Bir kuni donishmand odam bir guruh kishilarga Xudo haqida va hayot muammolari haqida gapirib berdi. Uning hikoyasi quyidagi so’zlar bilan yakunlandi:
– Oxir-oqibat hammasi yaxshi bo’ladi.
“Agar yaxshi bo’lmasachi?” – deb so’rashdi undan.
– Agar hali yaxshi bo’lmasa, demak siz ohirigacha kelmadingiz – deb donishmand kulib qo’ydi.