Hammaning hayotini nimadir boshqaradi. Lug`atlarda “boshqarish” so`zi “boshqarish”, “nazorat qilish” va “yo`naltirish” kabi so`zlar bilan tushuntirilgan. Aynan hozir sizni muammolar, siqilish, yoqimsiz hotiralar yoki qo`rquv boshqarayotgan bo`lishi mumkin. Hayotingizni boshqarishi mumkin bo`lgan juda ko`p holatlar va his-tuyg`ular bor, ammo hozir beshta eng asosiylari haqida aytmoqchimiz.
Juda ko`p odamlarning hayotini aybdorlik hissi boshqaradi. Ular hayotining yarmini afsuslanishlardan qochish va ayblarini yashirish bilan o`tkazadilar. Hayotlarini aybdorlik hissi boshqaradigan odamlarni ko`pincha xotiralar qiynaydi. O`tmish ularning kelajagini boshqarishiga yo`l qo`yib beradilar. Ular o`zlari bilmagan holda muvaffaqiyatlariga shikast etkazib o`zlarini jazolaydilar.
Bizlar o`tmishning mevasimiz, ammo o`tmishga qul emasmiz. Xudo hayotingizning qolgan qismida ham ajoyib ishlar qiladi.
Juda ko`p odamlarning hayotini jaxl boshqaradi. Ular jaxlni yuraklaridan chiqarib tashlash o`rniga, avaylab yuragida saqlaydi. Ular shu jaxlga sabab bo`lgan xotiralarni qayta-qayta esga oladilar. Hayotlarini jaxl boshqaradigan odamlarning ba`zilari, g`azabini ichlarida saqlaydilar, ba`zilari esa jaxllarini boshqalarga sochadilar. Jaxl sizning jaxlingizni chiqargan odamdan ko`ra sizni ko`proq qiynaydi. Sizni hafa qilgan odam, hafa qilganini esidan chiqarib yuboradi. O`tmishingizdagi jaxl sizning buguningizga ta`sir qilmasligi kerak. O`tgan narsa o`tib ketdi. Jaxlni yuragingizdan chiqarib tashlang.
Juda ko`p odamlarning hayotini qo`rquv boshqaradi. Ularning qo`rquvlari bolaligida olgan ruhiy travmalar, kutilmagan daxshatli holatlar, yomon oilada o`sganining ta`siri bo`lishi mumkin. Sababi nima bo`lgan taqdirda ham hayotini qo`rquv boshqaradigan odamlar juda ko`p imkoniyatlardan quruq qoladilar. Ular tavakkal qilishga qo`rqib, hayotlarini osonroq qilishni xohlaydi.
Juda ko`p odamlarning hayotini materializm boshqaradi. Bunday odamlar hayotda qancha ko`p narsaga ega bo`lsam, shuncha baxtli bo`laman deb o`ylashadi. Ammo moddiy narsalar ularni vaqtinchalik xursand qiladi holos.
Juda ko`p odamlarning hayotini boshqalarning roziligini olish xohishi boshqaradi. Ular hayotlarini ota-onasi, xotini, bolalari, o`qituvchisi yoki do`stlari boshqarishiga yo`l qo`yib beradilar. Menda muvaffaqiyatning hamma kalitlari yo`q ammo qoqilishning birinchi kaliti bu – hammaga yoqishga harakat qilishdir.
Sizchi aziz do`stim, sizning hayotingizni nima boshqaradi?
Мани хаётимми наркотик бошқаради. Жонга теди. Наркотикладан ўзилани узоро ушланг. Текинга берсаям рози бумейла. Хаммаси ёлғон. Шайтонии тўрига тушасила.
Буни тан олиб билишнинг узи хам бир мардлик. Инсон уз хатоларини тан олиб билиш керак. Качонки инсон узини хурмат килиб билса, бошкаларниям хурмат килишни бошлайди
нимага инсон хаётида нимадир бошкариш керак? хаёт хар биримизга бир марта берилади, нима учун биз хаётларимизни бошка нарсалар бошкариш учун берамиз?
менингхаетимни интилиш бошкаради
Номаълум sizning xayotingizda qanaka intilishlar bor?
Mani hayotimmi sevgi va haqiqat boshqaradi.
Hakimjon a bu qanaqasi. Hayottiyam sevgi boshqarolidimi? Bundo tushunarliro qilib tushuntirsangizchi. Sevgi so’zini eshitsam o’sha zahotiyoq parkdagi skameykada o’tirgan ikki sevishganni ko’z oldimga keltiraman.
демак Сиззи хаётизда булиб утадиган хар бир нарсани Худодан деб биласиз – тугрими?
шундай уйлаш бу тогри!
Meni ismim ixtiyor meni jaxl siqilish azoblar muamolar boshqaradi but juda qiyin bundan qutulishni yoli bormi ???
Xa Bu hayotda Hamma narsanng ilojisi bor Ixtiyor ismingz ixtiyor ekan hamma narsa oz ixtiyorezda ozizi oziz bowqara olaolisz wuni untmin !Hamma narsa insinni ozini qolida faqat tog’ri fikr yurtiw va ciroyli Sabir qilw kerak !
Bir xil ekanmiz ihtiyor talpani ham yahei korasizmi aaa