Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar

Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar

Hech qachon qadr-qimmatini yo‘qotmaydigan mazkur ko‘nikmalar o‘zlikni anglashga, insonlar bilan til topishishga hamda dunyo bilan garmoniyani his etishga yordam beradi.

  1. Hamdardlik hissi

Empatiya — hozirgi kunda ko‘pchilik unutib qo‘ygan eng asosiy insoniylik tuyg‘ularidan biri. Boshqalarning dardi va muammolariga hamdard bo‘la olish hissi odamlar bilan ishlaydigan oddiy ishchini birinchi darajali mutaxassisga aylantiradi, xodimlarning bir jamoa bo‘lib mehnat qilishiga motivatsiya beradi va umumiy maqsadlarni birlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. Uyquga to‘yish

Kun rejimini to‘g‘ri tashkil qilish uyqu sifatini oshirishda muhimdir. Har kuni ma’lum kun tartibiga amal qilsangiz, qisqa muddatda uyquga ketish va uyg‘onishga yordam beradi.

  1. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va rejali ishlash

Barcha muhim ishlarga ulgurish, kunni mazmunli o‘tkazishda taym-menejment ko‘nikmasi kerak bo‘ladi. Buning uchun barchaga birdek mos keladigan muayyan rejim yo‘q. O‘zingizga qulay va to‘g‘ri keladigan tartibni tanlang va unga doimiy amal qilishga harakat qiling.

  1. Yordam so‘rash

Yordamga muhtoj bo‘lib qolganingizni anglash va uni o‘zgalardan so‘rash ko‘pchilik uchun murakkab bo‘lishi mumkin, chunki hech kim o‘zini zaif ko‘rsatishni istamaydi. Biroq psixologlarning fikricha, yordam so‘rash orqali biz insonlarning bilim va tajribasiga bo‘lgan ishonchimizni ko‘rsatamiz, ularning mehrini qozonamiz.

  1. Ichki pozitiv dialog

O‘zgalar biz haqimizda qanday fikrda ekanligi muhim emas. Asosiysi, inson o‘zligi bilan yaxshi muloqotda bo‘lishi, hurmat qilishidir. Atrofdagilar sizga ishonch bildirmaganda ham o‘zingizga bo‘lgan ishonchning so‘nmasligi kabi ko‘nikmani hosil qilish uchun uzoq vaqt talab etiladi. Shu sababli ichki “men”ingiz bilan pozitiv dialog qilish zarur.

  1. Bugungi kundan zavq olish

Kamdan-kam holatda insonlar hozirgi daqiqani his etib yashaydi — barcha kelajak tashvishi yoki o‘tmish iztirobi bilan ovora. Bunday holat bizga to‘laqonli baxtni his etishimizga xalaqit beradi.

  1. Izchillik bilan harakat qilish

Har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishda harakatlar izchilligi muhimdir. Insonlar ko‘pincha ma’lum pog‘onaga yetgach harakat qilishdan to‘xtab qoladi. Ammo yuqori darajani saqlab qolish uchun doimiy izlanish va mehnat qilish talab etiladi.

  1. O‘zgalar ishiga aralashmaslik

Boshqalar ishiga burun suqish orqali ularga yordam bera olmaysiz, bekorga vaqt va kuch sarflaganingiz qoladi. Buni eslab qolish uchun esa ba’zan uzoq vaqt ketadi.

  1. Suhbatdoshni tinglay olish

Ish vaqtida suhbatdoshingiz gaplarini turli chalg‘ituvchi omillar sababli doim ham to‘liq eshitishga ulgurmaysiz. Agar suhbatdoshingiz aytayotgan ma’lumotni xotirada yaxshi saqlab qolishni istasangiz, uning ba’zi iboralarini takrorlab qo‘ying.

  1. Sukut saqlash

O‘z vaqtida tilni tiyish noxush vaziyatlarning oldini olishi mumkin. Jahl chiqqanda, yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaganda yoki hayajonlanganda sukut saqlash foydadan xoli emas.

  1. G‘iybatdan yiroq bo‘lish

Ishonch — har qanday munosabatlarning asosi. G‘iybat va insonlar ortidan yomonlash har qanday ishonchga putur yetkazadi. G‘iybat qilayotganlar orasidamisiz, shunchaki ularni eshitmang yoki “Gapingizni bo‘lganim uchun uzr, lekin men bu haqda bilishni istamayman” deya g‘iybatga qarshi ekanligingizni bildiring.

  1. O‘y-xayollarni boshqarish

Biror ishni bajarishda va natijaga erishishda fikr va xayolni ma’lum jarayonga yo‘naltira bilish lozim. Albatta, bunga o‘tmishdagi tajribamiz katta ta’sir ko‘rsatadi, biroq o‘tmish kelajakni belgilab bermasligi kerak.

  1. Yangi tillarni o‘rganish

Til bilish nafaqat xorijdagi insonlar bilan muloqot qilishga yordam beradi, balki chet el manbalariga murojaat qilish, o‘zgacha fikrlash va hayotga boshqacha nazar bilan boqish imkoniyati paydo bo‘ladi.

  1. Omma oldida nutq so‘zlash

Aksariyat insonlar omma oldida so‘zlashga uyaladi, botina olmaydi, ularni chuqur hayajon egallaydi. Hatto taniqli tadbirkor Uorren Baffet ham omma oldida nutq so‘zlashga juda qiynalgan. U bunday qo‘rquvni yengish uchun ko‘proq mashq qilishni maslahat beradi.

  1. Xolis bo‘lish

Insonlar bilan ochiqcha suhbat qurish qiyindek. Ba’zan ularni g‘azablantirsa ham muhim bo‘lgan haqiqatni ayta olish qobiliyati g‘amxo‘rlikning bir turi hisoblanadi.

  1. O‘zingizga nisbatan xolis bo‘lish

Ko‘pincha xatoyimizni anglash va uni tan olish murakkab bo‘ladi. Shuni unutmangki, barcha insonlar xato qiladi. Asosiysi undan saboq olish va mazkur xatolikni boshqa takrorlamaslik lozim.

Kommentlar: 23 komment. 23 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда мухим нарсалар. Хаммамиз узимизни олдимизда холис булишимиз кере

  2. Тимур

    Ва узимизга ишонишимиз керак.

  3. Tinglash qobilyati ham juda muhim, munosabatlarda bu qobiliyat juda muhim o’rin egallaydi.

  4. Dilshod

    Juda to’g’ri narsalar yozilgan, rahmat

  5. Dilshod

    Ishlaringizda omad fazo

  6. Shaxzod

    Omad sizlarga

  7. Rahmat

  8. Hayotda har kunimizga minnatdor bo’lib yashaylik

  9. Rasulbek

    Xolis degani nima?

  10. Тимур

    Честность дигани

  11. Тимур

    Ростгуй булиш

  12. rahmat

  13. Hondamir

    Hayotning o’zi juda qiyin narsa, yana bunday narsalar haqida o’ylash kerak ekan

  14. Rahmat, o’rganamiz cool

  15. Nodirabegim

    Rahmat heart

  16. Hayot har kuni bizga dars beradi

  17. Birinchi o’rinda sevishni o’rganishimiz kerak

  18. Rahmat, juda qiziq bo’ldi smile

  19. Gorilla

    Where is Godzilla?

  20. Gulmira Azizova

    Rahmat

  21. Omad good

  22. Juda zo’r ekan

  23. Rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social