Hamma tez va oson pul topish yo‘lini izlaydi – bu nima uchun xato?

Hamma tez va oson pul topish yo‘lini izlaydi – bu nima uchun xato?

Hozirgi kunda «tez boyish», «bir kunda millioner bo‘lish», «sirli formulalar» va shunga o‘xshash va’dalar bilan to‘la reklama va motivatsion mashg‘ulotlar ko‘payib ketdi. Hatto, munosabatlardagi konfliktli vaziyatlarni tez va oson bartaraf qilish taklifi bilan chiqayotgan «hamkasblar»imiz ham juda ko‘p.

Internetdagi har bir burchak «muvaffaqiyat sirlari»ni sotuvchilar, «aqlli» trenerlar, bir necha soatlik treninglardan keyin hayotingizni o‘zgartirib yuboradigan «murabbiylar»ga to‘lib ketgan. Hatto, yemak- ichmagimizni reklama qiluvchi marketingchilar ham «tez va oson zavq beruvchi mahsulotlar»ning reklamasi bilan dofamin tizimimizning buzilishiga sababchi bo‘lishayapti.

Aslidachi, bunday va’dalarning ortida nima yotadi? Psixologik nuqtai nazardan bu hodisaga qanday baho berish mumkin?

Birinchidan, bu va’dalar odamlarning tez natijaga bo‘lgan talabidan foydalanayapti. Zamonaviy jamiyatda tezlik va samaradorlik yuqori baholanayapti, afsuski. Odamlarning o‘zlari uzoq va mashaqqatli mehnat qilishdan ko‘ra, tez va oson yo‘lni izlashayapti.

Buning ilmiy asosi – insonning tabiiy intilishi, miyaning taqchillikka sezuvchanligidan bo‘lishi mumkin. Tez natijaga erishish, miyada dofamin kabi xursandchilik gormonining ajralishiga olib keladi va bu hisni tuyishga bo‘lgan yuqori intilish sabab bo‘ladi. Nazarimda dofamin ishlab chiqarish ham tabiiy va me’yorida bo‘lgani sog‘liqqa foydali. Deylik, tez va oson yo‘l bilan dofaminga erishish kundalik hayotimizning eng oson va tez (turli energetiklar, shirinliklar, yangi ta’mlar va h.o. lar orqali o‘zini o‘zi xursand qilishni istasa «bor tezda sotib ol», «bor, zavq bilan totib ko‘r» va h. o.) kundalik hayotiga aylandi. Xuddi shu tarzda «bir oyda millioner bo‘ling!» kabi va’dalar ham aksariyat odamlarga juda jozibali ko‘rinadi.

Ikkinchidan, bunday «trenerlar» va «motivatorlar» odamlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchsizligidan juda yaxshi foydalanadi. Ko‘pchilik o‘z kuchiga ishonmaydi, muvaffaqiyatga erishish uchun qanday yo‘l tutishni bilmaydi. Bunday paytda «sirli formulalar» va «aqlli» maslahatlar juda jozibali ko‘rinadi. Lekin bunday «sirli formulalar» real hayotda yo‘q. Muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz mehnat, sabr-toqat, o‘z ustida ishlash zarur. Buni «yo‘qlarimizga bo‘lgan ehtiyojchanlik» deb atasak ham bo‘ladi – ya’ni, bizda hamma-hammasi bo‘lishi kerak. Atrofni kuzatsangiz «yo‘g‘iga chiday olmaydigan» odamlar ko‘payib ketgan. Ya’ni, ehtiyojlari haddan ortib borayotganini tabiiy deb biladi, aslida bu uni telba qilayotganini, aqldan ozar darajadagi «tez va oson»chilar qarmog‘iga ilinganini ham sezmaydi.

Uchinchidan, bunday va’dalar kognitiv xatoliklarga asoslanadi. Bunday «tasdiqchilik illyuziyasi»da – odamlar o‘zlariga mos keladigan ma’lumotni tanlab olib, qolgan ma’lumotni e’tiborsiz qoldiradi.

Bu kognitiv (tafakkur bilan bog‘liq) xatolik bo‘lib, inson o‘z ishonchi va fikrini tasdiqlovchi ma’lumotlarga ko‘proq e’tibor berib, ularga zid keladigan ma’lumotlarni esa e’tiborsiz qoldiraveradi yoki rad etadi. Ya’ni, biz o‘zimizga yoqadigan narsani eshitishni, ko‘rishni va o‘qishni yaxshi ko‘ramiz va bu fikrni tasdiqlovchi ma’lumotlarni izlaymiz.

Shu tarzda o‘zlari qidirgan «trenerlar»ning muvaffaqiyat haqidagi hikoyalarini eshitib, o‘zlarida ham xuddi shunaqa bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaydi va ishonadi. Lekin bunday muvaffaqiyatlarning ortidagi uzoq va mashaqqatli mehnatni ko‘rmaydi yoki ko‘rishni istamaydi.

Bunaqa  paytda «Muvaffaqiyatning teskari seleksiyasi»ham ishga tushadi, ya’ni oddiy odamlarning muvaffaqiyatlari ko‘ziga ko‘rinmaydi, asosan taniqli, mashhur boylarning hikoyalarigina diqqatini jalb qiladi.

Xulosa qilib aytganda, «tez va oson» yo‘llarni va’da qiladigan «trenerlar» va «motivatorlar»dan ehtiyot bo‘lish kerak!

Muvaffaqiyatga erishish uchun uzoq va mashaqqatli mehnat, sabr-toqat va o‘z ustida ishlash lozim. Albatta, motivatsiya va ijobiy fikrlash muhim, lekin bular o‘z-o‘zidan muvaffaqiyat kafolati yoki kaliti emas. Eng asosiysi – haqiqiy va uzoq muddatli natijaga erishish uchun chidamli va mashaqqatli mehnat qilish.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хаммаси шунака, хамма осонгина пул топишни, бахт топишни истайди

  2. Тимур

    Лекин осон пуллар бумиди, яхши пул топишни хохласангиз, албатта куп ишлаш керак

  3. Тимур

    Еки бой оилада тугилиш кере, унда осонгина пул булади laugh

  4. Тимур

    А так бу этвотган коучла, еки устозла хаммаси мошенник

  5. Тимур

    Куп пул топвотган инсон, уз секретларини сотмиди ва бошкалага ургатмиди

  6. Тимур

    Шунга бунакалага ишонмасдан, харакат килила, укила ва ишлела, хаммаси булади

  7. Tori etas Timur aka

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social