrashuvning umumiy atmosferasini o’ldirishdan ko’ra, kechirim so’rash va undan ketish yaxshiroqdir. Istisno: bolalar kuzatuvsiz uyda qolgan bo’lsa, u holda bir nechta xabar yozish mumkin.
  • Agar kimgadir telefoningizdagi rasmni ko’rsatishga qaror qilsangiz, butun albom bo’ylab harakatlanmang. Suhbatdagina tasvirlangan rasmni ochib, shuni namoyish qiling va bo’ldi. Qarama-qarshisi ham haqlidir: ruxsatsiz birovning telefonidagi rasmlarni ko’rish mumkin emas.

Yaxshi tutish qoidalari hayotimiz bilan o’zgarib boradi.

Manba: Lifehacker

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social