Hayotingizni o’zgartiradigan savollar

Hayotingizni o’zgartiradigan savollar

To’g’ri vaqtda berilgan savol sizni o’zgartirishi, tinchlantirishi yoki yordam berishi mumkin. Hatto javobni darhol topa olmasangiz ham, savol sizning hayotingizni boshqacha ko’rishga yordam beradi.

  1. Kim bilan vaqt o’tkazyapman?

Agar bola hech narsaga intilmagan tengdoshlari bilan do’st bo’lsa, biz u hayotda biror narsaga erisha olmasligiga ishonamiz. Lekin bu narsa kattalarga tegishli deb hisoblamaymiz. Agar sizning do’stlaringiz yomon ishga ko’z yumsalar yoki nosog’lom turmush tarzini yuritsalar, siz ham xuddi shunday qarorlar qabul qilishingiz mumkin. Do’stlaringiz va hamkasblaringiz haqida o’ylab ko’ring: ular sizni qo’llab-quvvatlayaptimi yoki aksincha, pastga tortyaptimi? Huddi shu narsa siz o’qigan, ko’rgan va o’ylagan narsalarga tegishlidir.

  1. Bunga qanday ta’sir qila olaman?

Epiktetning fikriga ko’ra, faylasufning asosiy vazifasi – u nimani nazorat qila olishini va nima qila olmasligini farqlashdir.

Odatda, bizga bog’liq bo’lmagan narsalarga katta miqdorda vaqt sarflaymiz. Biz harakatlarimizni, fikrlarimizni, his-tuyg’ularimizni nazorat qila olamiz. Boshqa odamlarni, ob-havo, tashqi hodisalarni esa nazorat qila olmaymiz. Buni ajratib olishni o’rganish, sizga bog’liq bo’lmagan narsalarni o’zgartirish hayolini bas qilasiz.

  1. Mening mukammal kunim qanday ko’rinishda?

O’z mukammal kuningizni bilmasdan turib, o’zingizni qulay his qilish uchun jadvalingizni tuza olmaysiz. Hayotingizning eng yoqimli kunlarini eslang. Qanday ish bilan band edingiz? Ideal holda, sizning ishingiz, shaxsiy hayotingiz, uyingiz iloji boricha ko’proq ideal kun yashashingizga yordam berishi kerak.

  1. Bo’lish yoki qilish?

Bunday savol, harbiy strategiya bo’yicha mutaxassis Jon Boyd tomonidan o’zining salohiyatli yordamchilariga berilgan. Qaysi yo’lni tanlaysiz? Siz muvaffaqiyatga erishishga harakat qilasizmi yoki yuqori maqsad haqida o’ylaysizmi? Sizning mavqeingizga, ishqibozlar soniga, ish haqining miqdori va muhim natijalarga erishishga e’tibor berasizmi? Hozirgacha nimani tanladingiz?

0002

  1. Tashvishlarga va qo’rquvlarga vaqtimni sarflaganda nimani o’tkazib yuborishim mumkin?

Turli xil hayot muammolari bizni qayg’u, tashvish va qo’rquvga olib keladi. Bunday muammolarni bartaraf etishning yagona usuli – bunday his-tuyg’ularni nazorat ostida saqlashdir. Shuning uchun keyingi safar salbiy his-tuyg’ularni boshdan kechirayotganingizni sezsangiz, o’zingizga ular uchun qanday to’lov kerakligini eslatib turing. Axir, ularga chalg’ib, muhim bir narsani o’tkazib yuborishingiz mumkin.

  1. Men o’z ishimni qilyapmanmi?

Bu qanday ish bilasizmi? Siz kuchli charchash bilan ishlashingiz, lekin baribir ishingizni qilolmasligingiz mumkin. Ko’pincha biz kichik ishlarga shung’ib boramiz yoki boshqalarning ishlarini qilamiz. Bularning barchasi bandlik hissini yaratadi, lekin biz uchun muhim bo’lgan narsalarga yaqinlashmaydi.

  1. Men uchun eng muhimi nima?

Agar siz uchun muhim bo’lgan narsani bilmasangiz, unga yetarli vaqt va kuch bilan ta’minlayotganingizni bila olmaysiz. Nima bo’lishidan qat’iy nazar – oila, pul, ish – buni bilishingiz va qabul qilishingiz kerak. Faqat o’shanda o’zingizni o’zgacha manfaatlarga ega bo’lgan odamlar bilan taqqoslashni to’xtatasiz.

  1. Bu kim uchun?

Agar siz odamlarni jalb qilsangiz, biror nima sotsangiz yoki ishlab chiqarsangiz, bu savolga javobni bilishingiz kerak. Siz tinglovchilaringizni/iste’molchilaringiz bilishingiz kerak. Tasavvur qiling: “Bu odamlar nimani xohlaydi? Ularga nima kerak? Men ularga nimani taklif qila olaman?” Omadga tayanmang. Bu savolga javob bering va aniq javobni topishga harakat qiling.

0003

  1. Bu juda muhimmi?

Hayotning tez o’tishini hisobga oladigan bo’lsak, hozirgi o’ylayotgan tashvish yoki o’ylayotgan narsalar muhimmi? Afsusku, bunday savolga ko’pincha “yo’q” deya javob beriladi.

Vaqtni sarflamaslik uchun o’zingizga shunday savol berishni unutmang. Mark Avreliyning misolini oling va o’zingizga eslating, ayni paytda siz o’lishingiz mumkin. Bu sizning harakatlaringiz, fikrlaringiz va so’zlaringizni belgilaydi.

  1. Men kim bo’lishni xohlaydigan insonmanmi?

Biz – nima qilayotgan inson bo’lsak, shunday insonmiz. Shuning uchun, biror narsa qilsangiz bu savollarga javob bering: «Bu men istagan inson bo’lishni ko’rsatyaptimi? Men o’zimni qanday ko’rsata olaman?”

Bir narsani qilish usuli, biz hamma narsani qanday qilishimiz kim ekanligimiz haqida gapiradi. Shuning uchun, har bir harakat, har bir fikr, har bir so’z bilan, o’zingiz xohlagan inson bo’lishga mos ekanmi deb so’rang.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulzoda

    Menga uyni bezparyatkaligidan shikoyat tushyapti,bunda qanday ish ko’ray

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social