“Bayer” tarixida birinchi marta Germaniya Chempioni bo’ldi

“Bayer” tarixida birinchi marta Germaniya Chempioni bo’ldi

Futbol bo‘yicha Bundesliganing 29-turi doirasida “Bayer” 14-aprel, yakshanba kuni “Verder”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Viktor Bonifase penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim leverkuzenliklarning kichik hisobdagi ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham “Bayer” faollik ko‘rsatib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Bu safar gol muallifi — Granit Jaka. 68-daqiqada esa Virts jamoasining yirik hisobda oldinga chiqib olishiga yordamlashdi.

O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Virts yana ikki marta gol urdi va yakunda Xabi Alonso shogirdlari 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa “Bayer” ochkolari sonini 79 taga yetkazdi va o‘z tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylandi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan “Bavariya” (63 ochko) hech qanaqisiga yetib ololmaydi. 

Bundesliga

29-tur

14-aprel, yakshanba

“Bayer” – “Verder” 5:0

Gollar: 1:0 – 25 Bonifase (penalti), 2:0 – 60 Jaka, 3:0 – 68 Virts, 4:0 — 83 Virts, 5:0 — 90 Virts.

“Bayer”: Gradeski, Ta, Tapsoba, Kossunu, Inkapie (Grimaldo, 77), Tella (Frimpong, 62), Jaka (Palasios, 77), Hofmann, Andrix, Adli (Virts, 46), Bonifase (Shik, 62).

“Verder”: Setterer, Vayzer, Velkovich, Malatini, Gross, Agu (Deman, 69), Bitenkur (Hansen-Oroen, 77), Linen, Shmid, Duksh, Voltemade (Kovnaski, 69).

Ogohlantirishlar: Adli (31), Bitenkur (47), Inkapie (47).

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Табриклиман!

  2. Тимур

    100% заслуженно

  3. Anonim

    Bravo heart

  4. Hondamir

    Vest Hemga qarshi o’yinda rekord qo’yishlari mumkin

  5. Ulug'bek

    Hala! Vamos!

  6. Boburbek

    Zo’r oyin bo’ldi a tak

  7. Aziza

    Tabriklayman, omadini bersin heart

  8. Farruh

    Barakalla dance

  9. Anonim

    Malades good

  10. Jasurbek

    Bu jamoaga qoyil qolish kerak

  11. Anonim

    Браво!

  12. Ulug'bek

    Trebl kutamiz!

  13. Jasurbek

    Barakalla good Zo’r komanda

  14. Javohir

    Juda kuchli jamoa, yaxshi Alonso keyingi sezonga ham qoladigan bo’ldi

  15. Gulnoza

    Yaxshi ekan smile

  16. Rustam

    Bugun EL yarim finalga chiqishlari kerak

  17. Laliddin

    bb

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social