Haqiqiy muhabbat 7 bosqichdan so`ng boshlanadimi?

Haqiqiy muhabbat 7 bosqichdan so`ng boshlanadimi?

Birga o`tkazgan shirin damlaringizdan osongina voz kechmang

Nega oilalar bir-biriga xiyonat qiladi va janjallashadi? Qanday qilib yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ziddiyatlarni sezish va ularning oldini olish mumkin? Psixologlar bu haqda nima deydi? Baxtli nikohga erishishning kaliti nimada? Bu kabi savollarga oilaviy hayot davomida ko`pchilik duch kelishi aniq. Quyida psixologlarning bu boradagi fikrlari bilan tanishamiz…

1. Shirin hayot.

Psixologlarning fikricha, bu bosqich taxminan 18 oy davom etadi. Erkak va ayol bir-birini uchratib, yoqtirib qolsa, ularning organizmida dunyoni yorqin ranglarda ko`ra oladigan gormonlar ishlab chiqarilishi boshlanar ekan. Bu vaqtda insonning ko`ziga butun dunyo chiroyli ko`rinadi. Tanlagan insonining tashqi ko`rinishi, ovozi, hamma jihati juda ajoyib ko`rinadi. Fe`l-atvoridagi kamchiliklar ham bilinmaydi. Bu davrda inson sarmast holatda bo`lar ekan. Shunday damda taqdirni o`zgartiradigan jiddiy qarorlar qabul qilmaslik kerak, chunki ertami-kechmi, sarmastlik holati tugaydi va hamma narsa asl rangida ko`rina boshlaydi.

2. Zerikish.

Hissiyotlar to`lqini tinib, yoningizdagi insonnnig ijobiy va salbiy tomonlari yaqqol ko`rinadi va ularni baholay boshlaysiz. Bu davrda erkak va ayol bir-biriga moslashib qolganligi uchun o`zini asl holicha, ancha tabiiy va erkin tuta boshlaydi.

3. Nafrat.

Erkak va ayol o`rtadagi munosabatlar davom etishi uchun bir-birini majbur deb hisoblaydi. Ikkala tomonning ham kamchiligi yaqqol namoyon bo`la boshlagach, janjal, tortishuvlar boshlanadi. Nafrat yuzaga keladi. Bunday paytda ko`pchilik eng oson va yomon yo`lni tanlashni ma`qul ko`radi -xayrlashish yoki ajrashish. Lekin bunda shoshilmaslik kerak. Siz bir-biringizni sinagan, birga o`tkazgan shirin damlaringizdan osongina voz kechdingiz. Bundan tashqari, yangi inson bilan tanishib qolsangiz, birinchi bosqichdagidek, shirin hayotni boshlab yuborasiz va hammasi yana shu taxlit davom etadi.

4. Sabr.

Janjallar va xafalashishlar erkak va ayol o`rtasida bo`lib turadi, lekin ular o`tkinchi, kelishmovchiliklar unutilib, munosabatlar yana davom etadi. Agar er-xotin ikkalasi ham buni anglab, sabr qilishga o`zida kuch topa olsa, o`z-o`zidan aql bilan ish yuritishni ham boshlaydi. Bu tabiat qonuni. Va bu bosqichda er-xotin munosabatlarida aql va vazminlik ustunlik qiladi.

5. Burch va hurmat bosqichi.

Bu sevgining birinchi bosqichi, desak ham bo`ladi. Bungacha bo`lgan munosabatlarni muhabbat deb ayta olmaymiz. Chunki, ayni shu bosqichda har bir ayol va erkak o`ziga nima kerakligini emas, sevimli insoni uchun nima qilishi lozimligini o`ylay boshlaydi. O`zining majburiyatlarini tushunish insonni mukammallashtiradi.

6. Do`stlik.

Siz bir-biringiz uchun yaqin va qadrdon insonlarga aylandingiz. O`rtangizda eng yaqin do`stlar orasida bo`ladigan ishonch ham paydo bo`ldi. Do`stlik, bu – muhabbat uchun jiddiy tayyorgarlikdir.

7. Sevgi.

Haqiqiy sevgiga erishish oson emas. Unga uzoq muddatli yo`l orqali boriladi. Aytish mumkinki, muhabbat ilmi hayotiy vaziyatlar va uzoq davom etadigan yaqin munosabatlar asosida o`rganiladi. Haqiqiy muhabbat bu kallaga nima kelsa, uni qilish degani emas. Sof sevgiga erishish uchun inson avvalo xudbinlik va turli bid`atlardan voz kechishi, kamolga erishishi lozim.

Xulosa. Har bir inson o`ziga umr yo`ldoshni o`zi tanlaydi. Oilaviy hayotda haqiqiy sevgiga erishish uchun avvalo yaqindan tanishib, keyin do`stlashish, undan so`ng esa sevgi munosabatlarini o`rnatish lozim. Ko`pchilik juftlar birinchi tanishgan davrini sevgi davri deb hisoblaydi. Aslida esa romantika davri tugab, ko`zingizdan rangli ko`zoynak echilgan zahotiyoq ziddiyatlar, tushunmovchiliklar boshlanadi. Ko`pchilik bunday paytda “tamom, hammasi tugadi, sevgi yo`q ekan”, degan xulosaga keladi. Shuni unutmangki, sevgida faqat mazali emas, boshqa ta`mlar ham bor: shirin, achchiq, sho`r, nordon, taxir. Sadoqat va sabr-toqat muhabbatning asosiy talabidir. Agar siz bir marta janjallashganingizda munosabatlaringizda sevgi tugadi, deb o`ylayotgan bo`lsangiz, ishoning, u hali hatto boshlanmagan ham… Haqiqiy sevgi barcha bosqichlardan o`tganingizdan keyin boshlanadi.

Kommentlar: 21 komment. 21 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulmira

    Assalomu alaykum. Haqiqiy sevgi inson kerakli odamni u4ratganda b6ladi. undan oldin b6lgan munosabatlar faqat tajriba u4un b6ladi. wunga wowiliw keremas. Hammasining o’zini vaqti bor. Faqat Xudoga iwonib yawaw kere.

  2. Ruxsora

    Assalomu aleykum birodarlar. Menga maslahatingiz kerak b6lib qoldi. Yigitim bilan bir yildan beri birgamiz. Boshida hammasi z6r edi. hozir esa u men bilan hech qayerga bormaydi. Odamlarning yonida menda uzoqroq yuradi. Nima b6ldi desam, y6q hammasi yaxshi, sal ishim k6p va qiyinchiliklar bor deydi. Balki u meni sevmay q6ygandir? yoki boshqasi bilan endi birgadir? menga maslahat berila, nima qilay

  3. Sevgi y6q narsa! kim nima dimasin! Sevgi qizlani va bollani jinni qiliw u4un kere faqat!

  4. Тимур

    Севгига ишонмаган инсон хеч качон бахтли бумиди. севгисиз хаёт бумиди. севгига ишонмидиганла барибир охир окибат севги топишади

  5. такдер

    бахт севги аслида нима ва биз у учн нималардан кечмаймиз=

  6. Fazo.tv

    Salom такдер! juda qiziq savol berdingiz. Siz uchun baxt nima?

  7. такдер

    салом бахт бахт аслида харбр нарсада аен факат бз буни коп илгамаймиз йокотишларсиз борнарсани кадрга йтш жуда кийн яакинларингни бори бахт соглигингнинг бори бахт тирклигингни узи бахт ликин шундаай болсахам бзга нимадр йтишмади чунки бз инсонмиз инсонларда еса нафс деган нарса бор уни тия билш озмизга боглик.

  8. Fazo.tv

    Salom такдер! Nafsni tiya bilish, har bir inson o’zida rivojlantirish kerak bo’lgan tuyg’ulardan biridir. Lekin, Sevgi eng oliysidir. Hammasi sevgiga bog’liqdir. Aynan sevgi bo’lgandagina qolgan narsalar o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Chunki sevgi mo’jiza kabi, hayotingizni sarguzashtga aylantirib yuborishi mumkin. Sevgining payida bo’ling, shunda hayot boshqacha ketishni boshlaydi.

  9. такдер

    салом севги сзнингча енг мухими дб ойлайсзми

  10. Fazo.tv

    Salom такдер! Ha shunday fikirdamiz. Siz bu bilan rozi emasmisiz?

  11. Anvarjon

    SEVGAN QIZIM BILAN URISHIB QOLDIM RASHK QILIB BAQIRVORDIM U ESA ENDI MENI TINCH QOYING DEDI QANDAY YARASHSAM BOLADI

  12. Fazo.tv

    Salom Anvarjon! Sevgan qizingizdan kechirim so’rang, unga fikrlaringizni ayting. U sizni albatta kechiradi

  13. Hurijahon

    Kechirim sorasak ham bizni tushunmasachi unda nima qilishimiz kerak.

  14. Fazo.tv

    Salom Hurijahon! Unga vaqt bering. Inson sal o’ziga kelsin, fikrlasin, keyin esa siz kechirim so’rab, unga his tuyg’ularingizni tushuntiring. Va baqirish juda yomonligini tushunib oling.

  15. Hurijahon

    Maslahat uchun rahmat.

  16. Fazo.tv

    Sevgan insonga baqirmang do’stim, u bilan ko’proq suxbat qiling va fikrlaringizni ochiq aytishni o’rganing.

  17. Assalomu alaykum yordam kerak bób qoldi.Yigitim bn juda kóp janjal qilamiz xamma janjalni yitim boshlaydi.Tel qilsam kótarmaydi raqamimni qora róyxatga soladi telegramdan yozsam yozganimni óchirib tashaydi. Nima qilsam bóladi yordam beringlar

  18. Har doim kechirib kelganman xamma qiliqlariga chidab xam kelyabman.Xar doim sendan voz kechdim Deb gaplashadi avvalgiday

  19. Hurijahon

    unga vaqt bering u sizni seviwini anglab yetsin

  20. Fazo.tv

    Salom Nigina. Avvalam bor xabaringiz uchun rahmat. Bu masalada sizning ayibingiz yo’q, gap shundaki, ba’zi sabablarga ko’ra u siz bilan birga bo’lishni istamaydi. Har xil yo’llar bilan sizni chetlab o’tishga urinadi. Lekin asosiy muammo bunda emas, aslo. Muammo sizga buni ochiqchasiga ayta olmasligida. Buning bir necha sabablari bo’lishi mumkin. Masalan, uyalish, qo’rqish, sizni hafa qilmaslik va hokazo. Bir-birini hurmat qilgan va bir-birga o’zlarini bag’ishlagan insonlar orasidagi munosabatlar bunday bo’lmasligi kerak. Undan tashqari, agar muammo tug’ilsa, buni ikki inson birgalikda hal etishlari kerak. Bordiyu hal etilmayotgan ekan, demak kimdir bu muammoni bartaraf etishni istamayapti. Demak, bu munosabatlar yetuk emas. Sizga maslahat bera olmayman, lekin o’rningizda bo’lganimda undan voz kechib, Xudo aynan men uchun mo’ljallagan juftimni kutib yashar edim. O’tmishni unutib, kelajakka umid qilib yashagan bo’lar edim. Samimiy xabaringiz uchun rahmat.

  21. Hamma narsa nima boʻlishi vaqtida maʼlum boʻladi hammasiga yaxshi yomon kunda sabr qilsak hamma narsa biz uchun baxt ham sevgi ham oila ham bari biz uchun. Sogʻinch Azob Bardosh Rohat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social